Tikuv buyumlarini konstruktsiyalash
Download 0.67 Mb. Pdf ko'rish
|
tikuv buyumlarini konstruktsiyalash
MA`RUZA № 5 MAVZU: “TURLI BICHIMLI ENGLARNING KONSTRUKTSIYALASH USULLARI” Englarni konstruktsiyalash usullarida to`rt xil dastlabki ma`lumotlar qo`llanadi. Tayyor kiyimning o`lchamlar qiymati modelga qarab yoki normativ hujjatlarning talablariga asoslanib tanlanadilar. To`kislik uchun qushimcha haqlar qiymati kiyimning badiiy pardozlashidagi moda yo`nalishigа muvofiq qabul qilinadilar. Dastlabki ma`lumotlarga kiyimning engiga mos bo`lgan o`mizning o`lchamlari kiradi (jadval 2.1). MDESA da ishlab chiqarilgan engning tashqi ko`rinishi
shablonini o`miz chizmasida qurishning universal usuli turli xil siluet asosli englarni (erkaklar, ayollar va bolalar kiyimi) qurish uchun tasiya qilish mumkin. Engning aniq konstruktsiyasini qurishda qo`lninг vertikal yo`nalishiga nisbatan joylanishi, qo`lning old konturining shakli e`tiborga olinadi, bundan tashqari eng boshi o`lchamlari hamda tuzilishini o`miz o`lchamlari va tuzilishi bilan chambarchas boglanadi. Bu shartlarga rioya qilmaslik kiyimni konstruktsiyalash amaliyotida ko`pchilik qiyinchiliklar va xatolarga olib keladi [18]. Engning chizmasini qurishda quyidagi dastlabki ma`lumotlarni aniqlash shart: engning tirsakkacha uzunligi, eng umizi chizigi bo`ylab engning kengligi, eng uchining kengligi va eng boshining chinlar normasi. Eng chizmasini chizishdan oldin kiyimning eng o`mizining nusxasini oladilar. Old va orqa detallarning ko`krak chizigi bir gorizontalda yotishiga e`tibor berish kerak. O`mizning yuqori yoylari P1 va P2 belgilardan boshlab aniqlansa va pastki qismlarining nusxasini olish bilan chegaralansa kifoya. Engning o`miz chizmasida konstruktsiyalashning xususiyatlari eng boshi chizigini qurish va engning vertikal o`kini chetga burishdan iborat. MDESA da o`tkazilgan izlanishlar shuni ko`rsatadilarki, eng boshi balandligini egiladigan lineykali yon tomoniga yotkizib, eng o`mizini boglash jarayonini modellashtirish usuli bilan aniqlash mumkin.
Eng boshi balandligi P1,P2 belgilardan boshlab, o`mizning yuqori qismlarining yoylar summasiga teng bo`lgan lineykaning eng yuqori egilgan nuqtasiga qarab aniqlanadi. Yoyning eng yuqori nuqtasi belgilab qo`yiladi. Engning old perekati O1 G1 vertikal chiziqga nisbatan o`mizning old qismiga nisbatan Ml M11 bo`lak qiymatiga teng bo`lgan masofaga siljitiladi: Ml M10 q Pposq Sd* Npos; Ml Ml1 q 0,5 Ml M10,
bu erda Ppos - eng boshining yuqori qismidagi chinlarga qo`shimcha haq; Sd - old va orqa belgilardan boshlanadigan o`mizning yuqori yoylarining uzunligi summasi; Npos - 1 sm o`mizga tugri keladigan chinlar normasi,
Download 0.67 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling