Tibbiyot tarixi


Dastlabki tibbiy muolajaning paydo bo’lishi


Download 105.18 Kb.
bet5/13
Sana09.01.2022
Hajmi105.18 Kb.
#255575
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
FkcUFf6CnMMV6oiGL9THO i4xIZ4Bte1

Dastlabki tibbiy muolajaning paydo bo’lishi.

Dastlabki tibbiy muolajalarning kelib chiqishiga odam organizmining tuzilishi va biologik xususiyatlari muhim rol uynagan. Ma’lumki, kishi oganizmi har xil kasalliklarga qarshi kurashuvchi biologik xususiyatlarga ega, buni I.I. Mechnikov va Paul Erlixlar immunitet nazariyasi sifatida aniqlab asoslab berdilar. Ma’lumki, organizmga tashqaridan tushgan zarrachalar, mikroblar tushsa, fagotsitlar ularni yo’q qilishga harakat qiladi. Masalan, zirapcha tanaga sanchilsa, u bilan birga tushgan mikroblarni yo’qotish uchun uning atrofiga leykotsitlar to’planadi. SHuningdek, tananing biror yerini pichoq kessa, chandiqlanib bitadi, leykotsitlar jaroxatning bitishiga yarani mikroblardan tozalab tezlashtiradi. Organizmda biror bir to’qimaning kayta tiklanishi ham ma’lum. Masalan, echkemlar va kaltakesak dumi uzilganda, ma’lum vaqtdan keyin o’sib chiqadi. SHuningdek, boshqa a’zolardagi unchalik kata bo’lmagan zararlanishlar ham qayta tiklanadi yoki chandiqlanib bitadi. SHuning uchun ba’zan bemor biror bir sabab bilan davolanmasa, u ma’lum vaqtdan so’ng «o’z-o’zidan» sog’ayib ketishi mumkin.

Organizmning kasallik paydo qiluvchi omillarni uz-o’zidan bartaraf qilish xususiyatini «Ichki tibbiyot» deyiladi. Tabiatda kasallik paydo qiluvchi faktorlar shunchalik ko’pki, agar shu «ichki tibbiyot» bo’lmaganda tirik mavjudodlar, shu jumladan odamlar ham allaqachonlar o’lib, yo’q bo’lib ketgan bo’lar edilar.

Asta-sekin tirik mavjudodlarning hayoti davom etishi uchun «ichki tibiyot»ning o’zi etarli emasligi ma’lum bo’ldi. Ichki tibbiyot kasalliklarga nisbatan bardosh berish qobiliyatini to’liq ta’min eta olmas ekan. SHu narsa ma’lum bo’ldiku, tirik mavjudodlar, ularni o’rab turgan son-sanoqsiz kasallik keltirib chiqaruvchi faktorlar ta’sirida yashay olishlari uchun «tashqi tibbiyot» ham ya’ni har xil davolash usullarini qo’llash ham zarur ekan. Boshqacha aytganda, organizmni ichki ko’chlariga yordam berish kerakligi ayon bo’ldi va shu tariqa davolash usullari ishlatila boshlandi.

Ma’lumotlar shuni ko’rsatadi-ki, ba’zi davolash usullarini hayvonlar o’z salomatliklarini saqlash uchun qo’llaydilar. Masalan, ular shifobaxsh o’simliklarni topib iste’mol qilganlar. Hayvonlarning o’z salomatliklarini saqlash ko’nikmalari biogenez chegarasidan tashqariga chiqa olmagan. Odamlarda esa tik yurish, gavda tuzilishi, panjalarning mavjudligi, akl-idrokning borligi tufayli rivojlanish davom etib, biogenez bosqichidan antropogenez davriga utdi.

Yer yo’zida birinchi bo’lib, muolaja «usullarni ishlab chiqqan odamsimon maxluqlar dastlab 2 buyuk qit’a: Afrika va Osiyoda paydo bo’lgan. Bu erlardan juda qadimda yashab o’tgan antropoidlar skeleti topilgan, 1976 yil Efiopiyadan topilgan skelet 2 mln. 800 ming yil ilgari yashagan ekan. 1959 yil Tanzaniyaning Olduvay darasidan topilgan antropoid 2 mln yil ilgari yashagan. 1928 yilda Xitoyning Pekin shahri yaqinida 500 ming yil ilgari yashagan antropoid skeleti topilgan va uni sinantrop Xitoy odami deb atalgan. O’zbekiston xududida bunday antropoid suyagi 1987 yilda janubiy Farg’onadagi Sel’ungur g’oridan topildi. Bu antropoid bundan 700-800 ming yil muqaddam yashagan ekan.

Tadqiqotlar shuni ko’rsatadiki, odamsimon mahsulotlarning rivojlanish jarayoni juda sekinlik bilan borgan. Shu davr ichida bu antropoidlar uz davolash usullarini ham takomillashtirib bordilar va bu davr o’z ichiga qariyb 3 mln yilni tashkil etadi. Demak, tibbiyotga ham 3 mln yil ilgari asos solingan.

Evolyutsion jarayonning ma’lum bir bosqichiga kelib, antropoidlarda insonlarga xos bo’lgan xususiyatlar paydo bo’ldi. Ularning jismoniy va aqliy imkoniyatlari rivojlandi. Antropoidlar tibbiyotining insonlar tibbiyotiga utish chegarasi qurol ishlatilgan kundan boshlanadi. Arxeolog olimlar fikricha, birinchi qurol ishlatgan odamlar Avstralopiteklardir. Ular o’z muolajalarida qurollardan foydalangan bo’lishlari mumkin. Avstralopiteklar bundan 2 mln 800 ming yil ilgari yashaganlar. Insonning Avstrapolitekdan keyingi rivojlanish bosqichi pitekantrop davridir. Pitekantroplar birinchi qurolga ishlov berganlar, o’tkir va kirrali toshlardan kesish uchun foydalanganlar. Bundan tashqari, tosh pichoqlar bilan hayvonlar go’shti maydalangan, o’simlik mevalarini ham maydalab iste’mol qilingan. SHuningdek, ba’zi bir muolajalarda bola kindigini kesish, tanadagi yiringlagan joyni kesish, kabilarni amalga oshirganlar. Ular shifobaxsh o’simliklardan ham foydalanganlar. Bu bilan insonlar tibbiyotiga birinchi kadam kuyilgan. Pitekantroplar bundan 700-800 ming yil ilgari yashagan.

Taraqqiyotning keyingi bosqichi Sinantroplar davridir. Sinantroplar tosh va suyakdan takomillashgan o’tkir qurollar yasay olganlar. Ularni muolaja usullariga kelsak, bu masalaga oid etarli ma’lumot yo’q.

Olimlar fikricha, odamsimon maxluq bilan odam o’rtasida pitekantrop va sinantropdan tashqari atlantrop, xeydenberg va olduvay maxluqlari bo’lgan. Ularni umumlashtirib, arxantrop deb ataladi. Arxantroplardan «olduvay» odami alohida ahamiyatga ega. Uni o’quvchi odam Homo habilis deb ataganlar. Olduvay odamlari Tanzaniyadagi Eyasi qo’li qirg’oqlarida yashagan. Ular o’zlari uchun uy yasaganlar va qarorgoxlari bo’lgan. Ularning hayot tarzi odamlarnikiga yaqin bo’lgan, muolaja usullari ancha o’quvchi bo’lgan. Davolashda takomillashgan o’tkir qirrali asboblar ishlatilgan. SHifobaxsh o’simliklardan keng foydalanilgan. Ular ichida ogrik qoldiruvchi, narkotik ichni to’xtatuvchi yoki ichki suruvchi dorivorlar bo’lgan.

Antropogenez jarayonining navbatdagi davri poleoantroplardir, bular bizning 60-100 ming yil muqaddam yashagan. Ularning tipik vakili neandertallardir. Ular birinchi bo’lib, chayla qu’ra boshlaganlar, hayvonlarni ishlata bilganlar. Respublikamizda bu xil odamning suyaklari Surxandaryodagi Teshiktosh g’oridan topilgan. Neandertallarning yashagan qarorgoxlari 60 ga yaqin qurollar topilgan bo’lib, bulardan muolaja uchun mo’ljallanganlari ham topilgan. Neandertallar so’zlashni ham bilgan, bundan esa odamni qaeri og’riyotganligi, nima bezovta qilishi aniqlanib, davo choralari ko’rilgan.

Antropoid rivojlanishning keyingi bosqichi Mezantroplar davri bo’lgan, ular birinchi marta Fransiyaning Kromanon g’oridan topilgan, bunday odam suyaklari 1962 yil Samarqandning Kulbog’ degan joyidan ham topilgan. Kromanonlar 40-50 ming yil avval yashagan. Ularning mehnat qurollari ancha takomillashgan edi, ular o’q-yoylardan ham foydalanganlar. Ular hayvon go’shtini eyb, yog’i, suti, jigari va terisini davolash Maqsadida ishlatganlar.

Mezantroplar birinchi bo’lib, hayvonlarni qo’lga o’rnata boshlaganlar. Shuningdek, ular eyr xaydash va ekinchilik bilan ham shug’ullanganlar.

Antropoidlarning odam tomonga rivojlanishining oxirgi bosqichi neantroplar davridir. Neantroplar tashqi ko’rinishida insonning hama belgilariga ega bo’lganlar. Ularni Homo Sapiens ya’ni fikrlovchi odam deb ataganlar. Ular usi yopiq chaylada yashagan. Yashash sharoitlari odamlarnikiday bo’lib, ular ko’proq daryo va kullar atrofida yashaganlar. Ular birinchi bo’lib, sopol idishlarini yasaganlar, asta-sekin mahsulotlarni pishirib eyishni o’rganganlar. Shifobaxsh o’simliklardan qaynatma dorilar tayyorlaganlar. Hayotning bunday turi Markaziy Osiyoda paydo bo’lgan.

Insonlar taraqqiyotining navbatidagi bosqichi bronza davridir. Bu davrda odamlar metalldan har xil asboblar tayyorlashni o’rgandilar. Ularning qarorgoxlaridan pichoqlar, ignalar, kateterlar, suyak kesuvchi o’tkir asboblar topilgan. Bu asboblar yordamida o’sha davr tibbiyoti ancha murakkab operatsiyalar, bosh suyakni trepanatsiya qilish, tabiiy tug’a olmagan ayolni qornini yorib bolasini olish, xatna qilish, yiringlagan joyni kesib yiringdan tozalash, kuchli jaroxatlangan qo’l yoki oyoqni kesib tashlash (amputatsiya) qilish va x.k. Shunday qilib, kasal kishini davolash o’sha zamon odamlarining zaruriy tadbirlaridan biriga aylangan. Biroq bu ish xali kasb sifatida shakllanmagan edi. Davolash ishi bilan qabila boshliklari zarur bo’lgandagina shug’ullanganlar. Boshqa payt o’z yumushlari bilan band bo’lgan. Masalan, ov bilan shug’ullanganlar. Ammo birinchi tibbiy muolaja usullarining ishlab chiqilishining o’zi tibbiyot tarixida muhim ahamiyatga ega.


Download 105.18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling