Tibbiyot tarixi


ILMIY TIBBIYOTNING SHAKLLANISHI


Download 105.18 Kb.
bet13/13
Sana09.01.2022
Hajmi105.18 Kb.
#255575
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
FkcUFf6CnMMV6oiGL9THO i4xIZ4Bte1

ILMIY TIBBIYOTNING SHAKLLANISHI

Inson faoliyatining bir sohasi sifatida kelib chiqqan tibbiyot kasbi doimo rivojlanib, takomillashib bordi. U yangi tashxis va davolash usullari bilan boyidi. Buni kishilar hayotining o ‘zi taqozo qilgan edi. Tabiblar ham, bemorlar ham tibbiyotning rivojlanishidan m anfaatdor edilar.

Bemorlar yaxshiroq davolovchi tabibga murojaat qilishga intilardilar. Tabiblar o‘zlariga ko‘proq bemorni jalb qilish uchun ularga to‘g‘ri tashxis qo‘yish va muvaffaqiyatli davolashga harakat qilardilar. Shu m aqsadda tashxis qo‘yish va davolashning yangi usullarini ishlab chiqardilar. H ar xil dorilarni sinab ko‘rardilar, davolash usullarini takom illashtirardilar.

Bu bilan ular tibbiyotni doim boyitib borardilar. Shunday qilib, dastlab em pirik am aliy m uolaja sifatida paydo b o ‘lgan tibbiyot rivojlanib, takomillashib ilmiy tibbiyotga aylandi. Ammo bu jarayon tez va osongina amalga oshmadi. Amaliy tibbiyotning tajribasi umumlashtirilib, fikrdan o'tkazilib, ilmiy tibbiyotga aylangunga qadar ko‘p asrlar o‘tdi.

Ilmiy tibbiyotning shakllanish jarayoni quyidagicha amalga oshgan: bemorlarni davolashda ishlatiladigan dori-darm onlarning soni asta-sekin о paya borgan. Bu jarayon insonlar o ‘troq yashash tarziga o ‘tib, turli о simliklami sun’iy ravishda o ‘stirishni o‘rganib olganlaridan so‘ng ancha tezlashdi. Buning natijasida tibbiyotda ishlatiladigan juda ko‘p dorivor moddalar topildi. Ularning xususiyatlari va qanday kasallikda ishlatilishini esda saqlab qolish qiyinlashdi. Har bir dorining xususiyati va ta ’sirini biror yo‘l bilan belgilab qo‘yish zaruriyati tug‘uldi. Shu vaqtda yozuv

kashf etildi. Tabiblar darhol undan foydalanib, har xil dorilarning xususiyatlari va qanday kasallikda ishlatilishlarini yozib qo ya boshladilar.

Shunday qilib, birinchi tibbiy yozuvlar paydo bo‘ldi. Bu yozuvlar dastlab retseptlardan iborat edi. Unda dorining nomi, xususiyati, qanday kasallikda ishlatilishini ko‘rsatilardi.

Tibbiyotning fan sifatida shakllanishida yozuvning kashf etilishi hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘ldi. Aynan yozuv tufayli tibbiyot empirik am aliyotdan fanga aylandi. Tabiblar dorilarning xususiyatlarini retseptda ko‘rsatish bilan cheklanib qolmay, har xil kasalliklar va ulaming belgilarini yozib bora boshladilar. Shunday qilib birinchi tibbiy adabiyot paydo bo‘ldi.

D iqqat-e’tiborli tabiblar faqat bemorlarni davolash bilan cheklanib qolmay, tashrix (odam anatomiyasi) bilan ham qiziqqanlar. Odam organizmida sodir bo‘ladigan normal (fiziologik) va kasallik holatlardagi o‘zgarishlarni ko‘zdan kechirganlar. Bundan tashqari har xil dorilarning organizmga ko‘rsatadigan ta’sirini ham o‘rganganlar. Bu kuzatishlarda aniqlangan ma’lumotlar yozib borilgan. So‘ng ular um um lashtirilib, odam organizmining tuzilishi, undagi fiziologik va patologik o‘zgarishlar bayon etilgan kitoblar yozilgan.

Tashxis sohasida turli xil tekshirish va bemolarni ko‘zdan kechirish usullari ishlab chiqilgan. Eng asosiy diagnostik usul bemor tomirini tekshirish hisoblangan. Tom ir urishiga qarab, ko‘p kasalliklar aniqlangan. Bundan tashqari bemorning siydigi va boshqa chiqindilarini tekshirish usuli ham ishlab chiqilgan. Davolash masalasida rutubatlar nazariyasiga asoslanganlar, ya’ni muvozanat holatidan chiqqan suyuqliqqa ta’sir qilish usulini qo‘llaganlar. Masalan, kasallik qonning miqdoriy va sifat jihatidan o‘zgarishi natijasida kelib chiqqan, deb faraz qilinsa qon olish usulini qo‘llaganlar.

Agar safro ko‘payib ketganligi yoki uning sifati o‘zgarganligi sababli kasallik kelib chiqqan, deb faraz qilinsa safroni haydovchi dorilar berilgan. Shu maqsadda bemorga ich suruvchi va qayt qildiruvchi dorilar ham ichirganlar.

Shu yo‘l bilan muvozanatdan chiqqan suyuqliklarni o‘z holiga keltirishga harakat qilganlar. Muvozanat tiklanganidan keyin kasallik alomatlarini yo‘qotuvchi choralarni ko‘rganlar. Masalan, bemorda harorat ko‘tarilgan bo‘lsa uni tushiruvchi, biror joyida og‘riq paydo bo‘lsa og‘riqni qoldiruvchi dorilar berganlar. Um um an davolash simptomatik harakterga ega bo‘lgan. Faqat jarrohiy kasalliklarda davolash kasallikning sababi va uning oqibatini yo‘qotishga qaratilgan edi. Shunday qilib, tibbiyot fan sifatida shakllandi. Lekin, bu yerda shuni ko‘rsatib o‘tish kerakki u vaqtda ilmiy fikrlash eksperimental tekshirishlar va ko‘zdan kechirishlarga asoslanmay, ko‘proq m avhum falsafiy fikr yuritishga asoslanardi. Shuning uchun qadimgi zam on ilmiy tibbiyoti katta yutuqlarga erishish bilan birga jiddiy kam chiliklardan ham holi emasdi.




Download 105.18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling