Tibbiyot psixologiy asi
regulyator (prefrontal) apraksiya
Download 0.96 Mb.
|
tibbiyot
regulyator (prefrontal) apraksiya.
Kinestetik apraksiya bosh miya chap yarim sharining pastki pariyetal sohalari zararlanganda kuzatiladi. Bunda falajliklar bo'lmasa-da, harakatning kinestetik mexanizmlari buziladi. Bemorlar piyolaga 67 134-asm. Bosh miya chap yarim shari po‘sttoq markazlari zararlanganda kuzatiladigan paraksisning buzilishlari: 1 - dinamik apraksiva; 2 - total apraksiya; 3 - ideator apraksiya; 4- konstruktiv apraksiya; 5 - yuz apraksiyasi. choyning qanday quyilishi yoki shakar qoshiq bilan qanday olinadi-yu, piyolaga solib qanday eritilishini zarur narsalarsiz ko‘rsatib bera olmaydi. Bunday paytlarda fazoviy harakatlar saqlangan bo‘ladi, lekin harakat jarayonining proprioretseptiv (kinestetik) mexanizmlari ishlamaydi. Shuning uchun kinestetik apraksiyani tekshirganda bemorning ko‘zi yumilgan holatda bo‘lishi kerak. Chap yarim shar zararlanganda kinestetik apraksiya ikki tomonlama, o‘ng yarim shar zararlanganda bir tomonda, ya’ni faqat chap qo'lda kuzatiladi. Fazoviy apraksiya yoki apraktoagnoziya harakatning fazoviy tasavvuri, ya’ni «yuqori-quyi», «chap-o‘ng» kabi tomonlami farqlashning buzilishi oqibatida rivojlanadi. Aksariyat hollarda fazoviy apraksiya ko'ruv agnoziyasisiz kuzatiladi. Agar optik-fazoviy agnoziya fazoviy apraksiya bilan birga uchrasa, unda to‘la apraktoagnoziya namoyon bo'ladi. Bemorda holat, kiyinish va yotadigan joyni taxlash apraksiyasi ham 68 kuzatiladi. Ularga ko'ruv nazorati yordam bermaydi. Harakatlarni bajarishda bemorning ko‘zi ochiq yoki yumiq holatda bo‘lishining ahamiyati yoq. Bemorlar oddiy figuralar - aylana, kvadrat, uchburchak kabilarni chiza olmaydi. Apraktoagnoziya chap yarim shaming tepa-ensa bo‘laklari, aniqrog‘i 19 va 39-maydonlar yoki ikkala yarim shaming oksipitopariyetal sohalari zararlanganda kuzatiladi. Kinetik apraksiyada bemor chizish, yozish yoki barmog'i bilan buyruq berish kabi oddiy harakatlarni bajara olmaydi. Kinetik apraksiya premotor soha (6, 8-maydonlar) zararlanganda yuz beradi. Bu apraksiya uchun harakat perseveratsiyalari, ya’ni biror-bir harakatni bajarish uchun befoyda urinishlar xosdir. Regulyator (prefrontal) apraksiya chap peshona bo‘lagining prefrontal sohasi zararlanganda kuzatiladi. Mushaklar tonusi va kuchi saqlangan bo'ladi, lekin harakat dasturi buziladi, har qanday harakatning bajarilishini ongli tarzda nazorat qilib bo‘lmay qoladi. Bemorlar birinchi harakatdan ikkinchisiga bemalol o‘ta olmaydi. Masalan, kvadratdan so'ng uchburchak chizish talab qilinsa, bemor uchburchak o‘rniga kvadrat chizib qo'yadi. Download 0.96 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling