Tijorat banklarining depozit siyosatini takomillashtirish istiqbollari
Download 461,18 Kb. Pdf ko'rish
|
TIJORAT BANKLARINING DEPOZIT SIYOSATINI TAKOMILLASHTIRISH ISTIQBOLLARI
MAVZUGA OID ADABIYOTLAR TAHLILI Tijorat banklarini depozit siyosati va ularga ta’sir etuvchi omillar xorijlik iqtisodchi olimlardan J.S.Muyanja tadqiqotlarida atroflicha o‘rgaligan bo‘lib, tadqiqot jarayonida mamlakat tijorat banklari depozit siyosatini muvofiqlashtirishda depozitlarni sug'urtalash va moliyaviy vositachilik: tizimini tashkil etish, bu borada depozitlarni sug‘urtalash korporatsiyasi faoliyatini tashkil etish jarayonlari tadqiq etilgan[2]. A.Eisdorfer tomonidan amalga oshiriladigan tadqiqotlarda tijorat banklari depozit siyosatini amalga oshirishda aktivlarni almashtirish masalasi yuqori xavf darajasini optimallashtirish imkoniyatini shakllantiruvchi omil sifatida qayd etiladi. Shuningdek, depozit siyosatida risk darajasini tahlil qilishda qat'iy tavakkalchilik natijasida kapital xavfi ko‘tarilishi bilan bog’liq omilli jarayonlar tadqiqi o‘z ifodasini topgan[3]. MDH iqtisodchi olimlaridan L.G.Batrakova tadqiqotlari orqali tijorat banklari passiv siyosatida sodda va murakkab foizlardan foydalanish hamda ularning ekvivalentligi tahlilini amalga oshirish bilan bog’liq jarayonlar tadqiq etiladi. Depozit siyosatini amalga oshirishda foiz stavkasi xavfining mohiyati, baholanishi, boshqarilishi va sug‘urtasiga doir chora-tadbirlar tizimini tashkil etish jarayoni tadqiq ko‘rsatilgan[4]. А.P.Vojjov banklar tomonidan to‘plangan depozitlar yig‘indisini ularni aktivlarga joylashtirish talablariga moslashtirishning mohiyati va usullari hamda uning muvozanatini saqlagan holda iqtisodiy o‘sish sur’atlarini tartibga solish uchun bank resurslarini konvertatsiya qilish qonuniyatlaridan foydalanish imkoniyatlarini yoritib bergan[5]. S.V.Rikov esa zamonaviy bozor sharoitida jismoniy va yuridik shaxslarning bo‘sh mablag‘larini depozitlarga jalb qilish va depozit resurslarining maqbul hajmini tijorat banklari tomonidan faol va passiv operatsiyalarni samarali
|
ma'muriyatiga murojaat qiling