Tibbiyot kasbiga kirish


Download 1.73 Mb.
Pdf ko'rish
bet200/314
Sana02.01.2022
Hajmi1.73 Mb.
#189288
1   ...   196   197   198   199   200   201   202   203   ...   314
Bog'liq
терапия

Ko`ngil    aynishi  (lot.  nausea)  –  ko`krak  osti,  ko`krak,  halqum  va  og`iz 
bo`shlig`ida noqulaylik bo`lib, ko`pincha qusish bilan davom etadi. Ko`ngil aynishi 
so`lak  oqishi,  teri  qoplamlari  oqarishi,  yuqori  teri  ajralishi,  bosh  aylanishi,  qon 
bosimi  pasayishi  bilan  birga  kechishi  mumkin.  Bu  simptomning  rivojlanishida 
qusish  markazining  qo`zg`alishi  yotadi.  Agar  ko`ngil  aynishi  soatlab  davom 
etadigan  bo`lsa, hamshira  bemorga  holatni  vaqtincha  yengillashitirishni  o`rgatishi 
kerak-kichik porsiyalar orqali gazlanmagan mineral suvni ichish.  
Qusish  (yunon.  emesis)  –  oshqozon  ichidagi  massaning  og`iz  orqali 
noixtiyoriy  ajralishi.  Ko`pincha  qusish  ko`ngil  aynishidan  so`ng  kechadi.  Qusish 
faqatgina  hazm  qilish  organlari  kasalliklarida  emas  balki  yuqumli  kasalliklarda, 
zaharlanishlarda,  buyrak  kasalliklarida,  qandli  diabetda,  gipertonik  kasalliklarda, 
nerv kasalliklarida kuzatiladi. Qusish bemor holatini yomonlashtirishi, organizmni 
suvsizlantirishi  va  elektrolitlar  yo`qotilishiga  sabab  bo`ladi.  Bemorning  hushini 
yo`qotganda  qusish  massalari  bilan  aspiratsiyasi  bo`lishi  mumkin,  bu  esa  o`pka 
yallig`lanishiga  sabab  bo`ladi;  uzoq  aspiratsiya  asfiksiyaga  olib  kelishi  mumkin. 
Og`ir qusish ko`pincha oshqozon shilliq qavatining buzilishiga olib kelib, oshqozon 
qon ketishiga olib kelishi mumkin(Mellori-veyss sindromi).  


Aspiratsiya  (lot.  aspiratio  –  bo`g`ilish)  –  pastki  nafas  yo`llariga  havo  bilan 
suyuqliklar  va  yot  jismlarning  tushishi.  Aspiratsiya  o`tkir  yo`tal,  ba`zida  nafas 
yetishmovchilig va hush yo`qolishi bilan kechishi mumkin.  
Asfiksiya  (yunon.  asphyxia  –  pulsning  deyarli  yo`qolishi)  –  nafas 
yetishmasligi,  qon  va  to`qimalarda  karbonat  angidrid  ortib  ketib  kislorod 
yetishmasligi kuzatiladi.  
Qusish bo`lganda uning ovqat qabul qilish bilan bog`liqligini aniqlash kerak. 
Oshqozon  sababli  qusish  odatda  bemor  holatini  yengillashtiradi,  lekin  nerv 
sistemasida  qusish  ovqat  bilan  bog`li  bo`lmagani  uchun  bemorga  yengillik 
keltirmaydi.  Qusish  massalarida  hazm  qilinmagan  ovqat  qoldiqlari,  shilliq,  o`t 
suyuqligi, qon qoldiqlari bo`lishi mumkin. Oshqozon yoki o`n ikki barmoqli ichak 
shilliq qavatidan qon ketishida qusish massalari qo`ng`ir oqra rang- “kofe qoldig`I” 
rangida  bo`ladi:  gemoglobinning  oshqozon  suyuqligidagi  xlorid  kislota  bilan 
kimyoviy reaksiyasi natijasida hosil bo`ladigan gematin hisobiga. Qizilo`ngach  va 
oshqozonning kardial qismidagi kengaygan venalardan qon ketishida o`zgarmagan 
qon bilan butun og`iz orqali qusish kuzatiladi.  
Qusayotgan  bemorga  yordam  ko`rsatish.  Qusish  vaqtida  ular  odatda 
instinktiv tarzda o`zlari uchun qulay holatga keladi. Agar bemor hushida bo`lmasa, 
uni yarim o`tirgan holatga keltirish yoki uni yonbosh yotqizib, boshini pastga egish 
kerak.  Qusish  massalarini  nafas  yo`llariga  tushishining  oldini  olish  uchun  bemor 
orqasi  bilan  yotmasligi  kerak. Polga  tog`ora  qo`yish, og`iz burchagiga  esa  sochiq 
qo`yish kerak.  
Hamshira 
bemorning  holatini  kuzatishi 
va 
qusish  massalarining 
aspiratsiyasining oldini olishi kerak.  
Qusish massalarida qon bo`lganda bemorni to`shagiga yotqizib, zudlik bilan 
shifokorni chaqirish kerak. Shifokor kelgunga qadar epigastral sohaga muz qo`yish 
mumkin, Pulsni sanash va Arterial bosimni o`lchash kerak. 
Qusish massalarini yig`ish uning miqdori va tarkibini laboratorik tekshiruvda 
aniqlash  uchun  amalga  oshiriladi.  Yig`ish  uchun  og`zi  keng  2  l  hajmdagi  va 
qopqog`i bo`lgan shisha idish qulay hisoblanadi. Agar qusish qaytalanadigan bo`lsa, 
qusish  massalarini  alohida  idishlarga  yig`ish  kerak.  Qusish  massalarini  shifokor 
kelgunga qadar saqlash kerak. Qusish massalarini zararlantirish uchun qopqoq bilan 
yopilgan  idishga  quruq  oxakli  xlor  sepiladi  va  aralashtiriadi.  1  soatdan  so`ng  u 
kanalizatsiyaga oqiziladi.  

Download 1.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   196   197   198   199   200   201   202   203   ...   314




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling