Tijorat banklarining kredit operatsiyalari Tijorat banklarining depozit operatsiyalari


Bank inqirozlarining salbiy oqibatlari


Download 46.74 Kb.
bet6/8
Sana04.01.2023
Hajmi46.74 Kb.
#1077987
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
yakuniy 2022

Bank inqirozlarining salbiy oqibatlari.Oqibatlariga ko‘ra, bank inqirozlarini uch guruhga ajratish mumkin: mikroiqtisodiy darajada ta’sir etuvchi, makroiqtisodiy darajada tarqaluvchi, iqtisodiyotning demonetizatsiyasi va inflyatsiya darajalarining oshishiga olib keluvchi byudjet-moliya tizimining masshtabli nobarqarorligiga olib keladi.
49. Bank inqirozini oldini olish yuzasidan tartibga soluvchi organ tomonidan amalga oshiriladigan chora-tadbirlar
Bank inqirozlarining quyidagi turlari mavjud:

  • Bank inqirozining birinchi turini byudjet xarajatlarining miqdoridan qat’iy nazar mikroiqtisodiy darajadagi inqiroz deyish mumkin. Bunday holatda cheklangan miqdordagi banklarning bankrot bo‘lishi butun moliyaviy tizimga keskin ta’sir ko‘rsatmaydi hamda yirik miqyosdagi makroiqtisodiy pasayish kuzatilmaydi. Bunga misol sifatida AQSh (1984-1991 yy.), Shvetsiya (1990-1993 yy.), Finlandiya (1991-1994 yy.) va Fransiya(1991-1998 yy.)dagi bank inqirozlarini keltirish mumkin.

  • Bank inqirozining ikkinchi turini o‘ta salbiy oqibatlarga olib keluvchi makroiqtisodiy darajadagi inqiroz deyish mumkin. Misol uchun, Chilida (1981-1984 yy.) yuz bergan bank inqirozi YaIMning 13 % pasayishiga olib keldi. Bank sektorining aksariyat qismi milliylashtirilib, hanuzga qadar davlat xarajatlari to‘la kompensatsiya qilinmagan. Mazkur turdagi inqirozlarni bartaraf etish uchun sarflanadigan mablag‘lar YaIMning 15-20%ini tashkil etishi mumkin.

  • Bank inqirozining uchinchi turi moliya-byudjet tizimining nobarqarorligi, yuqori inflyatsiya va iqtisodiyotni demonetizatsiya qilish kabi xususiyatlar bilan harakterlanadi

Nima uchun banklarning faoliyati davlat tomonidan qattiq nazorat qilinadi? Buning sababi shundaki, banklar azaldan xalqning, avvalo, xususiy shaxslar va oilalarning mablag‘lari saqlanadigan joydir. Davlat banklar ishini nazorat ostiga olib va tartibga solish orqali hamisha omonatchilar va kreditorlarni moliyaviy yo‘qotishdan himoya qilishga va banklarning inqirozga yuz tutishi tufayli kelib chiqadigan oqibatlardan saqlashga harakat qiladi.Bir bankning inqirozga uchrashi tufayli o‘nlab va yuzlab korxonalar, ko‘p minglab oddiy omonatchilar juda qiyin moliyaviy ahvolda qolishlari mumkin.Bankning operatsiyalari va taklif qilinayotgan xizmat turlari, kreditlarning sifati va miqdori, bank sarmoyasining etarliligi, mijozlarga ko‘rsatilayotgan xizmatlarning sifati doimo nazoratchilar tomonidan puxta tekshiriladi.Banklar kreditlar berish yoki to‘sqinliksiz sarf qilinadigan depozitlar hisobiga o‘z investitsiya faoliyatlarini amalga oshirish yo‘li bilan pul ishlash imkoniyatiga ega bo‘lganliklari tufayli ham qattiq nazorat ostida bo‘ladilar. Ґosil qilinayotgan pul miqdorining o‘zgarishi iqtisodiyot holatiga ta’sir ko‘rsatadi, ya’ni pul qadrsizlanishining kuchayganligi yoki ortganligi aniqlanadi.Banklar ustidan kuchli nazorat borligining yana bir sababi shuki, ular xususiy shaxslar va firmalarga kreditlar beradilar va bu yo‘l bilan iste’mol xarajatlarini va investitsiya talablarini qondiradilar.Hozirgi vaqtda O‘zbekiston Respublikasi banklar tizimi o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, O‘zbekiston Respublikasi fuqarolik kodeksiga, O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlariga, Vazirlar Maxkamasining qarorlariga va xususan, «O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki to‘g‘risida»gi va «Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida»gi qonunlarga amal qiladi.«O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida»gi qonun 1995 yil 21 dekabrda, «Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida»gi qonun esa 1996 yil 25 aprelda Oliy Majlis tomonidan qabul qilingan.«O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida»gi qonun 9 bobdan tashkil topgan bo‘lib, 60 ta moddadan iborat. 1901 yilda Nyu Yorkda Buyuk Britaniya namunasiga ko‘ra kliring uylari assotsiatsiyasi tashkil etilgan bo‘lib , ushbu assotsiatsiyaga 60 ta milliy va shtat banklari a’zo bo‘ldilar. 1907-1913 yillarda bo‘lgan banklar inqirozi oqibatida xozirgi kunga qadar AQSH bank tizimini boshqarib hamda tartibga solib turuvchi Federal Rezerv Tizimi tashkil etildi. 5. Bankrotlik (inqiroz) xavfining ortishi va depozitlarning, sug‘urta tizimining kuchsizlanishi, o‘sib borayotgan raqobat banklarning sinishiga olib keladi, bu esa sarmoyalar bozorida va investitsiyalar sohasida yangi sharoitlarni vujudga keltiradi. Banklarni davlat tomonidan nazorat qilinishining sababi shundaki, banklar azaldan xalqning, avvalo, xususiy shaxslar va oilalarning mablag‘lari saqlanadigan muassasadir. Davlat banklar ishini nazorat ostiga olib va tartibga solish orqali hamisha omonatchilar va kreditorlarni moliyaviy yo‘qotishdan himoya qilishga va banklarning inqirozga yuz tutishi tufayli kelib chiqadigan oqibatlardan saqlashga harakat qiladi.Bir bankning inqirozga uchrashi tufayli o‘nlab va yuzlab korxonalar, ko‘p minglab oddiy omonatchilar juda qiyin moliyaviy ahvolda qolishlari mumkin.
50.Pulning xalqaro miqyosdagi xarakati
Xalqaro miqyosda pulning qadr-qiymatiga ko’ra valyutalar bo’linadi: 1. Konvertirlangan valyuta – boshqa mamlakatlar valyutasiga erkin almashtiriladigan valyuta. 2. Konvertirlanmagan valuta – bu ichki konvertirlangan pul bo’lib, u asosan mamlakatlarning o’z faoliyati hisob-kitoblarida foydalaniladi. Jamiyat xo‘jalik faoliyatining baynalmilallashuvi, bir turdagi milliy valyutalarni boshqa turdagi milliy valyutalarga almashinishiga obektiv zarurat tuq‘diradi. Bunday zarurat, talab va taklifning tasiri asosida valyutani o‘ziga xos bahosi – valyuta kursi shakllanadigan maxsus bozorda tuq‘ilib, amalga oshadi. Mazkur bozor o‘z ichiga, xorijiy valyutalarni bir-biriga ayirboshlash bilan boq‘liq jami munosabatlarni olgan holda, ularning
mohiyati, hukmron valyuta tizimini xarakteri bilan belgilanadi. Jahon bozori tizimida xorijiy valyutalar bozori, tovarlar va kapitallar bozoriga nisbatan obúektiv ravishda ikkilamchi o‘rinni egallab, ularga xizmat ko‘rsatadi.
Iqtisodiy, siyosiy va madaniy tusdagi xalqaro munosabatlar turli mamlakatlar fuqarolari bo‘lmish yuridik hamda jismoniy shaxslarning pul shaklidagi talablari va majburiyatlarini keltirib chiqaradi. Xalqaro hisob-kitoblarning xususiyatli tomoni shundaki, ushbu hisob-kitoblarda baho va to‘lov valyutasi sifatida odatda xorijiy valyutalar ishlatiladi, chunki hozircha umum tan olingan hamda barcha davlatlarda qabul qilinishi lozim bo‘lgan jahon kredit pullari mavjud emas. Shu bilan birgalikda har qanday mustaqil mamlakatda qonuniy to‘lov vositasi sifatida uning milliy valyutasi ishlatiladi. Shu sababli tashqi savdo, xizmatlar, kreditlar, investitsiyalar bo‘yicha hisob-kitoblar hamda davlatlararo to‘lovlardagi muhim shartlardan biri bo‘lib to‘lovchi yoki benefetsiar shaxs tomonidan xorijiy valyutani sotib olish yoxud sotish shaklidagi bir valyutani boshqa bir valyutaga ayirboshlanishi hisoblanadi.
Jahon valyuta, kredit, moliya va sug‘urta bozorlari shartnomaning ob‘yekti pul kapitali hisoblangan bozor munosabatlarining o‘ziga hos jarayoni bo‘lib hisoblanadi. Ular xalqaro iqtisodiy munosabatlarning rivojlanishi asosida shakllangan. Amal qilish nuqtai nazaridan ushbu bozorlar takror ishlab chiqarishning uzluksizligi va rentabelligini ta'minlash maqsadida jahon miqyosidagi moliyaviy oqimlarning to‘planuvi hamda ularning qayta taqsimotini ta'minlovchi bozor munosabatlarining tizimi bo‘lib xizmat qiladi. Institutsional nuqtai nazardan esa jahon moliyaviy oqimlari ular orqali amalga oshadigan banklar, ixtisoslashgan moliya-kredit tashkilotlari hamda fond birjalari yig‘indisidan iboratdir.
Jahon valyuta, kredit hamda moliyaviy bozorlari rivojlanishining ob‘yektiv asosi bo‘lib amaldagi kapitalning doiraviy aylanish qonuniyatlari hisoblanadi. Jahon bozorining ayrim uchastkalarida vaqtincha bo‘sh bo‘lgan kapitallar paydo bo‘lsa, uning boshqa bir joylarida mazkur kapitallarga doimiy talab paydo bo‘ladi. Kapitalning harakatsizligi uning tabiati va bozor qonuniyatlariga ziddir. Jahon valyuta, kredit hamda moliyaviy bozorlari ushbu qarama-qarshilikni umumjahon xo‘jaligi miqyosida hal etadilar. Vaqtincha bo‘sh bo‘lgan pul kapitallari bozor mexanizmi yordamida takror ishlab chiqarishning uzluksizligi va tadbirkorlarga foydani ta'minlagan holda kapital doiraviy aylanishi jarayoniga yana jalb etiladi. Jahon valyuta, kredit hamda moliyaviy bozorlari taalluqli milliy bozorlar negizida paydo bo‘lgan va milliy bozorlar ular bilan yaqindan munosabatdadir. Jahon valyuta, kredit hamda moliyaviy bozorlariga quyidagilar xosdir:
- nihoyatda katta masshtablar. Ayrim baholarga qaraganda jahonning valyuta va moliyaviy bozorlaridagi kunlik operatsiyalar hajmi tovarlar bilan jahon savdosi hajmidan 50 marotaba ko‘pdir;
- geografik chegaralarning yo‘qligi;
- operatsiyalarning uzluksiz, sutka davomida olib borilishi;
- yetakchi davlatlarning valyutalari hamda xalqaro hisob-valyuta birliklaridan foydalanishi;
- ishtirokchilari bo‘lib asosan nufuzli banklar, korporatsiyalar hamda yuqori
reytingga ega moliya-kredit institutlari hisoblanadi; Milliy valyuta, kredit va moliyaviy bozorlar o‘zlarining mustaqilligini nisbatan saqlab qolgan holda faoliyatlarini to‘ldiruvchi hamda milliy iqtisodiyot va pul-kredit tizimlari bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa shu kabi jahon bozorlari bilan chambarchas bog‘lanib ketmoqdalar. Jahon valyuta, kredit va moliya bozorlari o‘zlarining katta imkoniyatlari hamda ko‘p maqsadliligining tez o‘sishi natijasida xalqaro valyuta-kredit va moliyaviy munosabatlar hamda jahon iqtisodiyotining muhim zvenolaridan biriga aylandi.
Milliy valyuta, kredit va moliya bozorlarining jahon valyuta bozori operatsiyalaridagi ishtiroki quyidagi bir qator omillar bilan belgilanadi:
- mamlakatning jahon xo‘jaligi tizimidagi tegishli o‘rni hamda valyuta- iqtisodiy holati;
- rivojlangan kredit tizimi va yaxshi tashkil etilgan fond birjasining mavjudligi;
- soliqqa tortishning o‘rta me'yorligi;
- xorijlik qarz oluvchilarga milliy bozorga chiqish va xorijiy qimmatli qog‘ozlarga birja kotirovkasiga kirish imkonini beruvchi imtiyozli valyuta qonunchiligining mavjudligi;
- qulay geografik joylashishi;
- siyosiy tuzumning nisbatan barqarorligi va boshqa shu kabilar.
Yuqorida zikr etilgan omillar xalqaro operatsiyalarni amalga oshiruvchi milliy bozorlar doirasini cheklaydi. Raqobat kurashi natijasida N'yu-York, London, Lyuksemburg, Frankfurt-Mayn, Singapur va boshqa shu kabi jahon moliyaviy markazlari shakllandi.


  1. Download 46.74 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling