Tibbiyot kasbiga kirish


Muolaja. Erkaklarda siydik tutolmaslikda siydikdon ulamuui


Download 1.73 Mb.
Pdf ko'rish
bet239/314
Sana02.01.2022
Hajmi1.73 Mb.
#189288
1   ...   235   236   237   238   239   240   241   242   ...   314
Bog'liq
терапия

Muolaja. Erkaklarda siydik tutolmaslikda siydikdon ulamuui  
Ko’rsatmalar: siydik tutolmaslik.  
Tayyorgarlik:  bemorga  muolajaning  mohiyatini  va  zarurligini,  bemor  yura 
olsa, o’zini tutish qoidalarini tushuntiring.  
Jixozlar:  siydikdon,  siydik  uchun  konteyner,  lenta,  qo’lqop,  salfetka, 
antiseptik eritma, kleyonka va taglik.  
Bemorning holati: kleyonkada chalqancha yotib, oyoqlar orasi ochiq  
Bajarilishi:  
1. Qo’lingizni yuving va qo’lqopni kiying.  
2. Bemorning sonlari orasiga lotok va salfetka qo’ying.  
3. Jinsiy olatni chetga surib, boshchasini oching.  
4.  Siydik  chiqarish  kanalining  tashqi  teshigini  antiseptik  eritma  bilan 
ho’llangan  steril  salfetka  yordamida  arting,  so’ngra  quruq  steril  salfetka  bilan 
quriting.  
5. Siydikdon solingan o’ramni oching, jinsiy olatni kutarib, unga siydikdonni 
kiydiring.  
6.  Siydikdonni  jinsiy  olat  asosigacha  olib  borib,  yopishqoq  lenta  bilan 
mahkamlab qo’ying.  
7.  Siydikdonga  naychani  o’rnatib,  siydik  to’latgichni  siydik  yeg’uvchi 
konteynerga ulab qo’ying.  


8. Konteynerni krovat yoki bemorning soniga (agar bemor yursa) mahkamlab 
qo’ying.  
Yuradigan  bemor  siydik  to’lishi,  siydikdonning  tozaligini  o’zi  kuzatadi. 
Siydik hidi paydo bo’lishini oldini olish uchun uni tez-tez yuvib, dezinfeksiyalab 
turishi zarur.  
Siydik  ajratishi  buzilgan  va  o’ziga-o’zi  xizmat  ko’rsatishi  cheklangan 
bemorlarni parvarish qilishda quyidagilar zarur:  
1. Ichki kiyimlar tozaligi va o’rin jildni himoya qiluvchi kleyonka borligiga 
e’tibor berish.  
2. Bemorning tagini tez-tez yuvish va yotoq yaralarning oldini olish.  
3. Chov sohasidagi teri yuvilgandan so’ng yaxshilab artish va yog’ (vazelin 
yoki bolalar kremi) bilan yog’lash, terini talk bilan upalash mumkin.  
4. Bemor yotgan xona tez-tez shamollatib turiladi. 
 

Download 1.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   235   236   237   238   239   240   241   242   ...   314




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling