Tibbiyot psixologiy asi


Download 0.96 Mb.
bet78/158
Sana17.01.2023
Hajmi0.96 Mb.
#1096903
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   158
Bog'liq
tibbiyot

2)4




usulda va qachon kelishi ayolning birinchi bor erkak bilan jinsiy yaqinlikni qanday boshlaganiga ham bog'liq.
Jinsiy qo'zg'alish shartli reflektor qo'zg'atuvchilar (ko'rish, eshitish, hid bilish va h.k.) ta’siri ostida ham yuzaga keladi. Lekin u har kimda har xil rivojlangan bo'ladi: birov eshitib, boshqa birov ko'rib, o'zida jinsiy qo'zg'alish hosil qilishi mumkin. Bu, ayniqsa, o'spirinlarda kuchli rivojlangan bo'ladi. Ular yalang'och ayollar suratini, erotik filmlarni ko'rib, kuchli ta’sirlanishi, bu esa orgazm darajasigacha yetishi mumkin. Biroq ayollarda erkaklarning yalang'och surati erotik qo'zg'alishni chaqiravermaydi. Ba’zan tashqi ta’sirlar jinsiy hirsni susaytirishi yoki to'xtatib qo'yishi mumkin (masalan, hadeb erotik filmlar ko'raverish). Erotik fantaziyalarga berilish erkaklarda jinsiy qo'zg'alishga sabab bo'lsa, odatda, ayollarga bu kam ta’sir qiladi. Jinsiy aloqa boshlanayotgan paytda erkaklar ayollarga qaraganda kuchliroq qo'zg'aladilar. Shuning uchun ham erkaklarda ba’zan jinsiy aloqa boshlanmasdan turib, eyakulyatsiya kuzatiladi. Lekin tez jinsiy qo'zg'alish jinsiy mizojga ham bog'liq.
Jinsiy qo'zg'alishlarda ayollarda ham, erkaklarda ham jinsiy a’zolar qon bilan to'ladi. Buning natijasida erkaklarda olat ancha kattalashadi, ya’ni ereksiya paydo bo'ladi; ayjllarda esa kichik lab va klitorda giperemiya yuzaga keladi. Ayollarda jinsiy a’zo bezlaridan chiqqan suyuq sekret qinni namlaydi va bu bilan unga olatning kirishini osonlashtiradi. Friksiya paytida (lotinchadan «frictio» -
ishqalanish) jinsiy a’zolarda joylashgan periferik nerv tolalarida juda ko'p yoqimli qo'zg'alishlar paydo bo'ladi va jinsiy aloqa oxirida erkaklarda sperma otilib chiqadi, ya’ni eyakulyatsiya sodir bo'ladi, ayollarda bartolini hamda bachadonning bo'yin sohasida joylashgan bezlardan suyuq sekret qin bo'shlig'iga tashlanadi. Bu paytda qin to'lqinsimon qisqara boshlaydi, bachadon qinga tomon biroz tushadi va servikal kanaldan uncha ko'p bo'lmagan sekretni qinga yo'naltiradi. Bunda bachadon tubining bir maromda to'lqinsimon qisqarishi qindagi spermani bachadonga so'radi. Bu jarayonlarning hammasi urug'lanishni, ya’ni homilador bo'lishni osonlashtiradi. Urug'lanish orgazm bo'lmasa ham kuzatilaveradi. Eyakulyatsiyadan so'ng erkaklar jinsiy a’zolarida ham, ayollarda ham taranglashish pasayadi, giperemiya ham tezda orqaga qayta boshlaydi. ereksiya yo'qoladi. Eyakulyatsiya barvaqt boshlansa, uni to'xtatish qiyin bo'ladi. Jinsiy aloqa paytida erkaklarda eyakulyatsiya orgazm bilan tugaydi, ayollarda esa hammavaqt ham bunday bo'lavermaydi. Orgazm, ya’ni o'ta yoqimli tuyg'uning paydo bo'lishi jinsiy aloqadan so'ng erkaklarda bor-yo'g'i bir necha soniya davom etsa, ayollarda bu jarayon biroz cho'ziladi. Orgazm paytida kuchli vegetativ o'zgarishlar kuzatiladi:



Download 0.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling