Tijorat banklarining to’lovga layoqatligi va likvidligi bank aktivlari likvidliligi tahlili
Tijorat banklari likvidligi va to‘lovga layoqatligi tahlilining ahamiyati va vazifalari
Download 390.41 Kb.
|
TOHIR P.V.B
2.Tijorat banklari likvidligi va to‘lovga layoqatligi tahlilining ahamiyati va vazifalariBank likvidligini tahlil qilish quyidagi maqsadlarni ko‘z- laydi: – bank likviligining koeffitsiyentlarini hisoblash tizimi to‘g‘riligini va to‘liqligini tasdiqdlash; bank holati bo‘yicha xulosalarni shakllantirish; bank balansi likvidligining yomon holatga kelayotgan- ligidan darak beruvchi real va salbiy potensial tendensiya- larni aniqlash; salbiy tendensiyalarni vujudga keltirgan omillarni tah- lil qilish; bank balansi likvidligini tahlil qilish va tekshirish nati- jalariga ko‘ra bank uchun takliflarni belgilab olish. Yangi tashkil qilinayotgan tijorat banklari uchun ustav kapitalining minimal miqdori va tashkil qilingan banklar uchun kapitaldagi shaxsiy mablag‘larining minial miqdori; kapitalning yetarlilik normativlari; likvidlik normativlari; bir qarzdorga yoki qarzdolar guruhiga bo‘lgan xatar- ning maksimal miqdori; yirik kreditlar xatarining maksimal miqdori; bitta kreditorga (omonatchiga) bo‘lgan xatarning mak- simal miqdori; aholidan jalb qilingan mablag‘larning maksimal miq- dori va hokazo. Bu ko‘rsatkichlar orasida likvidlik normativlari muhim ahamiyatga ega, chunki ularning miqdori ko‘p jihatdan bankning depozit va kredit siyosatining samarali yuritili- shiga bog‘liq bo‘ladi. Banklar likvidlik ko‘rsatkichlarining minimal miqdorini ushlab turishga harakat qiladilar, chun- ki bunda likvidlik va yuqori daromadlilik ko‘rinishdagi qarama-qarshilik sharoitida optimal qaror qabul qilish im- koniyatiga ega bo‘ladilar. O‘zbekiston Respublikasining 1998-yil 2-noyabrdagi «Ti- jorat banklari likvidligini tartibga solish bo‘yicha qo‘yilgan talablar to‘g‘risida»gi 421-sonli tartibda likvidlik norma- tivlari berilgan (joriy, lahzalik va uzoq muddatli likvidlik). Mazkur ko‘rsatkichlar tizimidan likvidilik normativining jo- riy likvidlik ko‘rsatkichini o‘tgan oxirgi besh yil davr mo- baynida mamlakatimizning yirik va kichik tijorat banklari misolida ko‘rib chiqamiz. O‘zbekiston Respublikasida joriy likvidlik ko‘rsatkichining minimal miqdori 30 % miqdori- da belgilangan. Joriy likvidlik koeffitsiyentini hisoblashda tijorat bank- larning oxirgi 5 yil, ya’ni 2008–2012-yillar mobaynida- gi yillik balanslaridan foydalaniladi. Mazkur koeffitsiyentni hisoblashda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining metodikasi, shuningdek, jalb qilingan mablag‘lar va aktiv- larning muddati va miqdori bo‘yicha tarkibiy ma’lumotlari asos qilib olindi. Shuningdek, hisoblangan ma’lumotlar aso- sida joriy likvidlik koeffitsiyentining 2008–2012-yillar mo- baynida dinamikasi o‘rganib chiqildi. Download 390.41 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling