Tijorat banklari faoliyatini tahlil qilish va uning uziga xos xususiyatlari
Bank majburiyatlarining tarkibiy jihatdan tahlili
Download 44.52 Kb.
|
Tijorat banklari buxgalteriya hisobining hisobvaraqlar rejasi
Bank majburiyatlarining tarkibiy jihatdan tahlili.Avvalambor shuni yana bir bor eslatib o’tishni lozim topdikki, bank resurslarini tashkil etish bilan bog’liq bo’lgan operatsiyalari - passiv operatsiyalar deyiladi. Passiv operatsiyalar bank oborotiga chetdan mablag’lar jalb etish va o’z mablag’larini tashkil etish bilan bog’liq operatsiyalardan iboratdir. Bank resurslari uning majburiyatlari va o’zining kapitalidan tashkil topadi. Bank faoliyatining yana bir asosiy o’ziga xos xususiyatlaridan biri shundan iboratki, uning resurslari asosan chetdan jalb etilgan majburiyatlaridan tashkil topadi. jadval“A” Bankning chetdan jalb etilgan va o’z mablag’lari tarkibi4
Jadval ma’lumotlaridan ko’rinib turibdiki, “A” bank passivining asosiy qismi, 1 yanvar 2020 yil holatiga 40510 mln so’m ya’ni 91,2 foizi 2021 yil yanvar holatiga 41000 mln so’m yoki 90,9 foizi chetdan jalb etilgan mablag’lar qolgan qismi esa (8,9% va 9,1%) o’z mablag’lari hisobiga tashkil etilgan. Tahlil etilayotgan davrda o’z mablag’lari 1900 mln so’m ya’ni 4,9 foizga, chetdan jalb qilingan mablag’lar esa 490,0 mln. so’m ya’ni 1,2 foizga o’sgan. Bank majburiyatlari qoldig’i bank balansining ikkinchi bo’limida aks ettiriladi.Bank majburiyatlari ularning o’ziga xos-xususiyatlari, manbalari va muddatlari hisobga olingan holda asosan quyidagi guruhlarga bo’linadi: 4 “A”tijorat banki shartli ravishda olingan. Talab qilib olingunicha saqlanadigan depozitlar; Jamg’arma depozitlar; Muddatli depozitlar; Boshqa banklarning hisobraqamlari; Olingan qisqa muddatli kreditlar; Olingan uzoq muddatli kreditlar; Mijozlarning boshqa depozitlari. Ushbu guruhlarga hisobvaraqlar, ularning manbalari nuqtai-nazaridan yana bir necha hisobraqamlardan tashkil topadi. Download 44.52 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling