Tibbiyot psixologiyasi fanidan Diqqat va idrokning buzilishlari


II-BOB . DIQQAT VA IDROK BUZILISHINI EMPERIK TAXLILI


Download 72.66 Kb.
bet8/10
Sana28.01.2023
Hajmi72.66 Kb.
#1136570
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
kurs ishi tibbiyot 11

II-BOB . DIQQAT VA IDROK BUZILISHINI EMPERIK TAXLILI
2.1.Vaqt va fazoni idrok qilishdagi buzilishlar
R.Toshimov va M.Mamatovlar aql-idrok (intellekt)ni tadqiq qilishning nazariy asoslarini yaratish lozimligini uqtirishadi. Aqliy rivojlanishni tekshirish, o’rganish va hayotga tatbiq etish diagnostik metodlarsiz amalga oshmaydi. Aqliy imkoniyatlarning diagnostikasi jarayonidagi inson qobiliyatlariga amaliy yondashuv shaxsning bir aqliy taraqqiyoti bosqichidan boshqasiga o’tishiga yordam beruvchi muayyan ko’lamdagi bilimlar bo’lishini taqozo qiladi.
E.Z.Usmonova inson bilimi qanchalik keng va chuqur bo’lsa, uning aqliy faoliyatining tajribasi shunchalik mukammallikka ega. U shunchalik ko’p hal etilmagan muammolarni ko’ra oladi, ongidan shunchalik tez echimni talab etuvchi fikriy vazifalar yuzaga keladi, deb aqliy rivojlanishni bilimlarni chuqurlashtirishga bog’laydi. Aqlning muhim sifatlaridan bo’lgan tafakkurga alohida urg’u berib, uning yordamida sezgi, idrokka berilmagan va umuman kuzatish imkoniyati bo’lmagan hodisalarni aqlan hal qilish mumkinligini ta’kidlaydi4.
Aqliy faoliyat usullari va yo’llarini egallash muammosi ilm va texnikaga yangicha zamonaviy talablarning ortishi, ta’lim metodlarining takomillashishi, o’quv dasturlari nazariy darajasining kuchayishi va ta’limning jadallashuvi munosabati bilan muhimdir, deydi Z.Nishonova o’z ilmiy izlanishlarida. Shuningdek, u o’quvchilarda aqliy faoliyat usullari va yo’llarini guruhiy trening metodi yordamida rivojlantirish strategiyasini o’zbek maktablari amaliyotida qo’llashni tavsiya etadi5.
M.Vohidov qobiliyat odamning ma’lum bir ish yoki harakatlarni boshqa odamlarga nisbatan osonlik va chaqqonlik bilan bajara olish layoqatidir. Odamning qobiliyati, uning turli faoliyatida namoyon bo’ladi. Har qanday normal taraqqiy etgan odam ma’lum bir sohaga nisbatan qobiliyatli bo’ladi.
Tashqi muhitdagi narsa va hodisalar o’rtasida ko’z bilan ko’rib, quloq bilan eshitib bo’lmaydigan ichki munosabatlar hamda qonuniyatlar bor. Ana shu ichki bog’lanish hamda qonuniyatlarni biz tafakkur orqali bilib olamiz6.
Martin Haydegerning fikricha narsa va voqealarning mohiyatini tushunish, anglab etish insonni fikrlash jarayonida muhim o’rin egallaydi. Tushunishni talab qiladigan narsa, hodisa insonni fikrlashga undaydi. Tushunishni talab qiladigan narsa hech qachon biz tomonimizdan yaratilmaydi.
Abu Ali ibn Sino inson aqli haqidagi hikmatlarida «Ilm—narsalarning inson aqli yordami bilan o’rganilishidir». «Bilim deb, narsalarni idrok qilishga aytiladi. Bu shundayki, inson aqli uni xato yo’ldan toymasdan turib unga erishishi kerak bo’ladigan narsadir» deydi7.
Yusuf Xos Hojibning fikricha, insonning ulug’ligi, aql-idroki, so’zlash qobiliyati bilimi, o’quvi xunarga egaligidir. O’quv tug’ma ravishda inson ruhiyatida mavjuddir, bilim esa, o’qib-o’rganish va mehnat tufayli egallanadi8.Bolalarda maktabga chiqish vaqtida psixologik rivojlanish darajasiga ko’ra o’ziga xos xususiyatlar paydo bo’ladi. Bu xususiyatlar shundan iboratki, bolalar bir-birlaridan intellektual-axloqiy jihatdan farqlanadilar. Ular bir xil ko’rsatma va psixodiagnostik holatga har xil javob berishlari mumkin. Ba'zi maktabga kirayotgan bolalarga kattalar uchun mo’ljallangan psixodiagnostik testlar mos keladi. Ayrim rivojlanishi past bo’lganlariga bog’cha yoshidagi bolalar uchun mo’ljallangan testlar to’g’ri keladi. Asosan, o’z-o’zini verbal baholash, tashqi muhitni ongli baholash holatidagi testlarda bu aniq bilinadi. Shuning uchun kichik maktab yoshidagi bolalar bilan u yoki bu psixodiagnostik testni o’tkazishdan avval bolaning real psixologik rivojlanishiga mos keluvchi testni tanlab olish kerak. 6-7 yoshdagi bolalarning maktab ta'limiga tayyorgarligiga oid empirik ma'lumotlarga ko’ra, 50 foizdan 80 foizgacha bolalar u yoki bu jihatdan boshlang’ich ta'lim dasturini o’zlashtirishga tayyor emas. Ko’p bolalar maktabga chiqishga tayyor bo’lsalar-da, aqlan 5-6 yosh darajasida rivojlangan bo’ladilar. Agar bunday bolaga uning uchun murakkab va qiziqarsiz psixologik testlar berilsa, bu testlar rivojlangan aql, diqqat-e'tibor va xotira talab qilganligi sababli, ular testni bajara olmaydilar. Bu intellektual qobiliyatning yo’qligi emas, shaxsiy psixologik rivojlanish etarli bo’lmaganligi sababli sodir bo’ladi. Agar vazifa o’yin sifatida qiziqarli qilib berilsa, test natijasi yuqori bo’lishi mumkin. Mazkur holatlar bolalar psixodiagnostikasida amaliy psixologlar tomonidan hisobga olinishi kerak. 3-4 - sinf o’quvchilari uchun qiziqarli va kattalarga mo’ljallangan testlar to’g’ri kelishi ham mumkin. Test o’tkazishda faollik, ruhiy qiziqish Yuqori bo’lsa, natija ham Yuqori bo’ladi. Agar kattalar test vaqtida ongli ravishda irodasini ishga solib o’zini boshqara olsalar, kichik yoshdagi maktab bolalari va hatto o’smirlar ham buni bajara olmaydilar. Bu xususiyat kichik yoshdagi maktab o’quvchilarida taraqqiy etib, o’smirlik davriga kelib rivojlanishi tugallanadi. Amaliyot va hayotdagi o’rniga ko’ra, kichik yoshdagi maktab o’quvchilarida ko’rgazmali-harakat va ko’rgazmali-obrazli tafakkur so’z-mantiqiy tafakkurdan ustun turadi. Bundan tashqari, katta odamlar uchun mo’ljallangan testlar ularning hayotiy tajribasini hisobga olgan holda tuziladi. Shuning uchun bu testlar kichik bolalarda qo’llanganda jiddiy yondashish va soddalashtirilishi lozim. Ba'zan kichik maktab yoshidagi bolalar uchun yangi variantdagi testlar tuzishga to’g’ri keladi. Bu holatda yangi muammo tug’iladi, ya'ni bir psixologik sifatni, tuzilishi va ma'nosi har xil testlarning natijasini solishtirish orqali aniqlash lozim bo’ladi. tushunchani ta'riflash, sabablarini izohlash, predmetlarning o’xshashlik va farqini aniqlash kabi tafakkur jarayonlarini baholash orqali bolaning aqliy rivojlanish darajasini o’rganishimiz mumkin.
Biz tadqiqot ishimizning ikkinchi bobida kichik maktab yoshi o’quvchilarida fazoviy va vaqtni idrok qilishlarini o’rganish uchun obekt sifatida Farg’ona shahar 5 – umumta’lim maktabining boshlang’ich sinf o’quvchilarini tanlab oldik . Boshlang’ich 2 va 3 - sinf o’quvchilaridan quydagi savollarga javob oldik va unga ko’ra ularning idrok xususiyatlarini o’rgandik .
Bu idrok va tafakkur jarayonlari bolaning quyidagi savollarga to’g’ri javob berishiga qarab aniqlanadi.
1. Bu hayvonlarning qaysi biri katta? Otmi it?
2. Ertalab odamlar nonushta qiladi. Kunduzi va kechqurun ovqatlanganda-chi? (To’g’ri javob: Tushlik va kechki ovqat)
3. Kunduzi ko’chada yorug’, kechqurun-chi? (To’g’ri javob – qorong’i).
4. Osmon ko’m-ko’k, o’tlar-chi? (To’g’ri javob: yashil rangda).
5. Gilos, nok, olxo’ri va olma – bu ... (To’g’ri davom ettirish – mevalar).
6. Poezd o’tayotganda nega shlagbaum tushiriladi?
7. Toshkent, Xiva, Samarqand – nima? (To’g’ri javob –shaharlar).
8. Soat necha bo’ldi? (Bolaga soatni ko’rsatib, vaqtni aytib berish so’raladi) (To’g’ri javob: soat millari ko’rsatgan vaqt).
9. Sigirning kichigini buzoq deyiladi. Kichik it va qo’yni nima deyiladi? (To’g’ri javob: kuchuk va qo’zi).
10. It ko’proq nimaga o’xshaydi? Mushukkami tovuqqa? Javob ber va tushuntirib ber, nima uchun shunday deb o’ylaysan?

11. Avtomobilga tormoz nima uchun kerak? (Kerak bo’lganda avtomobil tezligini pasaytirishni ko’rsatuvchi biror-bir javob to’g’ri deb topiladi).


12. Bolta va arra bir-biriga qay jihatdan o’xshash? (Bajariladigan ishlarni ko’rsatuvchi javob to’g’ri).
13. Olmaxon bilan mushuk orasida qanday o’xshashlik bor? (Kamida ikkita o’xshash belgilarni to’g’ri ko’rsatilgan javob to’g’ri. Masalan, bular – hayvonlar daraxtga chiqa oladilar, qalin yung bilan qoplanganligi, dumi va to’rtta oyog’i borligidir).
14. Mix, vint, shurup bir-biridan nimasi bilan farq qiladi? (To’g’ri javob – mixning yuzasi tekis, vint va shurup burama kertikli; mix bolg’a bilan uriladi, vint va shurup buraladi; shurup konus shaklida, vint va mix yumaloqdir).
15. Futbol, uzunlikka va balandlikka sakrash, tennis, suzish nima? (To’g’ri javob – bular sport turlari, jismoniy mashqlar turi).
16. Transportning qanday turlarini bilasiz? (transport vositasining kamida ikki turini aytishi kerak).
17. Yoshlar katta odamdan qanday farqlanadi? (Javobda keksalar bilan yoshlar o’rtasidagi kamida ikkita farq sanaladi).
18. Nima uchun odamlar jismoniy tarbiya va sport bilan shug’ullanadi? (Quyidagi javoblar to’g’ri deb topilishi mumkin – o’zining salomatligini saqlab turish, kuchli bo’lish, qaddi-qomati kelishgan bo’lishi, chiroyli bo’lish, sportda muvaffaqiyat qozonish va musobaqalarda Yutish uchun).
19. Nima uchun ishlamaslik yomon deyiladi? (To’g’ri javob variantlari – chunki hamma odamlar ishlashlari kerak, negaki, yaxshi yashab bo’lmaydi; chunki bu odam o’rniga boshqalar ishlashi kerak bo’ladi; ishlamasa, kerakli narsalarni sotib ololmaydi; oziq-ovqat, turar joy va boshqalar)
20. Nima uchun konvertga marka yopishtiriladi? (To’g’ri javob – pochta orqali jo’natilayotgan xabarlar uchun to’lanadigan haq)
Biz 2 va 3 sinf o’quvchilaridan savollarga javob oldik va xulosaga kelib uni quyidagi jadvalga joyladik , unga ko’ra vaqtni idrok qilish 2 sinf o’quvchilari uchun qiyinlik qilmadi , lekin fazoni idrok qilishda ular biroz yosh jixatdan kichik ekanligini ko’rsatishdi savollarga qisman javob berishdi , 3 sinf o’quvchilari esa vaqt va fazoni to’g’ri idrok qila olishlariga guvoh bo’ldik ,
Vaqtni idrok qilish bo’yicha

O’quvchilar sinfi

Yuqori

O’rta

Past

2 sinf o’quvchilari

25 nafardan 12 nafari 53%

25 nafardan 8 nafari 31 %

25 nafardan 6 tasi 16 %

3 sinf o’quvchilari

25 tadan 20 tasi 80 %

25 tadan 5 nafari 20 %

Past natija qayt etilmadi

Fazoni idrok qilish bo’yicha :





O’quvchilar sinfi

Yuqori

O’rta

Past

2 sinf o’quvchilari

25 nafardan 10 nafari 40 %

25 nafardan 12 nafari 48 %

25 nafardan 3 tasi 12 %

3 sinf o’quvchilari

25 tadan 20 tasi 80 %

25 tadan 5 nafari 20 %

Past natija qayt etilmadi

Jadvaldan ko’rinib turibdiki , boshlang’ich sinf o’quvchilari vaqtni va fazoni idrok qilish xususiyatlari yosh jihatidan tafavvutlarga ega ekan , ular yoshi ulg’aygani sarin fazoni idrok qilishlari ham o’sib boradi , bu jarayonda murakkab bilish jarayoni sanalgan tafakkur jarayoni ham muhim o’rin egallaydi





Download 72.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling