4-soat
Dars jarayoni
Kirish.
1. Televideniye, radio va koʻcha-koʻyda ona tilimizga nisbatan qanday
holatlar sizni tashvishlantiradi? Nima uchun?
2. Bugungi kundagi ona tilimiz bilan bogʻliq qaysi ijobiy va salbiy jihatlar
haqida kelajak avlodga xabar yetkazishni istar edingiz?
Asosiy qism.
Ogʻzaki nutq.
Berilgan rasmlar asosida tilga boʻlgan munosabatni muhokama qiling.
Oʻquvchilar ushbu rasmlarni kuzatib, undagi vaziyatlarni izohlar ekanlar olib
borilayotgan suhbat kirish suhbatining bevosita uzviy davomi boʻlishiga
erishish
lozim. Har bir rasmdagi holat muhokama qilinishi, ushbu holat yuzasidan shaxsiy
qarashlarini izohlab berishlariga eʼtibor qaratiladi.
Yozma nutq.
Tilning ajdodlarimizdan bizga meros ekanligi, uni saqlab qolish yoʻllari haqida
kelajak avlod uchun maktub qoralamasini tayyorlang.
Mazkur topshiriq oʻquvchilarning til, yozma nutq avlodlar oʻrtasidagi aloqa
vositasi ekanligini tushuncha hosil qilishlariga hamda ularning yozma matn yaratish
koʻnikmasini shakllantirishga qaratilgan.
Bunda oʻquvchilarga aynan berilgan koʻrsatmalar
hamda maktub yozishda
qoʻllanadigan til birliklari, undalmalar, ulardan foydalanishga oid qoidalar eslatiladi.
Oʻz
fikrlarini izchillik bilan, gaplarni grammatik
va mazmun jihatdan
bogʻlashga oid tavsiyalar berib boriladi. Matn yozishga qiynalayotgan oʻquvchilar
bilan ogʻzaki suhbat qurib, uni yoʻnaltirish uchun ayrim savollar beriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: