Tijorat banklarining investitsiya faoliyatining ahamiyati va uning nazariy asoslari va vazifalari
Download 0.95 Mb.
|
1 2
Bog'liqAsadullo
Tijorat banklarining investitsiya faoliyatining ahamiyati va uning nazariy asoslari va vazifalari.Reja:1. Bank tizimi va fond bozori: investitsion jozibadorlik nima beradi?2. Tijorat banklarining samarali investitsion faoliyati — taraqqiyot va farovonlikning muhim omiliBugungi jahon iqtisodiyoti global raqobatga asoslangan. Hech bir milliy iqtisodiyot oʻzini oʻzi taʼminlash orqali rivojlana olmaydi. Shu bois, bugun nafaqat tovar va xizmatlar, balki xorijiy investitsiyalar jalb qilish boʻyicha keskin raqobat kuzatilmoqda. Mana shunday sharoitda hukumatlar biznes uchun har tomonlama qulay sharoitlar yaratish, xususan, mulk daxlsizligini taʼminlash, soliq yukini keskin kamaytirish, tashqi iqtisodiy faoliyatni erkinlashtirish, foydani erkin tasarruf etish borasida investorlarga yengilliklar taqdim etish orqali toʻgʻridantoʻgʻri xorijiy investitsiyalar hajmini oshirishga alohida eʼtibor qaratmoqda. Chunki faqatgina milliy investitsiyalar bilan muntazam oʻsib borayotgan ehtiyojlarni taʼminlash imkonsiz. Boshqa tomondan, milliy investorlar uchun yaratilgan yetarlicha shart-sharoitlar xorijiy sarmoyadorlarning ham qiziqishi ortishiga xizmat qiladi. aOʻzbekiston Prezidenti huzuridagi Xorijiy investorlar kengashining 2022-yil 16-noyabr kuni oʻtkazilgan birinchi yalpi majlisida ham aynan xorijiy investorlarni milliy iqtisodiyotimizga jalb qilish masalasi atroflicha muhokama etildi. Prezidentimiz Xorijiy investorlar kengashining birinchi yalpi majlisidagi nutqida barcha sohalarda boʻlgani kabi bank-moliya tizimida, jumladan, sogʻlom raqobat muhitini yaratish, tarmoqda chet el banklarini, samarali fond bozorini shakllantirishga xorijlik investorlarni faol jalb qilish borasidagi ishlar, mavjud imkoniyatlar va ulardan samarali foydalanish yoʻllari koʻrsatib oʻtildi. Yalpi majlisda taʼkidlanganidek, zamonaviy iqtisodiyot drayveri boʻlgan xususiy biznes taraqqiyoti bankmoliya sohasi rivoji bilan uzviy bogʻliq. Bunda xususiy biznes doimiy ravishda foydani maksimallashtirish maqsadida innovatsiyalarni keng joriy etishga intiladi. Innovatsiyalar uchun esa bank-moliya tizimi biznesni moliyalashtirishning oʻzaro manfaatli variantlarini taklif qila olishi lozim. Shunda iqtisodiyotning real va moliyaviy sektorlari kompleks rivojlanishining yanada jadallashuvini kutish mumkin.Download 0.95 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling