“ТИҚхмми” Миллий тадқиқот университетининг Қарши ирригация ва агротехнологиялар институти
Download 100.88 Kb.
|
Arkalar turlari va konstruktsiyalarni o’rgani
“ТИҚХММИ” Миллий тадқиқот университетининг Қарши ирригация ва агротехнологиялар институти Ботиров Иззат 208-грух MAVZU: Arkalar turlari va konstruktsiyalarni o’rganish. Reja: 1- Arkali sistemalarni metall ko‘priklarda qo‘llash 2- Po‘lat oraliq qurilmalarning asosiy sistemalari va turlar 3- Oraliq qurilmalarning asosiy sistemalari. Arkali sistemalarni metall ko‘priklarda qo‘llash oraliq uzunligi 200 metrdan ortiq bo‘lganda maqsadga muvofiqdir. Hozirgacha qurilgan ko‘priklarda arka strelasi f keng qiymatlarda o‘zgaradi. Uning eng maqsadga muvofiq qiymatlari temir yo‘l ko‘priklarida f = (1/6...1/8) l , avtomobil va shahar ko‘priklarida f = (1/8...1/10) l ga teng qabul qilinadi. Arkalar, odatda, ikki sharnirli, qatnovi ustidan (rasm 1.10, f), ostidan (rasm 1.10, g) yoki o‘rtasidan (rasm 1.10, h), yaxlit devorli (rasm 1.10, i) yoki panjarali (rasm 1.10, j) bo‘ladi. Metall ko‘priklarda arkali sistema bilan berkitilgan eng katta oraliqlar AQSh dagi Godj daryosi ustidan (518,3 metr; 1977 yil), Kill van Kull qo‘ltig‘i ustidan (510,5 metr; 1931 yil), Avstraliyadagi (Sidney, 502,9 metr; 1932 yil) qurilgan avtomobil va temir yo‘l ko‘priklariga tegishlidir. To‘sinli sistemali oraliq qurilmalarga (rasm 1.10, a-e) alternativa sifatida oddiy sistemalar (odatda to‘sinli va arkali) qo‘shilishidan tashkil topgan kombinatsiyalangan sistemalarni (rasm 1.10, i-o) ko‘rsatish mumkin. Yaxlit devorli elementlar qo‘llanilgan kombinatsiyalangan sistemalar turli - tumandir. Ularning birisi – oraliq tayanchlar zonalarida ustunlari bor yarim arkalar ko‘rinishidagi podprugalar bilan (rasm 1.10, i ga qarang) yoki panjarali fermalar bilan (rasm 1.10, k ga qarang) kuchaytirilgan uch oraliqli qirqilmagan to‘sindir. Oraliq uzunligi 150 ... 200 metr diapazonida ushbu sistemada po‘lat sarfi to‘sinli panjarali fermalarga qaraganda ko‘proq bo‘lsa ham, bunda tayanchlar hajmi kichikroqdir. Bu holat, ushbu sistemaning arxitektura ko‘rinishi tomonidan afzalliklarini hisobga olganda, shahar ko‘priklari uchun maqsadga muvofiqdir. Sistemaning tahminiy parametrlari quyidagicha qabul qilinishi mumkin: l1 =0,55l ; h =(1/50...1/60)l va N = 5h . Arkalar bilan butun uzunligi bo‘yicha kuchaytirilgan to‘sinli sistemalar yaxshi arxitektura ko‘rinishiga ega va ular qatnovi ustidan (rasm 1.10, l) yoki o‘rtasidan (rasm 1.10, m) bo‘lishi mumkin. Bu holatlarda chetki oraliqlar uzunligi l1 =(0,4...0,5)l , arka strelasining qiymati esa (1/3...1/5)l ga teng chegaralarida qabul qilinadi. Kombinatsiyalangan sistemaning boshqa bir namunasi – bikir ostki belbog‘li shaparak fermadir (rasm 1.10, n). Bunday sistema temir yo‘l ko‘priklarida eng ko‘p tarqalgan bo‘lib, ularning parametrlari quyidagicha qabul qilinadi: l =66...110 metr; h =1,5...1,8 metr; N = 1/7 l. Bunday sistema fermalarga qaraganda iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq emas, ularni tayyorlash va montaj qilish qiyin, lekin yaxshi estetik sifatlarga ega va ular yordamida katta oraliqlarni berkitish mumkin. Yaxlit devorli rigeli bo‘lgan romli po‘lat ko‘priklar “chiroyli” sistema bo‘lib (masalan, “chopayotgan ohu”, rasm 1.10, p), 250 metrgacha bo‘lgan oraliqlarni berkitishga imkon yaratadi. Ushbu romli sistemada panjarali bosh fermalar ham qo‘llanilishi mumkin (rasm 1.10, r). Lekin montaj qilish texnologiyasining anchagina murakkabligi, tayanchlardagi rasporning kattaligi va podkoslarni korroziyadan alohida himoya qilish kerakligi uchun, romli metall ko‘priklar temir yo‘llarda juda kam hollarda insho etiladi. Download 100.88 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling