Tijorat banklari kredit portfelini shakllantirish va boshqarish samaradorligini oshirish masalalari bugungi kunda dolzarb hisoblanadi


Download 10.42 Kb.
Sana24.01.2023
Hajmi10.42 Kb.
#1116706
Bog'liq
Tijorat banklarining kredit portfelini ek. mod



Tijorat banklari kredit portfelini shakllantirish va boshqarish samaradorligini oshirish masalalari bugungi kunda dolzarb hisoblanadi. Zamonaviy iqtisodiy muhit tijorat banklari faoliyatida mavjud muammolarning oldini olib, mamlakatimiz bank ishining samaradorligini oshirish asosida xalqaro bank amaliyotiga mos keluvchi tijorat banklari kredit portfelini samarali boshqarish mexanizmini yaratishni taqozo etadi. Bozor iqtisodiyotiga o`tish davrida iqtisodiyot tarmoqlari, xususan moliya sohasini kreditlashda tijorat banklari tomonidan kreditlar taqdim qilish jarayonida kredit risklarini oldini olishda bank xodimlarining huquqiy bilimlarini oshirish, garov mulkini baholash, saqlash, saqlanishi ustidan monitoring o`rnatish, ularning bozordagi narхlarini o`zgarishini baholay oladigan xodimlarning bankda mavjud bo`lishi bo`yicha muammolar mavjud. Bugungi davom etayotgan jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozini va uning mamlakatimiz iqtisodiyotiga ta’sirini e’tiborga olgan holda, bank-moliya tizimining barqarorligini ta’minlash muhim ustuvor vazifa bo`lib qolmoqda. Shuni ta’kidlashni istardimki, bank tizimini rivojlantirish va mustahkamlash masalasi doimo e’tiborimiz markazida bo`lib kelmoqda va bu o`zining ijobiy natijalarini bermoqda. Biroq bu boradagi ishlarni yanada chuqurlashtirish va kengaytirish kerak. Nega deganda, aynan banklar, ta’bir joiz bo`lsa, butun iqtisodiyotimizni oziqlantirib turadigan qon tomirlari hisoblanadi, mamlakatimizning moliyaviy-iqtisodiy barqarorligi, ko`p jihatdan, ularning samarali faoliyatiga bog`liq». [1] Tijorat banki aktivining tarkibi kassadagi naqd pul va boshqa to`lov hujjatlari, O`RMBdagi hisobvaraqlari, Markaziy bankdagi majburiy zahira hisobvarag`i, boshqa banklardagi vakillik hisobvaraqlari, boshqa banklardagi hisobvaraqlaridagi mablag`lari, oldi-sotdi qimmatli qog`ozlari, sotib olingan debitorlik qarzlari (faktoring), qisqa muddatli kreditlar, uzoq muddatli kreditlar, lizing, kreditlar va lizing bo`yicha ko`rilishi mumkin bo`lgan zararlarni qoplash zahirasi, investitsiyalar (zahirani hisobga olganda), sud jarayonidagi kreditlar, tugallanmagan qurilishlar, bankning imoratlari, obyektlarni ijaraga olish va uni takomillashtirish huquqi, to`lov kartochkalari bilan hisob-kitoblarni amalga oshirish uskunalari va operatsion ijaraga berilgan asosiy vositalar, transport vositalari, mebel, moslama va jihozlar, nomoddiy aktivlar, ombordagi asosiy vositalar, valyuta pozitsiyasi hisobvaraqlari, hukumat hisobvaraqlari, boshqa aktivlar (jumladan, pul o`tkazmalari hisobi) dan iborat. 01.01.2016 yil holatida “Hamkorbank” ATBning aktivlari 3 995 mlrd. so`mni tashkil qildi. O`tgan yilga nisbatan aktivlar 1 029 mlrd. so`mga yoki 1,35 barobarga o`sgan. Aktivlar tarkibida 435,6 mlrd.so`mni (jami aktivlarning 60%i) daromad keltiruvchi aktivlar tashkil etgan. O`tgan yilga nisbatan kassadagi naqd pul va boshqa to`lov hujjatlari 1.58 marta, O`RMBdagi hisobvaraqlari, Markaziy bankdagi majburiy zahira hisobvarag`i 1.11 marta, boshqa banklardagi vakillik hisobvaraqlari 1.42 marta, boshqa banklardagi hisobvaraqlaridagi mablag`lari 2.41 baravar, qisqa muddatli kreditlar 1.36 baravar, uzoq muddatli kreditlar va lizing 1.34 marta, bankning imoratlari 1.16, to`lov kartochkalari bilan hisob-kitoblarni amalga oshirish uskunalari va operatsion ijaraga berilgan asosiy vositalar 1.67 marta, transport vositalari 1.27 marta, mebel, moslama va jihozlar 1.34 marta, nomoddiy aktivlar 1.41 marta, ombordagi asosiy vositalar 1.31 marta,hukumat hisobvaraqlari 1.35 marta oshgan, boshqa aktivlar (jumladan pul o`tkazmalari hisobi) 1.66 baravar kamaygan. Bitiruv malakaviy ishida ko`rib chiqilayotgan muammo ATB “Hamkorbank” ning misolida ko`rib chiqilayotganligi uchun, mazkur bankning 2012-2016 yillardagi balans va hisobot ma’lumotlaridan foydalanildi. Bank kapitali 2013-yilda 2012-yilga qaraganda 1,34 barobarga yoki 26,84 mlrd. so`mga o`sgan bo`lib, 2013 yil 1 yanvar holatiga 105,5 mlrd. so`mga yetgan. Bu ko`rsatkich 2015-yilga kelib 301,4 mlrd. so`mni va 2016 yilda esa 408,2 mlrd. so`mni tashkil qilgan. 2016-yil 2015-yilga nisbatan 1,35 barobarga yoki 106,8 mlrd. so`mga o`sgan. Bank o`z mablag`larining passivlaridagi ulushi 14,55 %ni tashkil etadi.
Yuqorida keltirib o`tilgan ma’lumotlar asosida shuni xulosa qilib aytish mumkinki, mamlakatimiz tijorat banklari kreditlash faoliyatini olib borishda hali hamon qiyinchiliklar va muammolarga duch kelmoqda. Tijorat banklari faoliyatida mavjud muammolarning oldini olib, mamlakatimizda bank ishining samaradorligini oshirish asosida xalqaro bank amaliyotiga mos keluvchi bank tizimini yaratishni taqozo qiladi



Download 10.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling