TRIKOTAJ KIYIMLARNI KONSTRUKTSIYALASH XUSUSIYATLARI
Ishlab chiqarish texnologiyasiga qarab trikotaj kiyimlar regulyar, yarim regulyar va
bichilgan bo`lishi mumkin [23,24].
Regulyar kiyimlar (tanlangan razmer va shakliga qarab) to`quv mashinalarida toladan butun
to`qilib chiqariladi.
Yarim regulyar kiyimlar xaltasimon trikotaj matolardan, yon choklarisiz, yoqa va eng
o`mizlarini bichish yo`li bilan tayyorlanadilar.
Trikotaj kiyimlarning 60% dan ko`progi bichilgan kiyilardir. Trikotaj kiyimlarni
modellashtirishda vа konstruktsiyalashda ularning zarur xususiyatlaridan biri bo`lmish - suvga
kirishini, cho`ziluvchanliгi darajasini e`tiborga olish shart.
Moskva trikotaj ilmiy tekshirish intituti MTITI (VNIITP) tomonidan ishlab chiqarilgan
klassifikatsiya bo`yicha cho`ziluvchanlik darajasiga qarab trikotaj matolar 3 guruhga bo`lingan; I-
kam, P-urta, III-katta cho`ziluvchanlik darajali matolar. Trikotaj kiyimlarni konstruktsiyalashda bu
ma`lumotlar asos tariqasida olinadi.
Ko`krak chizigi buyicha qo`shimcha haq - Pg miqdorini tanlashda trikotaj matolarning
deshakltsioн xossalari e`tiborga olinadi. Trikotaj kiyimlarining oddiy kiyimlardan farqi shundaki,
Pg miqdori ularda gazlamadan tayerlangan kiyimlarga qaraganda ancha kichik.
Sanoatda ko`krak chizigi bo`yicha qo`shimcha haq - Pg qiymati djemperlar uchun - 1 - 4
sm, jaketlar uchun - 2 - 4 sm, kurtkalar uchun -4-6 sm, ichki kiymlar uchun esa Pg q 0.
Trikotaj Mahsulotlari Modellar Uyi qo`shimcha haq - Pg miqdorini qo`yidagicha
taxsimlashni tavsiя etadi: orqa bo`lakga - 25-30%, eng o`miziga - 50-55%, old bo`lakga -20%.
Do'stlaringiz bilan baham: |