Tikuvchilik uchun biznes reja


Download 467.7 Kb.
Sana16.06.2023
Hajmi467.7 Kb.
#1495982
Bog'liq
Tikuvchilik uchun biznes reja

Tikuvchilik korxonasining biznes rejasi

Loyihaning maqsadi: ushbu biznesni tashkil etishdan maqsad, tikuvchilik mahsulotlarini xususan erkaklar ko`ylagini ishlab chiqarish biznesini tashkillashtirish hamda 5 kishini ish bilan ta`minlashni o`z oldiga maqsad qilib qo`ygan.

Loyihaning moliyaviy qismi

Boshlang`ich xarajatlar:

1.Korxona uchun binoning ijara narxi- 3 mln

2.Tikuv mashinalari- 3ta 6mlndan 18 mln

3. Overlok mashinasi- 1 ta 8 mln

4.Kesish stoli- 1ta 2mln

5. maneken-1ta 1mln

6.Dazmol-1ta 1 mln

7. qo`shimcha xarajatlar-3 mln

jami: 36 mln

Doimiy xarajatlar: 1. soliqlar 2. xodimlarning ish haqi 3. kommunal to`lovlar 4. ish uchun materiallar 5. qo`shimcha xarajatlar

1ta erkaklar ko`ylagi uchun kerak bo`ladigan narsalar : 1. mato 1,5 m- 60 000 2. tugmalar-12 ta 500 so`mdan 6 000 3. boshqa xarajarlar- 10 000 jami: 76 000 sotilish narxi:150 000

Yakka tartibdagi tadbirkor ya`ni Yatt ochish tartibi

yakka tartibdagi tadbirkorlik (YaTT) faoliyatini tashkil qilish uchun Davlat xizmatlari agentligi markazlaridan biriga borish orqali yoki elektron shakldagi interaktiv xizmatlar yordamida ro‘yxatdan o‘tish mumkin.

Tadbirkorlikni istagan shaxs ro‘yxatdan o‘tish uchun Davlat xizmatlari markaziga boradigan bo‘lsa, bazaviy hisoblash miqdorining 1 barobari miqdorida davlat boji to‘lashi, agar tadbirkor elektron shaklda mustaqil ro‘yxatdan o‘tmoqchi bo‘lsa, bazaviy hisoblash miqdorining 50 foizi miqdorida davlat boji to‘lashi belgilangan.

Yakka tartibdagi tadbirkor(YaTT)lar qanday tartibda soliq to‘laydi?

I. Bir kalendar yili davomida YaTTning olgan daromadi 100 million so‘mgacha bo‘lsa, qat'iy belgilangan tartibda soliq to‘laydi.

II. Bir kalendar yilida olgan daromadi 100 million so‘mdan oshgan, biroq 1 milliard so‘mdan oshmaydigan yakka tartibdagi tadbirkorlar tovar aylanmasidan olinadigan daromad hisobidan soliq to‘lashga o‘tkaziladi.

III. Bir kalendar yilida tovarlar aylanmasidan olingan daromadi 1 milliard so‘mdan oshgan yakka tartibdagi tadbirkorlar soliqlarni yuridik shaxslar uchun belgilangan tartibda to‘lashga o‘tkaziladi.

Ma'lumot uchun, joylashgan joyi va faoliyat turidan kelib chiqib, Toshkent shahridagi tadbirkorlar uchun alohida, viloyat markazidagi tadbirkorlar uchun alohida va chekka hududlardagi tadbirkorlar uchun alohida qat'iy belgilangan soliq stavkasi belgilangan.

YaTT lar uchun qanday imtiyozlar berilgan?

Mutaxassisning xabar berishicha, YaTTlar faoliyatini boshlagandan keyin bir oy davomida soliqlardan ozod etiladi. Shuningdek, I, II guruh nogironligi bo‘lgan YaTTlar belgilangan soliq stavkasining 50 foizi miqdorida soliq to‘laydi.

Agar YaTT 2 yoki undan ortiq faoliyat turi bilan shug‘ullansa (ya'ni bir paytda ham chakana savdo, ham xizmat ko‘rsatish) har biri uchun alohida alohida belgilangan qat'iy stavkada soliq to‘laydi, ammo bazaviy hisoblash miqdorining bir barobari miqdorida umumiy bitta ijtimoiy soliq to‘lashi belgilangan.


Download 467.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling