Tijorat banklari faoliyatini tartibga solish


Download 60.37 Kb.
Sana24.12.2022
Hajmi60.37 Kb.
#1057374
Bog'liq
tijorat banklari va ular faoliyatini


8-variant

  1. Tijorat banklari faoliyatini tartibga solish

  2. Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarini qonuniylashtirishga qarshi kurash

3.” Qimmatli qog’ozlar bozori to’g’risida” gi O’zbekiston Respublikasi qonuni

1. Tijorat banklari faoliyatini tashkil qilishning iqtisodiy va xuquqiy asoslari


O’zbekiston Respublikasining «Banklar va bank faoliyati to’g’risida»gi qonunning birinchi moddasida ta’kidlanganidek «Bank – bu tijorat muassasasi bo’lib jismoniy va xuquqiy shaxslarning bo’sh turgan pul mablag’larini jalb qilish va ularni o’z nomidan to’lovlilik, muddatlilik, qaytarib berish sharti asosida joylashtirish operasiyalarini va boshqa bank operasiyalarini bajaradi».


Tijorat banklari bank tizimining muhim bo’g’ini bo’lib kredit resurslarining asosiy qismi shu banklarda yig’iladi va bu banklar xuquqiy va jismoniy shaxslarga xizmatlarni ko’rsatadi.
O’zbekiston Respublikasida tijorat banklari bank tizimining Markaziy bankdan keyingi pog’onasi hisoblanadi. Xozirgi kunda Respublikamizda 2006 yilni 1 yanvar holatiga 29 turdagi, shundan 3 ta davlat mulkiga asoslangan, 12 ta aksioner - tijorat, 9 ta xususiy va 5 ta chet el sarmoyasini hissasi bilan tijorat banklari mavjud.
Respublika xududida tijorat banklari o’z faoliyatlarini Markaziy bank tomonidan berilgan lisenziya asosida amalga oshiradilar.
Banklarga lisenziya berish O’zbekiston Respublikasining «O’zbekiston Respublikasining Markaziy bank to’g’risida»gi, «Banklar va bank faoliyati to’g’risida»gi, «Aksionerlik jamiyatlari va aksiyadorlar xuquqini ximoya qilish to’g’risida» gi va boshqa qonunlari hamda banklar bo’yicha tegishli me’yoriy xujjatlar talablari asosida amalga oshiriladi.
Tijorat banklarini tashkil qilish 1999 yilni 11 – fevralida qabul qilingan «Banklarni ro’yxatga olish va ularga lisenziya berish tartibi to’g’risida»gi 630 – sonli Nizom asosida olib boriladi. Ushbu Nizomga asosan tijorat banklari ochiq yoki yopiq aksionerlik jamiyatlari shaklida tashkil etilishi mumkin.
Bankni davlat ro’yxatidan utkazish uchun Markaziy bank tomonidan belgilangan bank ustav kapitali eng kam miqdorining 0,1 foizi miqdorida, filiallar ro’yxatga olinayotganda esa ushbu mablag’ning yarmi miqdorida xaq to’lanishi, ustav kapitalining 30 foizidan ortig’i xorijiy shaxslarga tegishli bo’lgan banklar va shu’ba banklarini ro’yxatdan o’tkazishda 5000 AŠSh dollariga teng so’mmada xaq to’langanligini tasdiqlovchi xujjatlar taqdim etilishi lozim.
O’zbekiston Respublikasi «Banklar va bank faoliyati to’g’risida»gi qonunga asosan bank ustav kapitalini shakllantirishga davlat xokimiyat organlari, jamoa birlashmalari, jamoa fondi mablag’lari, shuningdek kreditga va garovga olingan mablag’lardan foydalanish man etiladi.
«Banklarni ro’yxaga olish va ularga lisenziya berish tartibi to’g’risida»gi Nizomga asosan har bir aksiyadorning ustav kapitalidagi ulushi 2002 yilning 1 yanvaridan boshlab ustav kapitali umumiy miqdorining 7 foizidan oshmasligi kerak. Shuningdek banklarning boshqa banklar ustav kapitalida ishtirokiga ruxsat etilmaydi. (shu’ba banklar tashkil etish bundan mustasno). Har bir bank o’z ustavi asosida faoliyat kursatadi.
Markaziy bank tomonidan tasdiqlangan «Tijorat banklari kapitalining yetarligiga quyiladigan talablar to’g’risidagi Nizom» ga (2000 yil, 25 iyul, 949 – son) ko’ra faoliyat kursatayotgan banklar 2 mln AŠSh dollaridan kam bo’lmagan miqdordagi umumiy kapitaliga ega bo’lishi lozim. Yangi ochilayotgan banklar ustav kapitaliga bo’lgan talab 2002 yilni 1 yanvaridan aholisi 0,5 mln kishidan ko’p bo’lgan shaharlarda 2,5 mln AŠSh dollarida, aholisi 0,5 mln kishidan kam bo’lgan shaharlarda 1,25 mln AŠSh dollarida, chet el kapitali ishtirokidagi banklar bo’yicha 5 mln AKSh dollari, xususiy banklar uchun 1,25 mln AKSh dollaridan kam bo’lmasligi kerak.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005 yil 15 – apreldagi «Bank tizimini yanada isloh qilish va erkinlashtirish chora – tadbirlari to’g’risida»gi 56 – sonli qaroriga ko’ra tijorat banklari o’z kapitallarini bir maromda usib borishini ta’minlash, kredit portfeli sifatini yaxshilash, loyihalarini moliyalashni takomillashtirish va boshqa vazifalar qo’yilgan.
Jumladan, qarorda ko’zda tutilishicha 2007 yilni 1 yanvariga qadar yangi tashkil etiladigan tijorat banklarining ustav kapitali 5 mln AŠSh dollariga, xususiy banklarni ustav kapitali 2,5 mln dollardan kam bo’lmagan miqdorga yetkazish ko’zda tutilgan.
Bank faoliyatini tuxtatish va banklarni tugatish «Banklar va bank faoliyati to’g’risida»gi qonun ham Markaziy bankning 240 – sonli «Banklarni tugatish tartibi to’g’isida»gi Nizomga asosan amalga oshiriladi.
Unga ko’ra banklar aksiyadorlar yig’lishining qaroriga ko’ra, Markaziy bank lisenziyani qaytarib olganda va bank bankrot deb e’lon qilinganda o’z faoliyatini tuxtatadi. O’z faoliyatini tuxtatgan bank Markaziy bank tomonidan banklarni Davlat ro’yxatiga olish daftaridan chiqariladi. Uni faoliyati tuxtatilganligi matbuotda e’lon qilinadi.
2. Tijorat banklar faoliyatining tamoyil va
funksiyalari.

Tijorat banklarining faoliyati quyidagi tamoyillarga asoslanadi:


1. Kredit resurslarini tashkil etishda chetdan jalb qilingan resurslarga tayanishi
2. Mavjud mablag’lar chegarasida xizmat kursatish. Bu bankning nafaqat o’z resurs va kredit quyilmalarining mutonosibligi, balki bankning aktivlari bilan uning jalb qilingan mablag’lari o’rtasidagi mutonosibligini ta’minlashini bildiradi.
3. Bank faoliyatining tula iqtisodiy mustaqilligi. Bunda bank o’z va jalb etilgan mablag’lardan mustaqil foydalanishi, mijozlar va omonatlarni o’zi mustaqil ravishda tanlashi, kredit siyosatini mustaqil to’zishi va amalga oshirishi, foiz stavkalarini mustaqil o’rnatishi va o’zgartirishi, daromadlarni mustaqil ravishda taksimlashi va boshqa faoliyat turlarini bajarishi mumkinligi ko’zda tutiladi.
4. Banklar faoliyatini tijoratlashuvi. Bu tamoyil banklarni kamroq harajat qilib foyda bilan, ko’proq foyda bilan faoliyat ko’rsatishga asoslanadi. Bank faoliyatining xavfsizligi (kam xatarliligi) ham bank tijoratining asoslaridan biri hisoblanadi.
5. Mijozlar manfaatini ximoyalash. Bank o’zining kapitali, daromadi bilan risk qilishi mumkin, lekin u mijozning daromadi yoki kapitali bilan risk qilishi mumkin emas. Bu tamoyil «hamma narsa mijoz uchun» ma’noni anglatib u bank mijoz uchun to’laligicha javob berish zarurligini bildiradi, uni daromadini ta’minlaydi.
6. Banklar faoliyatining universallashuvi va diversifikasiyasi (lotincha deilersiteatro - o’zgarish, xilma – xillik) banklar faoliyatini turli tarmoq va sohalarni qamrab olishini bildiradi.
7. O’zaro manfaatdorlik. Bankning va mijozning bir – biriga bo’lgan ishonchi o’zaro hamkorlikni mustaxkamlaydi. Mijoz bankga nafakat pul yoki kredit uchun emas, balki moliyaviy malakaviy yordam, malakali xizmat, maslaxat olish uchun boradi. Mijoz bankdan o’z mablag’ini nimaga va qanday sarflash, o’z foydasini qanday oshirish yoki yo’qotishlarga qanday barham berishlikni o’rganadi. Tijorat banklari faoliyati quyidagi funksiyalarga asoslanadi:
1. Xuquqiy va jismoniy shaxslarning bo’sh pul mablag’larini yig’ish.
2. Xalk xo’jaligida hisob – kitoblar va tulovlarni amalga oshirish
3. Xo’jalik subyektlarini kreditlash, ichki va tashqi xo’jalik oborotiga kredit – moliya xizmati ko’rsatish
4. Moliyaviy va moddiy qiymatlar saqlanishini ta’minlash
5. Mijozlar mulkini ishonchli boshqarish (faktoring, trast va boshqa operasiyalar)
6. Moliya – valyuta bozorida faoliyat ko’rsatish, ya’ni qimmatli qog’ozlar chiqarish, ularni joylashtirish, sotib olish va boshqalar
7. Iqtisodiy moliyaviy aborotlar berish, maslaxat xizmatlarini ko’rsatish va boshqalar
3. Tijorat banklarining passiv va aktiv operasiyalari
Bank resurslarini shakllantirish bilan boglik bo’lgan operasiyalar banklarning passiv operasiyalari deyiladi. Banklarning passiv operasiyalari ularning faoliyatini tashkil qilishda katta rol uynaydi. Passiv operasiyalar yordamida tijorat banklari kreditlash uchun zarur bo’lgan resurslarini tashkil etadi.
Passiv operasiyalar asosan quyidagi shaklga ega:
1. Šimmatli qog’ozlarni muomilaga chiqarish yo’li bilan resurslar yig’ish
2. Bank foydasi hisobidan har xil fondlar tashkil qilish yoki fondlar so’mmasini oshirish
3. Boshqa kreditorlarning mablaglarini jalb qilish
4. Depozit operasiyalarini amalga oshirish
Tijorat banklarining resurslari bankning o’z mablag’lari, jalb qilingan va emitentlashgan mablag’lar hisobidan shakllanadi.
Yuqorida keltirilgan passiv operasiyalarning dastlabki ikkitasida banklarning o’z mablag’lari yuzaga keladi va qolgan ikki shaklida kredit resurslarining jalb qilingan resurslar qismi yuzaga keladi.
Banklarning o’z mablag’lariga – ustav kapitali, rezerv kapitali, maxsus fondlar (moddiy rag’batlantirish va boshqa tashkil etilgan fondlar) va taqsimlanmagan foyda kiradi. Banklarning keyingi yillar balanslarida o’z mablag’lari tarkibida aksiyalar bo’yicha emissiya ustamasi, asosiy vosita va chet el kapitalini qayta baholash so’mmalari ham o’z aksini topgan.
Respublikamiz tijorat banklarining kapitali 2005 yilni boshiga 824,1 mlrd so’mni tashkil etgan va bu 2004 yilga nisbatan 33,1 mlrd. so’mga yoki 104, 2 foizga oshiq.
Amaliyotda bank passivlarining 20 foiziga yaqini banklarning o’z mablag’lariga to’g’ri keladi. Bank o’z mablag’lari ichida asosiy o’rinni bank ustav kapitali egallaydi. Banklarning ustav kapitali ularning majburiyatlarini bajarilishining asosi bo’lib xizmat qiladi va u banklar tashkil qilinganda moddiy va pul mablag’laridan tashkil topadi. Bank kreditlari hamda chetdan boshqa pul mablag’larini jalb qilib uni tashkil qilish mumkin emas.
Shu kabi banklarni zaxira kapitali va taqsimlanmagan foydaga tegishli manbalar hisobidan shakllanadi va sarflanadi.
Jalb qilingan mablag’lar tijorat banklari kredit resurslarining asosiy qismini tashkil etadi. Bo’larga depozitlar, shuningdek kontokorrent va vakillik hisob varaqlaridagi mablag’lar kiradi.
Bank resurslari tarkibida aholining quyilmalari muhim rol uynaydi va u 2006 yilni 1 yanvariga 449,5 mlrd so’mni tashkil etadi.
Banklarning emitentlashgan mablag’lari. Banklar mijozlar mablag’laridan yetarli darajada o’zroqroq foydalanishni amalga oshirishdan manfaatdordirlar. Shu sababli banklar obligasiya qarzlari, bank veksellari va boshqalarni chiqarish yo’li bilan o’z resurslarining miqdorini ko’paytirib boradilar.
Daromad olish maqsadida bank resurslarini joylashtirish bilan bog’liq operasiyalar banklarning aktiv operasiyalari deyiladi. Banklarni aktiv operasiyalarida asosiy o’rinni ularning kredit operasiyalari egallaydi.
Xozigi kunda tijorat banklari tomonidan berilayotgan kreditlarning ta’minoti sifatida kuchmas mulk, qimmatli qog’ozlar, uchinchi shaxs va sugurta tashkilotining kafolati qabul qilingan.
Tijorat banklarining kreditlash jarayoni quyidagi boskichlarni o’z ichiga oladi:
- Kredit olish uchun mijoz arizasini ko’rib chiqish
- Šarz oluvchining tulovga va kreditga layoqatligini bank tomonidan o’rganish
- Kredit qo’mitasini qarori
- Kredit shartnomasini rasmiylashtirish
- Kredit berish
- Kreditni foizi bilan qaytarilishini bank tomonidan nazorat qilish
Tijorat banklari resurslarining 2002 yilda 66,83 foizi, 2003 yilda 68,08 foizi, 2004 yilda 70 foizi kreditlashga yo’naltirilgan. 2004 yilda banklar tomonidan iqtisodiyotning real sektoriga berilgan kreditlar 860 mlrd so’mni tashkil etdi. Berilgan kreditlarning 81 foizi o’zok muddatli kerditlarni tashkil etadi.

4. Tijorat banklarining depozit, nodepozit va boshqa operasiyalari


Tijorat banklari tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarning pul mablag’larini bankga jalb qilish bilan bog’liq operasiyalari depozit operasiyalari deyiladi. Depozit operasiyalari tijorat banklarining 90 foizgacha passivlari tashkil qilinishi mumkin.


Depozit operasiyalarining suyektlari bo’lib bir tomondan tijorat banklari, ikkinchi tomondan korxona, tashkilotlar, moliya, sug’urta, investision va trast kompaniyalari, xususiy korxonalar, qo’shma, xissadorlik korxonalari, jamoa tashkilotlari, alohida jismoniy shaxslar hisoblanadi.
Depozit operasiyalarining obyekti bo’lib extiyojdan ortiqcha pul mablag’lari (quyilmalari) hisoblanadi.
Pul quyuvchilarning toifasiga ko’ra depozitlar bo’linadi:
- yuridik shaxslar (korxona, tashkilotlar va boshqalar) quyilmalari
- jismoniy shaxslar quyilmalari
Mablag’larni olish shakliga ko’ra depozitlar bo’linadi:
- Muddatli depozit mablag’lar
- Talab qilib olgunga qadar depozit mablag’lar
- Aholini jamg’arma mablag’lari
Muddatli depozit mablag’lar bo’linadi:
- 3 oy muddatgacha
- 3 oydan 6 oygacha
- 6 oydan 9 oygacha
- 9 oydan 12 oygacha
- 12 oydan yuqori bo’lgan depozit mablag’lari
Nazariy jihatdan zamonaviy bank tizimida naqd pulsiz aylanishlarning rivojlanishi natijasida dastlabki shakllantirilgan depozitlarni cheklanmagan tarzda bir bankdan ikkinchi bankga utkazish, shu bilan birga tijorat banklari tomonidan berilayotgan kreditlarni cheksiz oshirish imkoniyati mavjud. Xorijiy nazariyada bu jarayon depozit multiplikasiyasi (mablag’larni bir bankdan ikkinchi bankga o’tkazilishi) va kredit ekspansiyasi deb nom olgan.
Masalan «A» bankdan dastlabki depozit 1000 birlikni tashkil etsa uning 20 % majburiy zahira sifatida Markaziy bankga o’tkazilsa bankni kredit berish imkoniyati 800 birlikni tashkil qiladi. Bu kredit mijozga berilgandan keyin boshqa bankda depozitga aylanishi mumkin. Jumladan, ushbu berilgan kredit so’mmasi «B» bankning mijozi bo’lgan mahsulot yetkazib beruvchining hisob varag’iga sotuvdan tushum shaklida kelib tushadi. Bunda A bankning krediti B bankda depozitni vujudga keltiradi. B bank bu depozitdan kredit beradigan bo’lsa, majburiy zahirani hisobga olgan holda uning miqdori 640 (800 – 160) birlikka teng bo’ladi.
Tijorat banklarining nodepozit operasiyalari deb tijorat banklarining yirik pul bozorlaridan pul mablag’larini jalb qilish, qimmatli qog’ozlar, obligasiyalarni muomilaga qo’yish yo’li bilan mablag’larni jalb qilish sohasidagi operasiyalariga aytiladi.
Jahon banki amaliyotida tijorat banklariga mablag’larni jalb qilishning keng tarqalgan nodepozit shakllariga quyidagilar kiradi:
- Banklararo bozordan qarz olish
- Qimmatli qog’ozlarni qaytib sotib olish sharti bilan sotish (Repo operasiyalari)
- Bank akseptlarini sotish
- Tijorat qog’ozlarini chiqarish
- Yevro – dollarlar bozoridan qarz olish
- Kapital notalar, obligasiyalar chikarish va boshqalar
Nodepozit operasiyalar bozorda raqobatchilik asosida, vasitachilar (brokerlar) orqali sotib olinadi. Bunda birinchidan mablag’larni sotib olish g’oyasi bankning o’ziga tegishli, ikkinchidan bu g’oya bankning biror – bir mijozi bilan bog’liq emas. Nodepozit manbalardan asosan moliyaviy markazlarda joylashgan hamda moliya bozori mexanizmidan erkin foydalanish xuquqiga ega bo’lgan yirik banklar keng foydalanadilar. Nodepozit mablaglar yirik miqdorda sotib olinadi.
Tijorat banklarining boshqa operasiyalariga bank xizmatlari va vositachilik operasiyalarini kiritish mumkin. Bunda banklar mijozning hisobidan ularning turli topshiriqlarini bajaradilar. Bunday topshiriqlar mamlakat ichida yoki bir mamlakatdan boshqa mamlakatga pul utkazish bilan bog’liq.
Shunday operasiyalardan biri bo’lib faktorning (inglizcha vositachi) operasiyasi bo’lib bunda bank mijozning qarzga oid talablarini, ularni yetkazib berish qiymatining 80 foizi shu zahoti to’lash va qolgan qismini kredit uchun foizlar va vositachilik haqini chiqarib to’lash sharti bilan sotib oladi.
Vositachilik operasiyalarining biri bo’lib trast (inglizcha ishonchli) operasiyalari hisoblanib u mulkka egalik qilishning eng tarqalgan shakli – aksiya, obligasiya va pul mablag’larining bir egalikdan (shaxsdan) ikkinchi egalikga (shaxsga) o’tkazishni banklar orqali amalga oshirishni bildiradi. Bu mijoz bilan kelishilgan holda uni mablag’larini boshqarish ishonchini qulga kiritishdir.
Banklar trast operasiyalarining nafaqat jismoniy shaxslar bo’yicha balki yuridik shaxslar uchun ham amalga oshiradilar.
Jismoniy shaxslar uchun trast bo’yicha merosni boshqarish ishonch va vosiylik bilan bog’liq operasiyalar bajariladi. Shunday operasiyalarga tratta (italiyancha utkazma veksel) operasiyalarini ham kiritish mumkin. Bu kreditorning qarzdorga (odatda bankga) yozma buyrug’i. Bu tashqi savdodagi hisob – kitoblarda qullanilib unda bankning uchinchi shaxs (takdimchi) ga yoki trattani taqdim etganga muayyan so’mmani to’lash ko’rsatiladi.
Tijorat banklarining moliyaviy xizmatlari jumlasiga lizing operasiyalarini ham kiritish mumkin.

5. Kreditlash uslublari va turlari (shakllari)

Kredit sohasidagi munosabatlar belgilangan ma’lum tizimga ega bo’ladi. Bankning kreditlash tizimi deganda kreditlash jarayonini tashkil qiluvchi va uni kreditlash tamoyili bo’yicha tartibga solinishini belgilovchi elementlar majmuasi tushuniladi.


Kreditlash tizimining tashkiliy elementlariga quyidagilarni kiritish mumkin:
- Kreditlash jarayonida qarz oluvchining o’z mablag’larining qatnashish tartibi va darajasi
- Kreditni maqsadga yo’naltirilganligi
- Kreditlash uslublari
- Ssuda hisob varaqlarining shakllari
- Ssuda qarzini tartiblash usullari
- Ssuda mablag’larini maqsadli va samarali foydalanilishini hamda o’z vaqtida qaytarilishini nazorat qilish tartibi va shakllari
Zamonaviy kreditlash tizimi davlat tomonidan xo’jalik organlarining o’z va qarz mablag’lari o’rtasidagi nisbat kabi me’yorlarni belgilamasligi (ilgari qonun bilan qat’iy chegaralangan) bilan harakterlanadi.
Faoliyat yuritishning bunday tijorat asoslari xo’jaliklarning o’z mablag’larini maksimal ishlatishga va qarz mablag’lari oldida to’liq mas’uliyatni sezishga majburlaydi.
Bank kreditlash tizimining asosiy elementlaridan biri bo’lib kreditlash usullari hisoblanadi, chunki ular bu tizimning yuqoridagi bir qator elementlari: ssuda schyoti turi, ssuda majburiyatini tartibga solish, qarz mablag’larini maqsadli ishlatish va ularni o’z vaqtida qaytarish tartibini va shaklini nazorat qilish kabilarni belgilab beradi.
Kreditlash usullari deganda kreditlash tamoyillariga mos ravishda kreditni berish va qaytarish uslublari tushuniladi.
Sobik Ittifoq bank amaliyotida kreditlashning 3 usuli: qoldiq buyicha, aylanma buyicha va aylanish – qoldiq usullari buyicha kreditlash tartibi kullanilgan.
Qoldiq usulining mohiyati kreditning harakati kreditlanayotgan moddiy qiymatlarning qoldiq qiymati bilan bog’lanar edi. Zahiralarning me’yoridan oshishi kreditga talabni oshirish, kamayishi esa kreditning ma’lum qismining qaytarilishi lozimligini kursatadi. Bunda zahira va harajatlarning me’yoridan ortiq qismi o’z mablag’lari bilan emas, balki kredit hisobidan qoplanar edi.
Aylanish usulida kreditning harakati material qiymatlarning aylanishi, ya’ni kelib tushishi va ishlatilishi bilan bog’lanar edi. Bu usul yordamida xo’jalik subyektlarining to’liq oborotining o’zluksizligiga va qarz oluvchini xo’jalik oborotida kreditni doimiy qatnashuvini takozo etar edi.
80 – yillarga kelib faqat aylanish usuli bo’yicha kreditlashga o’tildi.
Zamonaviy sharoitlarda ba’zi davlat, sanoat, transport, qurilish, qishloq xo’jaligi, savdo va ta’minot tashkilotlarini kreditlash ushbu tartibda amalga oshirilmoqda.
Xozirgi kunda O’zbekistonda tijorat banklari yangi tijorat to’zilmalari, ya’ni mulkchilikning boshqa turiga asoslangan subyektlarga kredit berishda tijorat banklarining xorij amaliyotiga tayanib kreditlashning yangi usullaridan foydalanilmoqda.
Xorijiy bank amaliyotida kreditlashning ikki usuli ma’lum.
- Birinchisi har bir ssuda individual tartibda ko’rib chiqilishidadir. Ssuda ma’lum maqsaddagi mablag’ ehtiyojini qondirishga beriladi. Ushbu usul aniq muddatga ssuda ajratishda qullaniladi.
- Ikkinchi usulda ssuda bank tomonidan qarz oluvchiga oldindan belgilab quyilgan limit bo’yicha beriladi, bunda qarz oluvchi unga quyilgan tulov xujjatini o’z vaqtida to’lash majburiyatini oladi.
Kreditlashning ushbu uslubi kredit liniyasi deb ataladi. Ochilgan kredit liniyasi kredit hisobiga barcha hisob kitob pul xujjatlarini bank va mijoz o’rtasidagi shartnomaga asosan to’lash bir yilga ochiladi, ammo kredit liniyasi undan qisqa muddatga ham ochilishi mumkin. Kredit liniyasi muddati davomida mijoz bank bilan qo’shimcha kelishuvni istagan vaqtida ssuda olishi mumkin. Ammo bank qarz oluvchining moliyaviy holatini zaiflashganini aniqlasa, mijozga belgilangan limit chegarasida ssuda berishdan bosh tortishi mumkin. Kredit liniyasi odatda moliyaviy barqaror va e’tiborli mijozlarga ochiladi. Mijoz iltimosiga binoan kreditlash limiti qayta ko’rib chiqilishi mumkin.
Davom ettiriladigan va davom ettirilmaydigan kredit liniyalarini farqi shundaki davom ettirilmaydigan kredit liniyasi ochilib ssuda berilgan va qaytarilgandan keyin mijoz va bank o’rtasidagi aloqalar tugatiladi, davom ettirilganda esa kredit liniyasida kredit belgilangan limit asosida avtomatik tarzda beriladi va qaytariladi. Agar bank tomonidan mijozga kredit liniyasi ma’lum tovarlarga bir shartnoma bo’yicha bir yil ichida pul to’lash uchun ochilgan bo’lsa kredit liniyasi maqsadli bo’ladi.
Kreditlash usuli kredit berishda va qaytarishda ishlatiladigan ssuda hisob varag’ini shaklini tanlab beradi. Banklar kreditlash operasiyalarini amalga oshirish uchun 2000 yillarni boshida mamlakatda quyidagi ssuda hisob varaqlaridan foydalanilgan.

  1. Alohida ssuda hisob varag’i

  2. Kontokorrent hisob varag’i

  3. Overdraft hisob varag’i

  4. Lombard hisob varag’i

«O’zbekiston Respublikasi xududidagi banklar tomonidan xo’jalik subyektlarini qisqa muddatli kreditlashni tashkil etish tartibi to’g’risidagi Nizom»ga (Toshkent, 2001 yil) asosan alohida ssuda hisob varag’i orqali kreditlash tijorat banklari tomonidan «Kredit liniyasi ochib» yoki «Kredit liniyasi ochmasdan» kreditlash mumkin.
Kredit liniya ochilmasdan xo’jalik subyektlariga kredit shartnomasiga binoan kreditning maqsadidan kelib chiqib tovar – moddiy qiymatlar, bajarilgan ishlar va xizmatlar uchun to’lovlar bo’yicha amalga oshiriladi. Bunda bank har safar tulovni kredit shartnomasida qayd etilgan kredit maqsadidan kelib chiqib tahlil qilgan holda pul utkazishga qaror qabul qiladi.
Xo’jalik subyektlarini alohida ssuda hisob varag’idan kredit liniyasi ochib kreditlash kredit shartnomasida oldindan belgilangan so’mma chegarasida amalga oshiriladi. Kreditlash asosiy faoliyatga tegishli tovar – moddiy qiymatlar, bajarilgan ish va xizmatlar to’lashga muljallangan.
Kredit liniyasi ochib kreditlashda bank o’zining vakillik hisob varag’ining holatidan qat’iy nazar kredit shartnomasida ko’zda tutilgan kreditning muddati, miqdori va limitidan kelib chiqib so’zsiz kreditlashni amalga oshirish uchun kafolat majburiyati rasmiylashtiradi. Kafolat majburiyati ikki nusxada tuzilib ularni bir nusxasi bank buxgalteriyasiga beriladi.
Kredit liniyasi ochilganda qarz oluvchi bankga kredit shartnomasida ko’rsatilgan kredit limitidan foydalanmagan qismi uchun kompensasiya to’laydi, kredit foizini esa uning foydalanilgan qismi uchun to’laydi.
Har ikkala tartibda ham kreditni qaytarish kredit shartnomasidan kelib chiqib bank tomonidan quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
- So’ndirilish muddati kelgan majburiyatlar bo’yicha mablag’larni mijozning hisob varag’idan undirib olish orqali
- Muddatidan oldin qarzdorning topshirigiga ko’ra hisob raqamidagi bo’sh qoldiq mablag’larni surab olish orqali
- Garov mulkini garov xuquqlaridan foydalanib o’zlashtirish orqali
Kontokorrent hisob varag’idan kreditlash (italyancha Conto corrlnto – hisob – kitoblarda o’zaro qarzlarni hisobga olish, yagona schyot) moliyaviy barqaror xo’jalik subyektlariga amalga oshiriladi. Hisob varaq kredit shartnomasiga asosan ochilib mijozning yagona schyoti hisoblanadi. Schyot aktiv – passiv hisoblanadi. Bunda qarzdorning asosiy depozit schyoti bilan ssuda schyoti birlashtiriladi.
Qarzdor kontokorrent schyotidan kreditlashning belgilangan limiti bo’yicha kreditdan foydalanadi.
Schyotdan kredit hisobiga to’lovlar asosiy faoliyat bo’yicha tovar – moddiy qiymatlar, bajarilgan ish va xizmatlar uchun amalga oshiriladi.
Mexnat xaki, byudjetga va byudjetdan tashqari fondlarga va boshqa to’lovlar kontokorrent schyotining kredit qoldig’i chegarasida amalga oshiriladi.
Kreditni qaytarish tovar, ish va xizmatlar sotishdan tushumlarni kontokorrent schyotining kreditiga yozish bilan amalga oshiriladi.
Kredit bo’yicha foizlarni hisoblash kredit shartnomasida ko’zda tutilgan muddatlarda schyotning alohida debet va kredit qoldig’i bo’yicha amalga oshiriladi.
- Debet qoldig’i bo’yicha mijoz bankga kredit shartnomasida ko’zda tutilgan foiz stavkasi asosida foizlar to’laydi.
- Kredit koldigi buyicha bank kredit shartnomasi asosida mijozga foiz to’laydi.
Kontokorrent schyotining harakat muddati 12 oydan oshmasligi va qarzdor 12 oy o’tishi bilan schyot bo’yicha kredit qoldig’ini ta’minlashi lozim. Agar kreditlash muddati tugashi bilan qoldiq debet xolida bo’lsa kreditdan to’liq hisoblashilmagungacha kredit berish tuxtatiladi.
Overdraft (muomila sohasida, mavsumiy, joriy hisob varaqasi qoldig’idan ortiq olingan so’mma, bankdan qarzni ko’payishi, limitlangan qarzni oshishi) krediti kontokorrent kreditining alohida shakli hisoblanadi. Bunda bank qisqa vakt ichida mijozning asosiy depozit schyotida debet qoldiq bo’lishiga ruxsat etadi. Bu schyotdan odatda ishonchli mijozlarga foydalanishga ruxsat etiladi.
Overdratda ham mijozning asosiy faoliyati uchun tovar moddiy qiymatlar, bajarilgan ish va xizmatlarga kredit beriladi.
Mehnat xaqi, byudjetga va boshqa tulovlar overdraft schyotining kredit qoldig’i miqdorida amalga oshiriladi.
Overdraftda qarz hisobiga hamma tushumlar yo’naltirilishi tufayli kredit hajmi mablag’larni kelib tushishi bilan kredit hajmi o’zgarib turishi mumkin.
Overdraftda kontokorrentdan farq qilib overdraft shaklidagi qarzga bank va mijoz o’rtasidagi bitim rasmiylashtiriladi. Bunda kreditning berilish va qaytarish shartlari bankga shu schyotdagi oshiqcha bo’lgan mablagdan tulovni amalga oshirmaslik xuquqini beradi.
Overdraftda har oyni oxiriga qarzdor overdraft bo’yicha kredit qoldiqni ta’minlashi lozim. Agar mijoz bankda muddatli depozit schyotiga ega bo’lsa depozit mablag’lari hisobiga doimiy debet qoldig’iga ega bo’lish imkoniyati beriladi.
Agar mijozni shu bankda muddatli depozit schyoti bo’lmasa va oy oxiriga overdraft bo’yicha debet qoldig’i bo’lsa uni to’liq qoplagunga qadar kredit berish tuxtatiladi.
Lombard krediti qimmatli qog’ozlar garovi bilan mijozning asosiy faoliyati uchun tovar – moddiy qiymatlar, bajarilgan ish va xizmatlar uchun alohida ssuda schyotidan beriladigan qisqa muddatli ssudadir. Lombard krediti ta’minlanishiga garov shartnomasi asosida davlat qimmatli qog’ozlari, boshqa emitentlarning aksiya, obligasiya va depozit sertifikatlari quyidagi ruyxat bo’yicha qabul qilinadi:



Tartib raqami

Qimmatli qog’ozlarning turi

Qimmatli qog’ozlarning nomeri

Qimmatli qog’ozlarning emitenti

Uning nominal qiymati

Bozor baxosi

Garov qiymati






















Lombard kreditining harakterli xususiyati bo’lib garov qimmatli qog’ozlarning shartnoma tuzish kuniga bo’lgan nominal qiymati bo’yicha emas, balki ularni sotishdagi kurs xatarini hisobga olib uning ma’lum qismiga baholanadi.


Shuning uchun ham lombard kreditini berishda bank mijozni moliyaviy holati va kreditlanish qobiliyatini tahlil qilish bilan birga qimmatli qog’ozlar kurs darajasini xatari va sifatini baholashga e’tibor qaratadi.
Shunday qilib qimmatli qog’ozlar bozorida ular kursidagi o’zgarishlarni hisobga olib qimmatli qog’ozlar garov qiymati ular birja qiymatining 80 foizidan oshmasligi kerak, past kotirovkadagi qimmatli qog’ozlar garov qiymati ularni nominal qiymatining 80 foizidan oshmasligi kerak.
Lombard krediti 12 oygacha, lekin qimmatli qog’ozlar muomila muddatidan oshmagan holda beriladi.
Banklar tomonidan chiqarilgan qimmatli qog’ozlar garov sifatida qabul qilinishi mumkin emas.
Qimmatli qog’ozlar kursi kredit shartnomasida ularni fond birjasidagi oxirgi savdosi bo’yicha kursatiladi.
Davlat qimmatli qog’ozlari yuqori reyting sifatiga ega bo’lib ular bo’yicha kreditning maksimal so’mmasi ularni garov qiymatining 90 foizigacha yetishi mumkin.
Qimmatli qog’ozlar garovga quyilib kredit shartnomasi tuzilgach bank qimmatli qog’ozlar emitentlarini ularni garovga quyilganligini va ulardan tushadigan daromadlar uchun depozit schyotini xabar qiladi.
Kreditlash davomida bo’lib o’tgan birja sotuvlari natijasida garovga quyilgan qimmatli qog’ozlar kursi pasaysa kredit qo’mitasining qaroriga ko’ra qarzdorga kamaygan so’mmaga qo’shimcha ta’minlanish talab etilishi yoki kreditning miqdori kamaytirilishi va kreditning ta’minlanmagan qismi muddatidan oldin undirish talab etilishi mumkin.
Garovga quyilgan qimmatli qog’ozlar va ular bo’yicha daromadlar qarzdorga lombard krediti bo’yicha barcha majburiyatlar to’liq bajarilgandagina qaytariladi.
Lobard krediti belgilangan muddatda qaytarilmaganda bank garov bo’yicha amaldagi qonunlar asosida o’z xuquqini amalga oshirishga kirishadi.
Bu kreditni afzalligi likvidli mablag’larga kuchli extiyoj sezilgan taqdirda vaqtinchalik qisqa muddatli pullarni yuzaga keltiradi; kreditni amal qilish muddati unga bo’lgan zaruriyatiga bog’liq ravishda o’rnatilishi mumkin; rentabelli qimmatli mulklar garovga quyilganda ularni sotishga zaruriyat qolmaydi; garovga quyilgan buyumga mulkchilik xuquqi saqlanib qoladi; kredit beruvchi tomon uchun afzalligi.
Lombard krediti – bu avvalo ishonchli kredit, ya’ni kredit to’lovi kechikib qolgan taqdirda kreditor garovni sotadi va tushumdan pulga ega bo’ladi. Xozirgi vaqtda ham ularning ayrimlari foydalanishda.
6. Tijorat banklari tomonidan kichik biznes subyektlariga byudjetdan tashqari jamg’armalar va tadbirkorbank kredit liniyalari hisobidan mikrokreditlar berish tartibi
Ma’lumki, keyingi yillarda mamlakatimizda kichik biznes subyektlarining soni tobora oshib bormoqda. Jumladan, ularni soni 2002 yilda 239, 5 ming tani tashkil etgan bo’lsa 2005 yilda 310,5 mingtaga yetdi va uning salmog’i jami korxonalarga nisbatan 2005 yilda 94,8 foizni tashkil etdi. Kichik biznes subyektlarida band bo’lganlar salmog’ini 2005 yilda jami bandlikka nisbatan 65,8 foizni, YaIM dagi salmog’i esa 38,2 foizni tashkil etgan va u 2006 yilda 45 foizga yetishi rejalashtirilgan.
Bu o’zgarishlarda kichik beznes subyektlariga berilgan kreditlarni o’rni katta. Jumladan, tijorat banklari tomonidan barcha manbalar hisobidan kichik tadbirkorlik subyektlariga 2000 yilda 96 mlrd, so’m, 2001 yilda 205,7 mlrd.so’m, 2002 yilda 265 mlrd.so’m, 2003 yilda 294 mlrd.so’m, 2004 yilda 354 mlrd. so’m va 2005 yilda 419,9 mlrd.so’m kredit ajratilgan.
Kichik biznes subyektlariga mikrokreditlar berishning ushbu tartibi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 1998 yil 9 apreldagi PF – 1987 – sonli «Xususiy tadbirkorlik, kichik biznesni yanada rag’batlantirish chora – tadbirlari to’g’risida»gi, 2003 yil 23 dekabrdagi PF – 3367 – sonli «Kichik tadbirkorlik subyektlarini moliyaviy qullab – quvvatlash mexanizmini takomillashtirish to’g’risida»gi farmonlari va O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002 yil 25 yanvardagi 33 – sonli «Aholining ijtimoiy ximoyaga muhtoj qatlamlarini aniq yo’naltirilgan tarzda qullab – quvvatlashning 2002 – 2003 yillarga muljallangan dasturini amalga oshirish chora – tadbirlari to’g’risida»gi qaroriga muvofiq tijorat banklari tomonidan kichik biznes subyektlarini byudjetdan tashqari jamg’armalar hamda tadbirkorbankning kredit liniyalari hisobidan kreditlashga asoslanadi.
Ushbu tartib buyicha O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi, O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining qarori bilan ushbu yoritilayotgan savol nomi bilan Nizom tasdiqlanib O’zbekiston Respublikasi Adliya Vazirligi tomonidan 2006 yil 21 fevralda 1548 – son bilan davlat ruyxatidan utkzilgan va u 2006 yilni 3 martidan kuchga kiritilgan. Shuning uchun bu soxaga tegishli bo’lgan 2001 yil 3 oktyabrdagi 1074 sonli Nizom, unga 2003 yil 25 sentyabrdagi 1074 – 1 sonli Nizom, (yangi taxrir), 2004 yil 7 apreldagi 1074 – 2 Nizom (qo’shimcha va o’zgartirishlar), 2004 yil 13 dekabrdagi 1074 – 3 sonli Nizomga o’zgartirishlar ushbu Nizomni joriy etilishi tufayli o’z kuchini yo’qotadi.
Shu asosda 2006 yilni 3 martidan joriy etilgan yangi Nizomga ko’ra:

  1. Kichik biznes subyektlariga mikrofirmalar, kichik korxonalar, dehqon xo’jaliklari va fermer xo’jaliklari kiritiladi.

  2. Byudjetdan tashqari jamg’armalar – bu ish bilan ta’minlashga ko’maklashish davlat jamgarmasi, Dehqon va fermer xo’jaliklarini qullab – quvvatlash jamg’armasi hamda sobiq «Biznes fond»ga qarashli kredit liniyalarini Aksioner – tijorat «Tadbirkorbank»ga qaytarilishi natijasida shakllanadigan AT «Tadbirkorbank» imtiyozli kredit resurslari.

  3. Byudjetdan tashqari jamg’arma kredit liniyasi – byudjetdan tashqari jamg’armalar hamda Tadbirkorbank tomonidan kichik biznes subyektlarini maqsadli asosda kreditlash uchun tijorat banklariga, ularning balansida uning so’mmasini aks ettirgan holda ajratiladigan mablag’lar.

Byudjetdan tashqari jamgarmalar kredit liniyalari hisobidan mikrokreditlar quyidagi maqsadlarga berilishi mumkin emas.
- Ilgari olingan kreditlarni yoki har qanday boshqa qarzlarni qaytarishga, tamaki va alkagolli ichimliklar ishlab chiqarishga, savdo – vositachi korxonalar aylanma mablag’larini shakllantirishga;
- Savdo obyektlarini qurishni moliyalashga, aholiga har xil uyinlar ko’rinishdagi xizmatlarni ko’rsatish va ular uchun uskunalar sotib olishga, qimor uyinlarini tashkil etishga;
- Ishlab chiqarish maqsadlari uchun ishlatilmaydigan shaxsiy mulkni sotib olishga;
- Ma’muriy harajatlarni to’lashga, shu jumladan, xizmat avtomobillari ta’minotiga;
- Idora uchun mebel sotib olishga, uyali telefon, peyjer sotib olishga, aloqa xizmatlari uchun to’lovga.
Dastlabki (boshlang’ich) sarmoyani shakllantirishga mikrokreditlar faqat yangidan ochilgan va davlat ro’yxatidan utkazilgan kundan 6 oydan oshmagan davr mobaynida kredit olish uchun tegishli xizmat kursatuvchi bankka buyurtma bergan yuridik shaxs maqomini olib faoliyat kursatayotgan dehqon xo’jaliklari, mikrofirmalar, kichik korxonalar va fermer xo’jaliklarining faoliyatini boshlash uchun aylanma mablaglarni shakllantirishga, investisiya loyihasini texnik – iqtisodiy asoslanishini ishlab chiqishga, asbob – uskunalar sotib olish uchun beriladi.
Ushbu mikrokreditlarni olishda xodimlarning 50 foizidan ortig’ini nogironlar, shu jumladan ko’zi ojizlar jamiyati a’zolari tashkil etgan kichik biznes subyektlari ustivorlikka ega bo’ladilar.
Xorijiy investisiyalar ishtirokidagi kushma korxonalar ustav kapitali shakllangandan keyin tashkil etilishlari munosabatlari bilan ularga ushbu mikrokreditlar berilmaydi.
Dastlabki (boshlangich) sarmoyani shakllantirishga mikrokreditlar yuridik shaxs maqomini olib faoliyat kursatayotgan dehqon xo’jaliklari va mikrofirmalarga eng kam oylik ish xakining 150 barobarigacha miqdorda hamda kichik korxonalar va fermer xo’jaliklariga eng kam oylik ish xaqining 300 barobarigacha bo’lgan miqdorda beriladi.
Dastlabki (boshlangich) sarmoyani shakllantirishga mikrokreditdan foydalanganlik uchun foiz miqdori Markaziy bankning amaldagi qayta moliyalash stavkasining 1/6 kismini tashkil etadi.
Byudjetdan tashqari jamgarmalar kredit liniyalari hisobidan dastlabki (boshlangich) sarmoyani shakllantirishga kreditlar qaytarish muddatini o’zaytirish xuquqisiz 3 yilgacha bo’lgan muddatga beriladi.
Dastlabki (boshlangich) sarmoyani shakllantirish uchun berilgan mikrokreditlar buyicha foizlar ushbu kreditlar berilgan kundan boshlab hisoblanadi va 12 oy muddat o’tgach undiriladi.
Mazkur mikrokreditlar uchun hisoblangan foizlar dastlabki 12 oy davomida tijorat banklari daromad (foyda) soligi hisoblash bazasiga kiritilmaydi.
Ish bilan ta’minlashga kumaklashuvchi davlat jamgarmasi kredit liniyalari hisobidan oilaviy tadbirkorlik subyektlariga beriladigan mikrokreditlarni asosiy subyekti bo’lib er – xotinning va ularga ko’maklashadigan oila a’zolarining shaxsiy mehnati hisoblanadi.
Bunda er – xotinning kaysini nomiga oilaviy tadbirkorlik ruyxatdan utgan bo’lsa, u oilaviy tadbirkorlik nomidan ishni olib boradi. Mikrokredit olish uchun aholining ijtiomiy ximoyaga muxtoj quyidagi qatlamlari ustivorlikka ega bo’ladilar:
- kam ta’minlangan oilalar
- tarkibida nogironlar, shu jumladan ko’zi ojizlar jamiyati a’zolari, ijtimoiy ahamiyatga ega bo’lgan kasalliklar bilan og’rigan shaxslar bo’lgan oilalar
- tarkibida ikki va undan ortiq ish bilan band bo’lmagan a’zolari mavjud oilalar
- boquvchisini yo’qotgan oilalar
Oilaviy tadbirkorlik subyektlariga beriladigan mikrokreditlar miqdori eng kam oylik ish xaqining 150 barobarigacha bo’lgan miqdorni tashkil etadi va ular 2 yilgacha muddatga qaytarish muddatini o’zaytirish xuquqisiz beriladi.
Oilaviy tadbirkorlikni tashkil etish uchun mikrokreditlardan foydalanish uchun foiz miqdori Markaziy bankning amaldagi qayta moliyalash stavkasining 1/6 kismini tashkil etadi.
Mikrokreditlarni qaytarish, 6 oylik imtiyozli davrni ko’zda tutgan holda oilaviy tadbirkorlik subyekti boshligi va tijorat banki urtasida to’ziladigan kredit shartnomasida belgilangan muddatlarda amalga oshiriladi.
Byudjetdan tashqari jamgarmalar kredit liniyalari hisobidan yuridik shaxs makomiga ega bo’lmagan yakka tartibdagi tadbirkorlar va dehqon xo’jaliklariga 5000 AŠSh dollari ekvivalentidan hamda yuridik shaxs maqomini olib faoliyat kursatayotgan tadbirkorlik subyektlariga 10000 AKSh dollari ekvivalentidan kup bo’lgan miqdorda kreditlar berilishiga yo’l quyilmaydi.
Byudjetdan tashqari jamgarmalar mablag’lari hisobidan ishlab chiqarishni kengaytirish va faoliyatini rivojlantirish maqsadlari uchun beriladigan mikrokreditlar foiz stavkasi kreditlanayotgan investisiya loyihalarining yo’nalishidan kelib chiqqan holda quyidagi miqdorlarda beriladi:
- dehqon va fermer xo’jaliklarini rivojlantirish va kengaytarish, shu jumladan qishloq xo’jaligi texnikasini sotib olish, fermerlik inshoatlarini qurish, chorvachilik, parrandachilikni rivojlantirish uchun mikrokreditlar Markaziy bankning amaldagi qayta moliyalash stavkasining 1/3 qismi miqdorida;
- bevosita ishlab chiqarish sohasi, ya’ni mahsulotlar ishlab chiqarish, xomashyo va materiallarni tubdan qayta ishlash, xunarmandchilikni rivojlantirish, kasanachilik mehnatini tashkil etish, binokorlik materiallarini ishlab chiqarish va qurilish maqsadlari uchun mikrokreditlar Markaziy bankning amaldagi qayta moliyalash stavkasining 40 foizi miqdorida;
- aholiga tibbiy xizmat kursatishni tashkil etish, aholiga maishiy xizmat kursatish, turizm sohasini rivojlantirish maqsadlari uchun mikrokreditlar Markaziy bankning amaldagi qayta moliyalash stavkasining 45 foizi miqdorida:
Dehqon va fermer xo’jaliklariga qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishini tashkil etishga beriladigan mikrokreditlar koida tariqasida 2 yildan kam bo’lmagan muddatga beriladi.
Byudjetdan tashqari jamgarmalar kredit liniyalari hisobidan beriladigan boshqa barcha mikrokreditlar 3 yilgacha bo’lgan muddatga beriladi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006 yil 5 mayda «Mikrokreditbank aksiyadorlik – tijorat bankini tashkil etish to’g’risida»gi farmoni kabo’l qilingan bo’lib u kichik biznes, xususiy tadbirkorlik hamda fermerlikni rivojlantirish, yakka tartibdagi mehnat faoliyatining, oilaviy biznes va kasanachilikni faollashtirish yo’li bilan yangi ish urinlarini yaratish, ayniqsa, qishloq joylarda aholini keng tabaqalarining mikromoliyaviy xizmatlardan bahramand bo’lishini ta’minlash uchun moliyaviy mablag’lar berishni yanada kengaytirish maqsadida to’zilgan.
Farmonda ta’kidlanishicha:
- Tadbirkorlik faoliyatini boshlash uchun imtiyozli mikrokreditlar 5 foizdan yuqori bo’lmagan eng kam oylik ish xaqining 200 karragacha bo’lgan miqdorda 18 oygacha bo’lgan muddatda
- Kichik biznes subyektlari faoliyatini kengaytirish va aylanma mablag’larni to’ldirishga eng kam oylik ish xaqining 500 karragacha bo’lgan miqdorda 24 oygacha bo’lgan muddatda
- Kichik biznes subyektlari uchun Markaziy bank qayta moliyalash stavkasining 50 foizidan yuqori bo’lmagan stavka buyicha eng kam oylik ish xaqining 200 karragacha bo’lgan miqdorda 3 yilgacha bo’lgan muddatga imtiyozli kreditlar beriladi.

7. Tijorat banklari faoliyatini tartibga solishda kullaniladigan iqtisodiy me’yorlar. Bank tizimi faoliyatini tartibga solishda qullaniladigan iqtisodiy choralar
Tijorat banklari uchun iqtisodiy me’yorlarning urnatilishi – bu avvalo Markaziy bank tomonidan samarali bank nazoratini olib borishga erishish, tijorat banklari faoliyatida vujudga keladigan muammolarni oldindan aniqlash va barqaror bank tizimini yaratishda muhim vositadir.
O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki tijorat banklari faoliyatini tartibga solishni xalqaro andozlariga mos ravishda takomillashtirish hamda tijorat banklarining moliyaviy holatiga real baho berishni 1997 yil 22 avgustda tasdiqlangan 10 – sonli «Tijorat banklari faoliyatini tartibga solish qoidalari» asosida olib boradi. Bu qoidalarga ko’ra respublika tijorat banklari faoliyatini baholashning quyidagi me’yorlari tasdiqlangan va ular barcha banklar tomonidan bajarilishi lozim:

  1. Yangidan tashkil etilayotgan va faoliyat kursatayotgan banklarning eng kam ustav fondi miqdorini o’rnatish

  2. Kapitalning yetarlilik koeffisiyenti

  3. Bank kapitali bilan uning majburiyatlari o’rtasidagi nisbat ko’rsatkichlari

  4. Bank balansi likvidligi ko’rsatkichi

  5. Bir qarz oluvchiga to’g’ri keladigan xatarning eng katta hajmi

  6. Barcha katta kreditlarga to’g’ri keladigan xatarning eng yuqori hajmi

  7. Bir omonatchiga to’g’ri keladigan xatarning eng katta miqdori

  8. Qimmatli qog’ozlar bo’yicha operasiyalarda o’z mablag’laridan foydalanish ko’rsatkichi

  9. Daxldor shaxslar bilan ish olib borish

Yangidan tashkil etilayotgan banklar uchun ustav fondining eng kam miqdori 2000 yilni 1 yanvaridan Toshkent shaxri uchun 2 mln. ekyu, viloyatlar va qishloq tumanlarida joylashgan tijorat banklari uchun 1 mln ekyu miqdorida belgilangan. Bundan tashqari ushbu mavzuning birinchi savolida qayd etilganidek 2002 yilning boshidan aholisi 0,5 mln kishidan ko’p bo’lgan shaharlarda 2,5 mln AŠSh dollarida, aholisi 0,5 mln kishidan kam bo’lgan shaharlarda 1,25 AŠSh dollari, chet el kapitali ishtirokidagi banklar bo’yicha 5 mln AŠSh dollari, xususiy banklar uchun 1,25 mln AŠSh dollaridan kam bo’lmasligi kerak.
Mavzuning birinchi savolida ta’kidlanganidek bu me’yorlar 2007 yilni birinchi yanvarida yangi tashkil etilayotgan tijorat banklar ustav kapitali bo’yicha 5 mln AŠSh dollarini, xususiy banklar ustav kapitali buyicha 2,5 mln dollardan kam bo’lmagan miqdorga yetkazish ko’zda tutilgan.
Kapitalning yetarlilik koeffisenti quyidagicha aniqlanadi:

bunda K – bank kapitali; Ax – xatarni hisobga olib chamalangan bank aktivlari
Bank kapitali asosiy ikki qismdan – asosiy va qo’shimcha kapitaldan iborat. Bunda asosiy kapitalni umumiy kapitaldagi salmogi 50 foizdan kam bo’lmasligi kerak.
Bank kapitali o’zining xatar darajasiga ko’ra bo’linadi:

  1. Xatardan xoli bo’lgan aktivlar

  2. Minimal xatarli aktivlar

  3. Yuqori xatarli aktivlar

  4. Maksimal xatarga ega bo’lgan aktivlar

Mazkur koeffisentning minimal miqdori 0,08 ga teng bo’lishi kerak.
Bank kapitali bilan uning majburiyatlari o’rtasidagi nisbat kursatkichi quyidagicha aniqlanadi:

Bunda M – bank majburiyatlari
Bu kursatkich bank majburiyatlarini o’z kapitali bilan ta’minlanganligini ko’rsatadi va uning eng yuqori miqdori 0,05 ga teng.
Tijorat banklari uchun quyidagi likvidlik koeffisentlari belgilangan (bank likvidligi deb o’z aktivlarini naqd pul sifatida ishlatish yoki ularning nominal qiymatini saqlab qolgan xolda tezda pul mablag’lariga aylantirish yo’li bilan mavjud moliyaviy majburiyatlarini qoplay olish qobiliyatiga aytiladi):
a) Lahzali likvidlik koeffisenti va u quyidagi nisbat bo’yicha aniqlanadi:

Bunda: LA – bankning pul shaklidagi aktivlari
BM – bankning muddatsiz depozit hisob varaqlariga doir majburiyatlari
Bu me’yor bankning omonatchilari oldidagi majburiyatlarini shu lahzada bajara olish qobiliyatini anglatadi va uni Markaziy bank tomonidan kunlik balans asosida tezkor tarzda nazorat qilib boriladi. Bu koeffisentning minimal miqdori 0,25 dan kam bo’lmasligi kerak.
b) Joriy likvidlik koeffisenti likvid shakldagi bank aktivlarining talab qilib olingunga qadar bo’lgan hisob varaqlari buyicha va muddati 30 kungacha bo’lgan majburiyatlar nisbati sifatida aniqlanadi:

Bunda: LA (1) – qaytarish muddati 30 kungacha muddatda berilgan bankning likvid aktivlari va kreditlar
BM (1) – qaytarish muddati 30 kungacha bo’lgan yo’qlab olingungacha turadigan majburiyatlari
Bu koeffisentning minimal miqdori 0,3 ga teng
v) Kiska muddatli likvidlik koeffisenti bankning qaytarish muddati 30 kundan 1 yilgacha bo’lgan depozitlar, olingan kreditlari va boshqa qarz majburiyatlariga nisbati tarzda aniqlanadi.

Bunda A – 30 kundan 1 yilgacha bo’lgan bank aktivlari
D – muddati 30 kundan bir yilgacha bo’lgan jalb qilingan depozitlar va jalb qilingan resurslar
Bu kursatkichning xajmi 1 – ga teng bo’lishi kerak.
Bir qarz oluvchiga to’g’ri keladigan xatarni eng katta hajmi quyidagicha aniqlanadi.

Bunda YK – bank xatarining bir qarz oluvchiga to’g’ri keladigan so’mmasi qo’shilgan depozitlardan tashqari 75 foiz balansdan tashqari majburiyatlar. Bu davlat kafolatlangan kreditlariga tegishli emas.
Bu me’yorning yuqori chegarasi 0,25 ga teng.
Barcha katta kreditlarga to’g’ri keladigan xatarning eng yuqori hajmi quyidagicha aniqlanadi:

Bunda: JYKS – jami yirik kreditlar so’mmasi
Umuman bir qarz oluvchiga berilgan kreditlar qo’shilgan shu qarz oluvchiga nisbatan bergan, bank kapitalidan 15 foiz ortiq bo’lgan balansdan tashqari majburiyatlar so’mmasining 75 foiz jamlangan qarz katta kredit hisoblanadi. Bank uchun katta kredit toifaga kiradigan va bir qarz oluvchiga beriladigan kreditlar so’mmasini shu qarz oluvchining o’z mablag’lari so’mmasidan oshirmaslik tavsiya etiladi.
Bu me’yor bank kapitalining 5 barobaridan oshmasligi kerak.
Bir omonatchiga (kreditorga) to’g’ri keladigan xatarning eng yuqori me’yori olingan kredit yoki omonatning eng yuqori miqdori va bitta depozitorning depozit hisob varag’idagi qoldiq qiymatini bankning o’z mablag’lari miqdoriga nisbati bilan aniqlanadi.

Bunda O – olingan kredit yoki omonatning eng yuqori miqdori va bitta omonatchining hisob raqamidagi, joriy raqamidagi va qimmatli qog’ozlar bo’yicha operasiyalar qoldiqlari.
Ushbu me’yor uchun o’rnatilgan eng yuqori miqdor 1999 yilning 1 yanvaridan 2000 yilni 1 yanvarigacha – 0,50. Demak bu har yilga alohida belgilanadi.
Qimmatli qog’ozlar bilan bo’lgan operasiyalarda o’z mablag’idan foydalanish ko’rsatkichi bankning oldi – sotti uchun harid qilgan nodavlat qimmatli qog’ozlari miqdorini o’z mablag’lariga nisbati bilan belgilanadi.

Bunda: KK – oldi – sotti maqsadida qimmatli qog’ozlarni sotib olishga yo’naltirilgan bankning o’z mablag’lari


AK – aksioner kapitali
Bankning boshqa banklar, korxonalar, tashkilotlar ustav fondiga quyadigan jami investisiya so’mmasi miqdorining ulushi bank kapitalining 20 foizidan, Ustav fondining 10 foizidan oshirmaslik tavsiya etiladi.
Mazkur me’yor uchun belgilangan miqdor 0,5 ga teng
Bankning asosiy aksiyadorlari, uning raxbarlari, xodimlari va ular bilan bog’liq shaxslar bank xizmatlaridan imtiyozli asosda foydalanmasliklari va amaldagi qonunlarga rioya qilishlari talablaridan kelib chiqib daxldor shaxslar kursatkichi mavjud.
Kengrok ma’noda shunday shaxslarga kiritiladi:
- bank kengashi, bank boshqaruvi, taftish komissiyasi tarkibiga kirgan barcha shaxslar, shuningdek ularning yaqin qarindoshlari
- bank ustav fondining 10 foizidan ko’proq qismiga ega bo’lgan har qanday yuridik va jismoniy shaxslar, shu yuridik shaxslarning har qanday rahbarlari, shuningdek ularning yaqin qarindoshlari
- qonunga ko’ra bank faoliyatini nazorat qiluvchi yuridik shaxslar va ularning boshqaruvchilari
Ularga imtiyozli sharoit yaratmaslik kerak deganda:
- boshqa mijozlardan talab qilinadiganidan kam hajmda foizlar, badallar, boshqa tulovlarni undirish yoki ta’minotni kam kabo’l qilish
- kreditni qaytarish muddatini yetarli asoslarsiz o’zgartirish
- o’z tabiatiga, maqsadiga va yul quyiladigan xatarga ko’ra bank daxldor bo’lmagan mijozlar bilan to’zmaydigan bitimlarni to’zish.
Tijorat banklari tomonidan ularning faoliyatining dastlabki ikki yili mobaynida daxldor shaxslarga kredit berish taqiqlanadi.

Bunda: KS – bitta daxldor shaxsga berilgan kredit miqdori
Bu kursatkich bank kapitalining 15 foizidan oshmasligi kerak.
Bank barcha daxldor shaxslarga beradigan kreditlarning umumiy so’mmasi bank ustav fondining 100 foizidan oshmasligi kerak.

Bunda: JKM – daxldor shaxslarga berilgan jami kreditlar miqdori.
Yuqorida keltirilgan iqtisodiy me’yorlarga amal qilmagan banklarga Markaziy bank tegishli qonun xujjatlari asosida quyidagi jazo choralarini qullaydi:
- Iqtisodiy me’yorlarni o’zgartirish
- Majburiy rezerv fondini oshirish
- Ayrim bank operasiyalarini amalga oshirishni ta’qiqlash
- Xissadorlarga dividendlar to’lashni tuxtatib qo’yish
- Bank ustidan vasiylik o’rnatish
- Eng oxirgi chora ularga berilgan lisenziyalarni qaytarib olish
Shu kabi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005 yil 5 avgustdagi «Banklardagi depozit hisob varaqlaridan naqd pul to’lovlarini o’zluksiz ta’minlash kafolatlari to’g’risida»gi qaroriga binoan O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki tijorat banklarining ish yakunlarini ko’rib chiqish vaqtida aholi va xo’jalik yurituvchi subyektlarga banklarning depozit hisob varaqlaridan naqd pullarni kechiktirmay to’lash borasida o’rnatilgan tartib bir necha marta (oyiga 3 martadan ko’proq) bo’zilgan takdirda tijorat banklari xududiy bo’limlari va filiallarining raxbarlari egallab turgan lavozimidan ozod qilinishi, naqd pul mablag’lari berishni muntazam kechiktirish xollari mavjud bo’lganida tijorat banklariga nisbatan qattiq javobgarlik choralari, xatto bank operasiyalarini amalga oshirish xuquqini beradigan lisenziyani qaytarib olish choralari qullanilishi belgilangan.
Download 60.37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling