Tijorat banklarini tashkil etishning huquqiy va iqtisodiy asoslari
Download 5.75 Kb.
|
Tijorat banklarini tashkil etishning huquqiy va iqtisodiy asoslari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ba’zi adabiyotalarda “bank-bu korxona” deb ham izoh beriladi. Tijorat banklarining faoliyatini
- Depozit va qo’yilmalar jalb qilingan qarz mablag’lari, berilgan ssudalr esa - joylashtirilgan mablag’lar bo’lib hisoblanadi
- E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!
Tijorat banklarini tashkil etishning huquqiy va iqtisodiy asoslari Mustaqillikka erishilgandan keyin, mamlakatimizda moliya muassasalarini islox qilish, rivojlantirish va uning texnik bazasini yangilash bo’yicha chora-tadbirlar natijasida O’zbekistonda qisqa muddat ichida bank tizimi yaratildi. Yurtimizda bank tizimini isloh qilish va barqarorligini oshirish, aholi va xorijiy investorlarning banklarga bo’lgan ishonchini mustahkamlash, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan xolda zamonaviy bank xizmatlarini ishlab chiqish bank tizimi oldiga qo’yilgan asosiy maqsad va vazifa bo’lib turibdi. Ba’zi adabiyotalarda “bank-bu korxona” deb ham izoh beriladi. Tijorat banklarining faoliyatini Korxona faoliyatiga shu jihatdan o’xshatishimiz mumkinki, tijorat banklari ham korxona kabi o’z daromadlarini ko’paytirishga qaratatdi, lekin korxonalar faoliyatidan farqli ravishda banklar shu asosda birinchidan, o’z ta’sischilari - aksiyadorlarining manfaatlarini, ikkinchidan, o’z mijozlari manfaatlarini himoya qilishni ta’minlayadi . Bizning fikrimizcha Tijorat banklari shunchaki “korxona” emas balki “maxsus korxona” deb qarash zarur. Chunki tijorat banklari ssuda kapitali harakatini amalga oshiradi va shu asosida bank o’z aktsiyadorlariga, paychilariga foyda olshni ta’minlaydi. Bank bu shunday korxonaki, unda xom ashyo bo’lib depozitlr va qo’yilmalar hisoblansa, oxirgi tovar – bu berilgan ssudalardir. Depozit va qo’yilmalar jalb qilingan qarz mablag’lari, berilgan ssudalr esa - joylashtirilgan mablag’lar bo’lib hisoblanadi Tijorat banklari bank tizmining muhim bo’g’ini bo’lib, kredit resurslarining asosiy qismi shu banklarda yig’iladi va bu banklar yuridik va jismoniy shahslarga o’z xizmatlarini ko’rsatadilar! Tijorat banklarini tashkil qilish 11- fevral 1999 yil qabul qilingan “Banklarni ro’yixatga olish va ularga litsenziya berish tartibi to’g’risida”gi 630 – sonli Nizom asosida olib boriladi. Bugungi kunda banklarni va boshqa moliya-kredit tashkilotlari orasidagi farqni yo’qotishni mamlakatdagi kapital harakatini markazlashuvini va jamg’arilishi bilan bevosita bo’g’liqdir Bunday harakat natijasida o’zaro yaqin va o’xshsh bo’lmagan kredit tashkilotalarini yo’qolib ketishi yoki qo’shilishi jarayoni amalga oshirilishi mumkin. Banklarning kapitallashuv darajasini oshirishda ham muayyan ishlar amalga oshirildi. Jumladan, tijorat banklari ustav kapitallarining eng kam miqdorini 2011 yilning 1 yanvaridan barcha yangi ochilayotgan tijorat banklari uchun 10 mln.evro ekvivalientiga, yangi ochilayotgan xususiy tijorat banklari uchun 5mln.evro ekvivalientiga etkazish tartibi belgilandi. Faoliyat yuritayotgan banklar uchun esa ustav kapitali miqdori ularning riskka tortilgan aktivlariga nisbatan 10 foizdan kam bo’lmasligi kerak.
Xulosa qilib aytganda, hozirgi kunda mamlakatimizda O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshlig’ida 26 ta bank, bozor islohotlarining faol qatnashchilari sifatida faoliyat olib bormoqda! Xalqaro standartlar asosida samarali bank nazoratining amalga oshirilishi, bank likvidligi va aktivlari sifati ustidan doimiy monitoring olib borilishi mamlakatimizning barcha banklariga Fitch Ratings, Moody’s va Standard & Poor's etakchi xalqaro reyting agentliklarining «barqaror» reyting baholarini olish va qayta tasdiqlashiga sharoit yaratdi. O'zbekiston bank tizimiga esa Moody’s xalqaro reyting agentligi tomonidan ketma-ket beshinchi yil «barqaror» reyting bahosi berildi. E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT! Download 5.75 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling