Tibbiyot kasbiga kirish


Download 1.73 Mb.
Pdf ko'rish
bet209/314
Sana02.01.2022
Hajmi1.73 Mb.
#189288
1   ...   205   206   207   208   209   210   211   212   ...   314
Bog'liq
терапия

Axlat tekshirishi 
Axlat  tekshiruvi-MIT  kasalliklarida  asosiy  tekshiruv  bo`lib  hisoblanadi. 
Tekshiruv aniqligi bemorning tekshiruvga tayyorlashga bog`liq bo`ladi.  
Axlatning keyingi tekshiruv turlari farqlanadi. 


Koprologik  tekshiruv  (grek.  Kopros-axlat)-hazm  traktining  turli  qismlarida 
ovqat hazm bo`lishini o`rganadi: 
•  Rangi, 
zichligi(konsistensiyasi), 
hidi, 
reaksiyasi(pH) 
va 
qo`shimchalarning mavjudligi(ovqat qoldiqlari, yiring, qon, shilliq, gelmintlar); 
•  Oqsil  qoldiqlari(muskul  va  biriktiruvchi  tola),  uglevod  qoldiqlari 
(o`simlik hujayrasi va kraxmal), yog` qoldiqlari(neytral yog`, yog` kislotasi, sovun), 
hujayra qoldiqlari (leykositlar, eritrositlar, makrofaglar, ichak epiteliysi), kristallik 
hosila(tripelfosfati,  kalsiy  oksalat,  xolesterin  kristallari),  shilliqni  aniqlash  uchun 
axlatni mikroskopik tekshiruvdan o`tkaziladi. 
•  Qonning  aniq  pigmentini,  strekobilin,  ammiak  va  aminokislotalarni 
aniqlash uchun axlatni kimyoviy analizdan o`tkaziladi. 
 Axlatda yashirin qonni tekshiruvi-Gregersen Veber reaksiyasi. 
Sodda hayvonlar va gelmintlar tuxumini axlatda aniqlash tekshiruvi. 
Ichak  infeksiyasi  qo`zg`atuvchisini  aniqlash  uchun  bakteriologik  tekshiruv 
qo`llniladi 
 Bemorni axlat topshirishga tayyorlash: 
•  Medikamentlar  bekor  qilinishi:  axlatning  tashqi  ko`rinishiga  ta`sir 
ko`rsatadigan,  mikroskopik  tekshiruvga  xalal  beruvchi  va  ichaklar  peristaltikasini 
kuchaytiradigan preparatlar 2-3 kun oldin to`xtatiladi. Bunday preparatlar qatoriga 
vismut, temir, bariy sulfat, pilokarpin, efedrin, neostigmin metilsulfat, aktivlangan 
ko`mir  preparatlari,  shuningdek  yog`lardan  tayyorlangan  rektal  shamchalar  ham 
kiradi. Moyli huqnalar ham o`tkazilmaydi. 
•  Ovqat rejimini to`grilash: tekshiruvdan 5 kun  oldin bemorga maxsus dieta 
buyuriladi. 
•  Odatda  Shmid  (2250kkal)  yoki  Pevzner  (3250kkal)  dietasi  buyuriladi. 
Shmid dietasi tarkibiga bo`tqa, yog`siz go`sht, kartoshka pyuresi, tuxum, bug`doy 
non  va  ichimliklar  (sut,  choy,  kakao)  kiradi.  Pevzner  dietasi  maksimal  ovqat 
yuklamasi asosida tuzilgan. Uning tarkibiga qovurilgan go`sht, grechixa va guruch 
bo`tqasi,  
qovurilgan  kartoshka,  salatlar,  karam,  moy,  bug`doy  non,  yangi 
mevalar va sharbat kiradi. Bu dietalar yordamida ovqatning o`zlashtirish bosqichini 
(ovqat hazm qi,ish kamchiligi bosqichi) amalga oshirish mumkin. Masalan, Shmidt 
dietasida sog`lom odam axlatida ovqat qoldiqlari aniqlanmaydi, Pevzner dietasida 
axlatda katta miqdorda hazm bo`lmagan kletchatka va kam miqdorda mushak tolasi 
topiladi.  
•  Axlatdagi yashirin qon analizida axlat topshirishdan 3 kun oldin bemorga 
sut-o`simlik dietasi buyuriladi va qonni aniqlashda reaksiyaga kirishganligi uchun 
temir  saqlaydigan  mahsulotlar(go`sht,  jigar,  baliq,  tuxum,  pomidor,  ko`k 
sabzavotlar,  grechixa  bo`tqasi)  man  etiladi.  Natijaning  soxta  chiqmasligi  uchun 
bemorda milklar qonashi, burundan qon ketishi va qonli yo`tal yo`qligiga ishonch 
hosil qilish kerak, bemorga tishlarini tozalash maslahat berilmaydi.  

Download 1.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   205   206   207   208   209   210   211   212   ...   314




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling