Tibbiyot tarixi


Tibbiyotning kasb sifatida shakllanishi


Download 105.18 Kb.
bet6/13
Sana09.01.2022
Hajmi105.18 Kb.
#255575
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
FkcUFf6CnMMV6oiGL9THO i4xIZ4Bte1

Tibbiyotning kasb sifatida shakllanishi.

Ibtidoiy jamoa davrida yashagan ajdodlarimizning moddiy yashash sharoitlari juda og’ir bo’lgan. Ular tog’lar, o’rmonlarda, g’orlarda doim yarim yalangochoch kun kechirganlar. Bundan tashqari, ularga turli yirtqich hayvonlar ham hamla qilib to’rgan. Shunday og’ir sharoitda ibtidoiy odamlar tez-tez kasal bo’lib turganlar. Har xil sharoitlarga uchraganlar va tibbiy muolajaga muxtoj bo’lganlar. Shunday qilib, o’z-o’ziga va o’z yaqiniga yordam berish choralari ishlab chiqilgan. Arxeologik qazilmalar vaqtida Qadimgi ajdodlarimiz suyaklarida tibbiy yordam berilganligini ko’rsatuvchi belgilar topilgan. Masalan, 1957 yilda amerikalik arxeologik olim Smitson Eron xududidan qo’li kesib tashlangan odam suyagini topgan. Bu odam bizdan 45 ming yil muqaddam yashagan. Xuddi shunday muolaja o’tkazilgan odam suyagi Iroqda ham topilgan.

Neandertal odamlar yashagan davrida tibbiyot ancha rivojlangan edi. Ular shifobaxsh o’simliklardan keng foydalanganlar, jarrohlik asboblaridan foydalanib operatsiyalar qilishgan.

Ma’lumotlar shuni ko’rsatadiki, Qadimgi odamlardan birinchi bo’lib tibbiyot bilan ayollar shug’ullanganlar. Ibtidoiy jamoa ayoli jamiyatdagi o’z o’rinlariga binoan kasallarni davolash bilan shug’ullanishlari tabiiy tug’ayotgan ayolga yordam berish, bolaning jaroxatini albatta, birinchi ayol kishi davolashga harakat qilgan. Jaroxatlangan qo’l yoki oyoqdan oqayotgan qonni ayol kishi yaxshilab bog’lab quygan va nihoyat bemor yotgan kishini parvarish qilishni ham ayollar bajargan, demak, birinchi davolash ishlarini bajaradigan shaxs ayol kishi bo’lgan. Ayollar oziq-ovqat izlab o’simliklarni barchasini tatib ko’rgan va ularni shifobaxsh va boshqa xususiyatlarini bilib olganlar. Shunday qilib, dori-darmonlar kashf etila boshladi.

Jamiyat rivojlana borib matriarxat davr o’rnini patriarxat davri egalladi, ya’ni jamiyatda eng murakkab ishlar, hayvonlarni ovlash, qo’lga o’rgatish va ko’paytirish, eyrni xaydash, ekish va boshqa javobgar yumushlarni erkaklar o’z zimmalariga oldilar va asta-sekin jamoani boshqarish ham ularning ko’llariga o’tdi. Bu davrda yashagan odamlar tabiatda ochiq holda uchraydigan materiallardan foydalanib, har xil qurollar va asboblar yasay boshladilar. Ba’zan jarrohlik asboblari ham yasaganlar. Ular yordamida anchagina murakkab operatsiyalarni ham bajara olganlar. Kulolchilik buyumlari ishlab chiqarilgan. Demak, shifobaxsh o’simliklardan qaynatma va damlama dori-darmonlar tayyorlash ham shu vaqtda paydo bo’lgan. Bu jarayon juda sekinlik bilan borib ming yillar o’tgan.

Odamlar zaharli va karaxtlovchi dorilardan ham foydalanganlar. Bu moddalarni kata-katta hayvonlardan ximoyalanish va ularni ovlash uchun ishlatganlar. Ibtidoiy jamoa davrining oxiriga kelib, tibbiyot kishilarning zaruriy faoliyatining biriga aylangan. Bu ish bilan shug’ullanuvchi kishilar uni o’zlariga kasb qilib olganlar. Shunday qilib, tibbiyot kasbi shakllandi.

Tibbiyotning kasb sifatida shakllanishiga mehnat taqsimotining ta’siri mavjud. Dastlab mehnat taqsimoti oddiy bo’lgan, masalan, ayollar bilan erkaklar o’rtasida, bolalar bilan kattalar o’rtasida, yoshlar va qarilar o’rtasida va x.k. Davolash ishi bilan ko’proq tajriba orttirganlar shug’ullangan va asta-sekin faqat shu ish bilan cheklana boshlaganlar.

Tabiblik kasbi to’liq shakllangan paytda u oilaviy xususiyatga ega edi, chunki bu kasb faqat avloddan avlodga meros bo’lib qolar, tabiblik faoliyati sir saqlanar edi. Tabiblar kun sayin kasallik sababiga, kasalliklarni davolashni yangi usullarini izlaganlar va tabiblik ishi takomillashib bordi.

Kishilarda asbtrakt fikrlash paydo bo’lishi bilan ular tabiat xodisalariga qizika boshladilar. Bu xodisalarning mohiyati va sababini bilishga harakat qilganlar. Tabiiyki kishilarning aql-idroki hali ancha ojiz bo’lib, tabiat xodisalarini to’g’ri baholay olmaganlar. Ular vaximali xodisalar, yer qimirlashi, sel yog’ishi, bo’ron, to’fon, yong’in va boshqa talofotlarni keltirib chiqaruvchi joxil kuchlar mavjud deb hisoblashgan. Har hil kasalliklarni ham shu kuchlar yuboradi deb hisoblashgan. Bunday tushunchalarning dastlabkisi fetishimizmdir, ya’ni xodisalarni vaximali qilib jonlantirib ko’rsatib, ularga siginish bo’lgan. Fetishizm tushunchasiga ko’ra tabiatdagi ayrim narsalar qandaydir g’ayri tabiiy kuchga ega bo’ladi, deb fikr yuritilgan.

Yana bir tushuncha animizm, ya’ni mavjud kuchga ega bo’lgan rux mavjudligi haqidagi tushuncha kelib chiqadi, bu tushunchaga asosan dunyoda juda ko’p ruxlar mavjud bo’lib, ular odamlarga ko’plab falokatlar olib keladi. Shu jumladan, kasallik ham, deb faraz qilishgan. Shu ruxlar qatoriga o’tmish avlodlar ruxlari ham bo’ladi, deb o’ylashgan.

Agar biror kimsa o’zining o’tmish avlodiga nisbatan xurmatsizlik qilsa, o’sha ajdodlar ruxi unga har xil kasalliklar yuborib qiynaydi, deb faraz qilganlar. Shu bilan bir qatorda yaxshilik ham salomatlik keltiruvchi ruxlar ham bor, deb uylaganlar. Bulardan tashqari antologik va totemizm tushunchalari ham mavjud bo’lgan. Yuqorida keltirilgan kasallik sabablarini bartaraf qilish uchun, ya’ni tanaga kirib kasallik chiqargan joxil kuchni xaydab chiqarish uchun har xil choralar va marosimlar o’tkazilgan. Joxil kuchni raxmini keltirish uchun bemor oldida har xil uyinlar, raqslar ijro etganlar.

Shuningdek, joxil kuchni qo’rqitishga harakat qilganlar. Yuzlariga niqob kiygan shomonlar bu marosimni amalga oshirgan. Joxil kuch ko’proq boshqa kirib oladi, uni chiqib ketishini ta’minlash uchun bemor bosh suyagi tepasini ochib quyganlar (trepamatsiya qilganlar). Trepapatsiya usuli ba’zi kasalliklarda qo’llanila boshlagan. Masalan, bemorda tutqanok paydo bo’lganda, hech to’xtamaydigan bosh og’rig’ida, bosh miya jaroxatlanganda va x.k. Ibtidoiy jamoaning oxiriga kelib din paydo bo’ldi. Endi kasalliklarni sababi joxil kuch emas, din bilan bog’ladilar va kasallikni xudo yuboradi deb hisoblashgan. Vaqt o’tishi bilan amaliy tibbiyotda hayot tajribasiga asoslangan to’g’ri fikrlar ham paydo bo’ldi. Juda og’ir jismoniy mehnat, ruxiy kechinmalar, moddiy jihatdan ta’minlanmagan, og’ir sharoitda yashayotgan kishilar ko’proq kasallikka chalinishlari aniqlandi. SHu bilan kasallikni keltirib chiqaruvchi iloxiy kuchlar to’g’risidagi tushuncha ham saqlanib qoldi, shunga ko’ra davo-choralari ham saqlanib qoldi. Masalan, kasallikni bemor tanasidan xaydab chiqarishda qo’llanilgan (bosh suyagini trepamatsiya qilish, qo’rqinchli, vaximali marosimlar), duo o’qish, hayvonlarni suyish, ma’lum joylarga sajda qilish va x.k.

Amaliy tibbiyotda esa davo sifatida ishlatiladigan dori-darmonlar soni ancha ko’payadi, ular bir necha yuzga etadi. O’simliklar qatoriga mineral moddalar ham qo’shildi. Tibbiyot nisbatan tez rivojlandi, chunki bu paytda tibbiyotga muxtojlik ancha yuqori bo’lib, tabiblarning o’zlari ham bemorlarni davolashdan manfaatdor edilar.


Download 105.18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling