Tikuv buyumlarini konstruktsiyalash
Download 0.67 Mb. Pdf ko'rish
|
tikuv buyumlarini konstruktsiyalash
4
Bozor peshtaxtalarini sifatsiz va qimmatbaho kiyim-kechaklar to`ldirib turgan bir paytda, tikuvchilik mahsulotlarining hajmini ko`paytirish, kiyim strukturasini yanada takomillashtirish, sifatini yaxshilash, tikuvchilik sanoatini jadal rivojlantirish hisobiga ishlab chiqarish samaradorligini oshirish bugungi kunga dolzarb vazifa xisoblanadi [1]. Bu vazifani amalga oshirish uchun Respublikamizning tikuvchilik korxonalarida yangi texnika va ilgor texnologiyani joriy etish, yangi kompleks mexanizatsiyalashtirilgan jarayonlarni qo`llash, yanгi materiallardan foydalanish, shu bilan birga texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish uchun kiyiм detallarining konturlarini, baza konstruktsiyalarini unifikatsiyalash ishlarini yo`lga qo`yish talab kilinadi [2]. Tayyor kiyim yuqori sifatli va uni ishlab-chiqarish jihatdan samarali bo`lishi uchun kiyimni loyihalash bosqichidayoq bunga zamin yaratiladi. Kiyimni konstruktsiyalash loyihalashning eng muhim qismi bo`lib, badiiy-konstruktorlik va texnik vazifalarining echimini o`z ichiga qamrab oladi. Etakchi tarmoqlar tajribasi shuni ko`rsatadiki, loyihalash jarayonini takomillashtirishning enг taraqqiyot va perspektiv asosi bo`lib ALTni yaratish va amaliyotda qo`llash hisoblanadi. ALT asosiy maqsadi - sifatni yaxshilash, moddiy xarajatlarni kamaytirish va loyihalash muddatlarini qisqartirishdir [3]. Modaning almashib turishi, uning eng muhim fazilatlaridan biridir. Har bir yangi tavsiya etilgan kiyim modeli uchun baza asosi konstruktsiyasini yaratish birmuncha murakkab vazifa hisoblanadi. Ishni engillashtirish uchun tipoviy va baza konstruktsiyalardan foydalaniladi. Mazkur kursdan kiyim haqida umumiy ma`lumotlar; kiyim klassifikatsiyasi; kiyimga qo`yiladigan talablar; plastik anatomiya va antropometriya, kiyimni razmer jihatidan standartlash kiyim detallari chizmasini hisoblash va chizish, andazalar hosil qilish, kiyimni sanoatda loyihalash bosqichlari va boshqalar joy olgan. Kiyimlarni konstruktsiyalash kursining asosiy maqsadi - "odam - kiyim - atrof-muhit" tizimida kiyimni loyihalash jarayonining mavjud va perspektiv usullarini yoritishdir. Kursning asosiy vazifasi inshakltika, chizmachilik geometriyasi, materialshunoslik, kostyum kompozitsiyasi,tikuvchilik mahsulotlari texnologiyasi kabi fanlarga suyangan holda kiyimni zamonaviy loyihalash masalalarini ko`rib chiqishdan iboratdir. |
ma'muriyatiga murojaat qiling