Tijorat banklarining o'zbekiston bank tizimidagi o'rni tijorat banklarining iqtisodiyotdagi ahamiyati va vazifalari
Download 43.53 Kb.
|
1792 TIJORAT BANKLAR
TIJORAT BANKLARINING O'ZBEKISTON BANK TIZIMIDAGI O'RNI 1. Tijorat banklarining iqtisodiyotdagi ahamiyati va vazifalari O'zbekiston Respublikasi qonunlariga asosan bank-bu tijorat muassasi bo'lib, jismoniy va huquqiy shaxslarning bo'sh turgan pul-mablag'larini jalb qilsih va ularni o'z nomidan,to'lovlilik, muddatlilik,qaytib berish sharti asosida joylashtirish operatsiyalarini va boshqa bank operatsiyalarini bajaradi. Ba'zi adabiyotlarda bank-bu korxona deb ham izox beriladi. Ma'lumki, bank yaxlit olingan korxona sifatida ishlab chiqarish jarayonini amalga oshirmaydi. Tijorat bankalarining faoliyatini korxona faoliyatiga shu jihatdan o'xshatish mumkinki, tijorat banklari ham korxonalar singari o'z faoliyatini o'z asoschilari-aksionerlarning manfaatlarini, ikkinchidan, o'z mijozlarining manfaatlarini himoya qilishni ta'minlashdan iborat. Tijorat banklari bank tizimining muhim bo'gini bo'lib, kredit resurslarining asosiy qismi shu bankarda yig'iladi va bu banklar huquqiy, jismoniy shaxslarga xizmatlarini ko'rsatadi. O'zbekiston Respublikasida tijorat banklari bank tizimining Markaziy bankdan keyingi ikkinchi pog'onasi hisoblanadi. Hozirgi kunda O'zbekistonda 36 dan ortiq tijorat banklari faoliyat ko'rsatmoqda. Salmoqli ustav fondi, kredit resurslar va mijozlarga ega bo'lgan katta banklar O'zbekiston sanoat qurilish banki, Tashqi iqtisodiy aloqalar milliy banki, Paxta bank, Asakabank va boshqalar keng faoliyat olib bormoqda.Tijorat banklarini tashkil qilishdagi ustav kapitali miqdori 1 yanvar 2000 yilda 2,5 mln. AQSH dollari ekvivalenti miqdoridagi mablag'ga ega bo'lishi lozim. Tijorat banklarining belgilariga qarab quyidagi turlarga bo'lish mumkin: davlat banki, aktsioner banklarga, kooperativ, xususiy, mintaqaviy, aralash mulkchilikka asoslangan bankka bo'linadi. Yuksak rivojlangan mamlakatlarda tijorat banklarning aksariyat qismi mulk shakli bo'yicha aktsioner bank hisoblanadi. Ba'zi tijorat banklari paylar (badallar) hisobidan tashkil qilinishi mumkin. Bu turdagi banklarning qatnashchilari ham huquqiy va jismoniy shaxslar bo'lishi mumkin. Hususiy banklar - jismoniy shaxsning pul mablag'lari hisobidan tashkil qilingan banklar hisoblanadi. Bajaradigan operatsiyalaiga qarab tijorat banklar-universal va mahsus banklarga bo'linadi. Joylashgan belgisiga qarab tijorat banklar: xalqaro, respublika, mintaqaviy, viloyat banklariga bo'linishi mumkin. Tarmoqlarga xizmat ko'rsatishiga qarab: sanoat, qurilish, qishloq xo'jalik, savdo va boshqa banklarga bo'linishi mumkin. Bozor iqtisodiyoti sharoitida banklarning ahamiyati ularning iqtisodga ta'siri o'sib bormoqda. Tijorat banklarining iqtisodiy ahamiyati uning faoliyat doirasining keng bo'lishiga olib keladi. Tijorat banklari quyidagi asosiy vazifalarni bajaradi: Vaqtincha bo'sh turgan pul mablag'larni yig'ish va ularni kapitalga aylantirish. Korxona, tashkilotlar, davlat va aholini kreditlash. Muomalaga kredit pullar (muomalaning kredit vositalari )ni chiqarish. Xalq xo'jaligida hisob-kitoblar va to'lovlarni amalga oshirish. Moliya-valyuta bozorida faoliyat ko'rsatish. Iqtisodiy-moliyaviy axborotlar berish va konsultatsiya xizmatlarini ko'rsatish. Tijorat banklari quyidagi operatsiyalarni bajaradi: passiv operatsiyalar; aktiv ssuda operatsiyalar; bank xizmatlari va vositachilik operatsiyalari; bankning o'z mablag'lari hisobidan amalga oshiradigan operatsiyalar va boshqalar. Download 43.53 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling