Tibbiyot kasbiga kirish


Muolaja. Ayollarning qovug‘ini kateterlash


Download 1.73 Mb.
Pdf ko'rish
bet234/314
Sana02.01.2022
Hajmi1.73 Mb.
#189288
1   ...   230   231   232   233   234   235   236   237   ...   314
Bog'liq
терапия

Muolaja. Ayollarning qovug‘ini kateterlash  
Ko’rsatmalar:  siydik  tutilib  qolishi,  qovuqni  yuvish,  qovuqqa  dorivor 
preparatlar kiritish.  
Tayyorgarlik: muolaja ancha ruhiy qiyinchiliklar tug’dirishi sababli bemorga 
muolajaning mohiyatini tushuntiring.  
Jihozlar:  qo’lqop,  sterillangan  yumshoq  kateter,  qisqich,  antiseptik  eritma 
(0,02  foizli  furasilin  eritmasi),  paxtali  tamponlar,  siydikdon,  sterillangan  glitserin 
(vazelin moyi).  
Bemorning  holati:  chalqanchasiga  yotib,  oyoqlar  orasi  ochiq,  tizzalari 
bukilgan. Bajarilishi:  
1. Qo’lqopni kiying.  
2. Chap qo’lning I va II barmoqlari bilan katta va kichik jinsiy lablarni ochib, 
siydik chiqarish kanalining tashqi teshigini oching.  
3.  Antiseptik  eritmada  ho’llangan  paxtali  tampon  bilan  siydik  chiqarish 
kanalining tashqi teshigini tozalang.  
4. Uchi glitserin bilan moylangan kateterni qisqich bilan yon teshikdan 5—6 
sm masofada ushlang, kateterning ikkinchi uchini shu qo’lning IV va V barmoqlari 
bilan ushlab oling.  
5.  Kateterni  extiyotlik  bilan  siydik  chiqarish  kanaliga  5—7  sm  ichkariga 
kiriting.  
6. Kateterning tashqi uchini siydikdonga tushiring.  
7.  Siydik  chiqarilgandan  (yoki  siydik  chiqarish  kanalida  boshqa  muolaja 
bajarilgandan) so’ng kateterni kanaldan chiqarib oling.  
8.  Lotokni  olib  tashlang,  qo’lqopni  yeching,  qo’lingizni  yuving,  bemorni 
yotqizib, ustini yoping.  


9. Kateterni sterillang.  

Download 1.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   230   231   232   233   234   235   236   237   ...   314




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling