hujjatdir.
Normativ hujjatlar- standartlar, ularga tenglashtirilgan boshqa hujjatlar
texnik shartlar, texnik tavsiflar (“Iste‟molchilar huquqlarini himoya qilish
to‟g‟risida” O‟zbekiston Respublikasi Qonuni, 1- modda)
O‟zbekiston Respublikasi standarti (O‟zR) – standartlash bo‘yicha
davlat idorasi yoki respublikaning boshqa davlat idorasi (―O‘zstandart‖ Agentligi,
Davlatqurilish, Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi, O‘zbekiston
Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirligi va xokazo) tomonidan o‘z vakolatlariga
muvofiq tasdiqlangan standartdir.
60
Standartning qoidalari barcha davlat, savdo, ijara, hissador, qo‘shma va
boshqa korxonalar hamda tashkilotlar, kontsernlar, uyushmalar, shuningdek
O‘zbekiston hududida tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi fuqarolar
tomonidan so‘zsiz bajarilishi lozim.
Texnik shartlar (O‟z TSH) – buyurtmachi bilan hamkorlikda yoki
buyurtmachi tomonidan, buyurtmachi yoki mutaxassis (tayyorlovchi) bilan
kelishilgan holda mutaxassis (tayyorlovchi) tomonidan aniq mahsulot (xizmat)
bo‘yicha tasdiqlangan texnik talablarni belgilaydigan me‘yoriy hujjat.
Korxona standarti (O‟z KS) - korxona tashabbusi bilan mahsulot, xizmat
yoki ishlab chiqarish jarayoniga tayyorlangan (ishlangan) va u tomonidan qabul
qilinib tasdiqlangan standart.
Sobiq SSSRning davlat standartlari (GOST) - MDH mamlakatlarining
standartlash, metrologiya va sertifikatlashtirish sohasida kelishilgan siyosatni
o‘tkazish to‘g‘risidagi bitim hamda Vazirlar Mahkamasining 1993 yil 12 martda
qabul qilgan 93-raqamli «O‘zbekiston Respublikasida standartlash bo‘yicha
ishlarni tashkil qilish to‘g‘risida‖gi Qaroriga muvofiq MDH davlatlararo
standartlar sifatida amal qiladi.
Xalqaro standart – standartlash bilan shug‘ullanuvchi xalqaro tashkilot
tomonidan qabul qilingan va iste‘molchilarning keng doirasiga qulay standart.
Do'stlaringiz bilan baham: |