Tijorat banklari kapitalining monandligiga qo‘yiladigan talablar to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida


Download 242.97 Kb.
bet5/17
Sana16.06.2023
Hajmi242.97 Kb.
#1507781
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
BANKLARI KAPITALINING MONANDLIGIGA QO‘YILADIGAN TALABLAR TO‘G‘RISIDAGI

(11-bandning “v” kichik bandi to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 31-martdagi 12/21-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2693-3, 25.04.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 26.04.2018-y., 10/18/2693-3/1099-son — 2018-yil 27-maydan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
g) ozchilik ulush egalarining bank yig‘ma balansiga birlashadigan korxonalardagi ulushlari. Bu ulush sho‘ba korxonalari hisobvaraqlari bank moliyaviy hisobotlarida birlashtirilganda va bank ulushi bunday korxonalar kapitalining 100 foizdan kam qismini tashkil qilganda vujudga keladi. Bunda ushbu ulushlar mazkur bandning “a” kichik bandi ikkinchi-oltinchi xatboshilarida belgilangan talablarga javob berishi lozim;
(11-bandning “g” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 31-martdagi 12/21-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2693-3, 25.04.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 26.04.2018-y., 10/18/2693-3/1099-son — 2018-yil 27-maydan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
d) devalvatsiya zaxirasi. Bu zaxira sezilarli darajada milliy valyutaning qadrsizlanishida (devalvatsiya) bankning o‘z majburiyatlarini qoplash uchun taqsimlanmagan foyda hisobidan ajratilgan mablag‘lardan shakllanadi.
(11-bandning “d” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 31-martdagi 12/21-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2693-3, 25.04.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 26.04.2018-y., 10/18/2693-3/1099-son — 2018-yil 27-maydan kuchga kiradi)
12. I darajali qo‘shimcha kapital o‘z ichiga quyidagilarni oladi:
Oldingi tahrirga qarang.
a) to‘liq to‘langan nokumulyativ muddatsiz imtiyozli aksiyalar. Bunday aksiyalar quyidagi shartlarni qanoatlantirishi lozim:
muayyan sotib olish sanasi yoki shartlariga ega bo‘lmasligi;
egasining xohishiga ko‘ra sotib olinmasligi;
bank tugatilganda ularga doir talablar bank depozitorlari, kreditorlari va subordinar qarzlar bo‘yicha talablari bajarilgandan so‘ng qondirilishi;
emitent yoki unga aloqador shaxslar tomonidan ushbu aksiyalar boshqa aktivlarga kafolat va ta’minot sifatida qo‘yilmagan bo‘lishi;
bank aksiyadorlari umumiy yig‘ilishi qaroriga muvofiq ularga doir dividendlar to‘lanmasligi mumkinligi;
ular bo‘yicha o‘tgan davrdagi olinmagan dividendlar to‘lanmasligi;
bank faqat O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankidan oldindan olingan ruxsati bilan va chiqarilganiga 10 yildan kam bo‘lmagan aksiyalar va sotib olinadigan summani kapitalning o‘sha turi yoki boshqa undan yuqoriroq turiga almashtirgandan so‘ng yoxud bank kapitalining monandligi kapitalga qo‘yilgan minimal talabdan yuqori ekanligini ko‘rsatgandan so‘ng, ularni sotib olinishi mumkinligi;
(12-bandning “a” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 31-martdagi 12/21-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2693-3, 25.04.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 26.04.2018-y., 10/18/2693-3/1099-son — 2018-yil 27-maydan kuchga kiradi)
b) qo‘shilgan kapital — imtiyozli aksiyalarni birinchi marta joylashtirilishida ularning nominal narxidan yuqori to‘langan summa;
Oldingi tahrirga qarang.
v) I darajali qo‘shimcha kapitalga qo‘shilish shartlariga javob beruvchi sho‘ba korxonalari tomonidan chiqarilgan va uchinchi shaxslar ixtiyorida bo‘lgan kapitalga tenglashtirilgan vositalar, shuningdek mazkur Nizomning 11-bandi “g” kichik bandiga kiritilmagan ozchilik ulush egalarining bank yig‘ma balansiga birlashadigan korxonalardagi ulushlari.
(12-bandning “v” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 31-martdagi 12/21-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2693-3, 25.04.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 26.04.2018-y., 10/18/2693-3/1099-son — 2018-yil 27-maydan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
13. Bankning kredit reytingi o‘zgarishi natijasida dividend stavkalarining o‘zgarishiga olib keluvchi imtiyozli aksiyalar mazkur Nizomning 11 va 12-bandlardagi shartlar bajarilishidan qat’i nazar, I darajali kapital hisob-kitobiga kiritilmaydi.

Download 242.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling