Farmakopeya maqolasi- dori vositasi uchun farmakopeya qo‘mitasi
tomonidan tasdiqlangan normativ- texnik hujjat
(―Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati to‟g‟risida” O‟zbekiston
Respublikasi Qonuni, 1- modda)
VFM –farmakopeya kumitasi tomonidan tibbiyotda ishlatishga tavsiya
etilgan yangi DVning birinchi sanoat seriyalari uchun va o‘simllik xom ashyosiga
tasdiqlanadi. VFM cheklangan muddatga tasdiqlanadi (3yil).
Korxona farmakopeya maqolasi - savdo nomidagi DVning sifat standarti
bo‘lib, korxonada ishlab chiqarilgan, o‘rnatilgan tartibda eksperiza va qayd etish
jarayonlaridan o‘tgan dori vositasi uchun ko‘rsatkichlar ro‘yxati va sifat nazorati
usullarini o‘z ichiga oladi.
Mamlakatlar o‘rtasida tovar, shu jumladan tibbiy tovarlarni keng
ayriboshlashning rivojlanishi munosabati bilan standartlarni xalqaro darajada
ishlab chiqish zarurati tug‘ilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |