Oʻquvchilar oʻz shaxsiy kuzatishlari asosida erkin
fikrlab javob berishlari
mumkin. Ularning fikri tinglangach, fikrning tinglovchiga
yetkazishning turli
usullari haqida maʼlumot berilishi maqsadga muvofiq.
Masalan, verbal muloqot
(soʻz yordamida), noverbal muloqot (harakat yordamida), imo-ishoralar, turli
belgilar, yozma nutq orqali kabi.
5. Yozma nutqning ogʻzaki nutqdan qanday farqi bor?
Bu savol oʻquvchida taqqoslab, xulosa chiqarish koʻnikmasini
shakllantirishga qaratilgan. Oʻquvchilar yozma va ogʻzaki nutqni solishtirib, uning
farqli tomonlarini aytishi lozim. Bunda oʻqituvchi oʻquvchilarga
yozma nutqning
qogʻoz, ruchka, elektron vositalar, yorugʻlik kabilar bilan hosil boʻlishi, uning
imkoniyatlari: oʻylab yozish mumkinligi, xatolarni tuzatish imkonining borligi
toʻgʻrisida suhbat olib borilishi lozim.
6. Oddiy soʻzlashuv bilan adabiy tilning farqi nimada?
Bunda dastlab oʻquvchilarning fikri tinglanadi.
Mana shu jarayonda
oʻqituvchi bolalarning nutqini tanaffusda sinfdoshlari bilan suhbatlashganda qanday
til birliklari qoʻllashi misolida soʻzlashuv uslubi hamda ularning adabiy tildan
farqini misollar bilan tushuntirib berishi lozim.
Qoida. Til. Nutq.
Oʻquvchilarga til va nutq nimaligi haqida nazariy maʼlumot
misollar bilan
tushuntirib beriladi.
Muhokama.
Ayting-chi, yozuvchi bilan uning asarini oʻqiyotgan kitobxon oʻrtasida muloqot
boʻlishi mumkinmi? Javobingizni izohlang.
Bu savoldan asosiy maqsad oʻquvchilarga
monologik nutq haqida badiiy
asar misolida tushuncha hosil qilishdan iborat. Dastlab oʻquvchilardan shu kungacha
qanday asar oʻqiganligi, bu jarayonda nimalarni his qilganligi haqida soʻraladi. Biror
badiiy
asar bilan tanishgach, uning muallifi bilan suhbatlashish istagi paydo
boʻlganligi haqida soʻzlab berish imkoniyati beriladi. Oʻquvchilar
bunda ushbu
suhbatning taxminiy mazmuni nima haqida boʻlishi mumkinligini aytib berishlari
lozim.
Monologik nutq – kishilarning oʻz-oʻziga yoki oʻzgalarga qaratilgan, javob
talab qilmaydigan nutqi.
Do'stlaringiz bilan baham: