Tijorat banklari tomonidan kredit operatsiyalari bilan bir qatorda lizing operatsiyalari ham amalga oshirilib, bunday operatsiyalar moliyaviy lizingni o'tkazish tartibi tog'risidagi nizom16ga muvofiq tartibga solinadi
Download 15.16 Kb.
|
3. Banklarda lizing operatsiyalari
Tijorat banklari tomonidan kredit operatsiyalari bilan bir qatorda lizing operatsiyalari ham amalga oshirilib, bunday operatsiyalar moliyaviy lizingni o'tkazish tartibi tog'risidagi nizom16ga muvofiq tartibga solinadi. Lizing – ijara munosabatlarining alohida turi bo'lib, bunda bir taraf (lizing beruvchi) ikkinchi taraf (lizing oluvchi) topshirig'iga ko'ra, uchinchi taraf (sotuvchi)dan mol-mulk (lizing ob’ekti)ni lizing shartnomasida belgilangan, keyinchalik lizing ob’ektining lizing oluvchi mulkiga o'tishi shartlarida uni lizing oluvchining egalik qilishi va foydalanishi uchun sotib oladi. Bankning kredit resurslari lizing bo‘yicha operatsiyalami amalga oshirish manbai hisoblanadi. Lizing sub’ekti bo'lib, quyidagilar hisoblanadi: lizing beruvchi, lizing oluvchi hamda sotuvchi. Mijoz bilan bank o'rtasida amalga oshirilayotgan lizing operatsiyalari quyidagi talablardan biriga javob berishi lozim: lizing shartnomasi muddati tugaganidan keyin lizing ob’ekti lizing oluvchi mulkiga o'tishi; shartnoma muddati lizing ob’ekti xizmat qilish muddatining 80% dan ortig'ini yoki lizing ob’ektining qoldiq qiymati lizing shartnomasi tugagach, uning birlamchi qiymatining 20%dan kamini tashkil etishi; lizing oluvchi lizing ob’ektini belgilangan narxda yoki lizing shartnomasi muddati tugaganidan keyin belgilangan narxda butunlay sotib olish huquqiga ega bo'lishi; lizing shartnomasi davrida to'lovlaming umumiy summasi lizing ob’ekti qiymatining 90%dan ortig'ini tashkil etishi lozim. Lizing shartnomasi munosabati bilan sarflangan tnablag'laming qaytarilishi kafolati sifatida lizing beruvchi garov tariqasida bo'lsa ham lizing oluvchidan bank kafolati yoki uchinchi shaxs kafilligi ta'minotini taqdim etishni talab qilishi mumkin. Lizing sharsnomasini rasmiylashtirish jarayoni quyidagi bosqichlarga bo'linadi: bank tomonidan lizingga ariza qabul qilinishi va lizing oluvchi bilan muzokaralar olib borish; lizing oluvchining to'lov qobilyati va uning loyihasining samaradorligi tog“ risida xulosa chiqarish; lizing shartnomasini tayyorlash va tuzish; lizing beruvchi bank tomonidan uskunalar etkazib berilishi uchun sotuvchiga buyurtma-naryad jo'natish; lizing ob’ektini sotib olish-sotish to'g'risidagi shartnomani imzo lash; lizing uskunalarini foydalanishga qabul qilib olishni amalga oshirish; lizing oluvchi v sug'urta kompaniyasi o'rtasida lizing ob’ektini sug'urtalash to'g'risidagi shartnomani imzolashni talab qiladi. Lizing bo'yicha mablag' oluvchilar banka to'lov qobilyati va o'z loyihasining samaradorligi tog'risidagi xulosa tayyorlanishi uchun bulg'usi lizing oluvchi va lizing obektini o'z egaligi va foydalanishiga olishni xoxlagan shaxslar quyidagilarni taqdim etishlari lozim: oxirgi hisobot sanasiga buxgalteriya balansi; o'z moliyaviy – ishlab chiqarish imkoniyatlarining tahlili; lizingning butun muddati uchun pulning kelib tushishi prognozi ko'rsatilgan biznes reja. Lizing shartnomasi tuzilganidan so'ng lizing beruvchi sotuvchiga uskunalami etkazib berishi uchun ishlaming bajarilishi shart-sharoitlarini belgilab beruvchi texnik topshiriqlar va boshqa hujjatlar ilova qilingan buyurtma naryadni jo'natadi. Lizing beruvchi va sotuvchi o'rtasida lizing ashyosini sotib olish -sotish shartnomasi tuziladi. Lizing ob’ekti sotuvchisiga to'lov lizing beruvchi tomonidan qonunchilikka binoan, sotib olish -sotish shartnomasiga muvofiq shakl va muddatlarda amalga oshiriladi. Lizing bitimi lizing ob’ektini foydalanishga qabul qilish bayonnomasi imzolanib, mulkka egalik huquqi lizing beruvchiga o'tganidan so'ng amalgam oshirilgan hisoblanadi. Foydalanishga qabul qilish dalolatnomasi lizing oluvchi tomonidan rasmiylashtiriladi, kelishuvda qatnashayotgan barcha tomonlar: lizing beruvchi, lizing oluvchi hamda sotuvchi tomonidan imzolanadi. Lizing shartnomasiga binoan, lizing oluvchi lizing ob’ektiga butun lizing muddati davomida egalik qilish va foydalanish huquqini oladi. Lizing shartnomasining muddati tugaganidan so‘ng lizing ob’ekti, agarshartnomada boshqa narsaga kelishib olingan bo'lmasa, bankka bu mol-mulkningqoldig' qiymati to'langanidan so'ng lizing oluvchining mulkiga o'tadi. Lizingnto'lovlarining summasi amortizatsiya ajratmalari, lizing stavkasi (kredit foizi),komission to'lovlar va ko'rsatilgan qo'shimcha xizmatlar uchun haqdan tashkil topadi. Lizing to'lovi tarkibiga lizing shartnomasi shartlariga muvofiq lizing beruvchi tomonidan sug'urta obekti uchun to'langan sug'urta to'lovlari ham kiritilishi mumkin. Lizing stavkasi kredit uchun foiz to'lovi hisob-kitobi kabi aniqlanadi. Download 15.16 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling