Tibbiyot kasbiga kirish


Download 1.73 Mb.
Pdf ko'rish
bet170/314
Sana02.01.2022
Hajmi1.73 Mb.
#189288
1   ...   166   167   168   169   170   171   172   173   ...   314
Bog'liq
терапия

 
YURAK VA QON AYLANISHI 
 
Organizmning  faoliyati  har  bir  hujayraga  ozuqa  moddalari,  kislorod,  suv 
yetkazib  berish  va  hujayra  ajratib  chiqarayotgan  mahsulotlarni  chiqarib  tashlash 
sharoitiga bog’liq. Tomirlar tizimi va qon harakatini ta’minlovchi markaziy a’zo — 
yurak, ushbu masalani hal qiladi.  
Yurak  va  qon  tomirlari.  Yurak  muskullarining  va  tomir  devorlarining 
qisqarishi natijasida qon harakat qiladigan tutashtiruvchi tizimni tashkil qiladi.  
Arteriyalar  —  qonni  yurakdan  eltuvchi  tomirlar.  Arteriyalar  bo’ylab  qon 
bosim  bilan  o’tishi  natijasida  mayda  arteriyalar  va  venalar  butunligi  buzilgan 
hollarda qon tomirlarni o’rab turuvchi to’qimalarga oqib, ushbu joyda qon aylanishi 
izdan chiqadi.  
Venalar Qonni yurakka eltadi. Vena qon tomiri devorlarida muskul tolalari 
kamroq rivojlangan. Ko’pgina yirik va o’rta venalarning devorlari ichki tomonida 
klapanlari  bo’lib,  ular  qonni  oldinga  yo’naltiradi,  orqaga  harakat  qilishga  yo’l 
qo’ymaydi.  
Kapillyarlar arteriyalar bilan venalarni tutashtiruvchi tomirlar bo’lib, yopiq 
tizim  hosil  qiladi  va  to’qimalar,qon  va  atrof-muhit  bilan  moddalar  va  gazlar 
almashinuvini  ta’minlaydi.  Kapillyarlar,  mayda  arteriya  va  venalar  butunligi 
buzilgan hollarda qon to’qimalarga oqadi. 


Yurak  katta  qon  tomirlari  bilan  bog’langan,  to’rt  kamerali  muskulli  nasos 
sifatida  ifodalanadi.  Yurak ko’krak  qafasida  joylashgan  bo’lib,  uning  katta  qismi 
o’rta chiziqdan chap tomonda joylashgan. Yurak devori bir necha qavatdan iborat. 
O’ta qavat —miokard — avtomatik ravishda, bir maromda, bir vaqtda qisqaruvchi 
o’ziga xos muskul hujayralaridan tashkil topgan. Yurak muskulida oziqlanish va gaz 
almashinuvining  buzilishi  yurak  qisqarishi  samaradorligiga  ta’sir  qiladi  va 
organizmda qon aylanishini buzadi.  
Yurak va qon tomirlari qon aylanish doirasini tashkil qiladi.  
Kichik doira tomirlari qon va havo orasidagi gaz almashinuvini ta’minlaydi, 
bunda o’pka va uning tomirlari muhim o’rin tutadi. 
Katta  doira  tomirlari  kislorodga  to’yingan  qonni  butun  organizm  bo’ylab 
taqsimlab, karbonat angidrid gazi va modda almashinuv mahsulotlari bilan boyigan 
qonni  yurakka  yig’ishni  ta’minlaydi.  Yurak  bir  maromda  kameralarning  ishiga 
qarab, qon kerakli yo’nalishda oqadi.  
Gaz  almashinuvida  gemoglobin  muhim  o’rin  egallaydi.  U  qon  hujayralari 
eritrotsitlarda bo’ladi. Kislorod va karbonat angidrid gemoglobin bilan birlashgan 
holda o’tkaziladi.  
Organizm  me’yorda ishlab turishi  uchun barcha  a’zo  va tizimlar  qon  bilan 
ta’minlab  turilishi  zarur,  bu  esa  yurakmuskuli  ishlashi  va  tomirlar  bo’ylab  qon 
qanchalik oson harakatlanayotganiga bog’liq.  
Qon tomirlari qon uchun ochiq bo’lib, yog’ to’planishi yoki qotib qolgan qon 
bilan  yopilib  qolmagan  bo’lsa,  to’qimalarning  qon  bilan  ta’minlanishi  uzluksiz 
amalga  oshiriladi.  Qon  aylanish  sistemasidagi  bosim  belgilangan  darajadan 
oshmasligi ham muhimdir. Yurakning arterial bosim (gipertenziya) qon tomirlarini 
shikastlashi mumkin.  
Kislorod alveolalardan kapillyarlarga kelib, bu yerda eritrotsitlar gemoglobini 
bilan  birlashadi.  Tananing  hujayralaridan  chiqib,  karbonat  angidrid  gazi  qonga 
tushadi. So’ngra u o’pka alveolalariga tushib, nafas chiqarish vaqtida chiqadi. 

Download 1.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   166   167   168   169   170   171   172   173   ...   314




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling