Til – muloqot vositasi nutqiy mavzuning maqsadi


 Fikrimizni tinglovchiga qanday shakllarda yetkazamiz?


Download 209.34 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/10
Sana25.02.2023
Hajmi209.34 Kb.
#1227835
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
1. Til - muloqot vositasi OʻK

4. Fikrimizni tinglovchiga qanday shakllarda yetkazamiz? 


 Oʻquvchilar oʻz shaxsiy kuzatishlari asosida erkin fikrlab javob berishlari 
mumkin. Ularning fikri tinglangach, fikrning tinglovchiga yetkazishning turli 
usullari haqida maʼlumot berilishi maqsadga muvofiq. Masalan, verbal muloqot 
(soʻz yordamida), noverbal muloqot (harakat yordamida), imo-ishoralar, turli 
belgilar, yozma nutq orqali kabi. 
5. Yozma nutqning ogʻzaki nutqdan qanday farqi bor? 
Bu savol oʻquvchida taqqoslab, xulosa chiqarish koʻnikmasini 
shakllantirishga qaratilgan. Oʻquvchilar yozma va ogʻzaki nutqni solishtirib, uning 
farqli tomonlarini aytishi lozim. Bunda oʻqituvchi oʻquvchilarga yozma nutqning 
qogʻoz, ruchka, elektron vositalar, yorugʻlik kabilar bilan hosil boʻlishi, uning 
imkoniyatlari: oʻylab yozish mumkinligi, xatolarni tuzatish imkonining borligi 
toʻgʻrisida suhbat olib borilishi lozim.  
6. Oddiy soʻzlashuv bilan adabiy tilning farqi nimada? 
Bunda dastlab oʻquvchilarning fikri tinglanadi. Mana shu jarayonda 
oʻqituvchi bolalarning nutqini tanaffusda sinfdoshlari bilan suhbatlashganda qanday 
til birliklari qoʻllashi misolida soʻzlashuv uslubi hamda ularning adabiy tildan 
farqini misollar bilan tushuntirib berishi lozim. 
Qoida. Til. Nutq. 
 
Oʻquvchilarga til va nutq nimaligi haqida nazariy maʼlumot misollar bilan 
tushuntirib beriladi. 
Muhokama. 
Ayting-chi, yozuvchi bilan uning asarini oʻqiyotgan kitobxon oʻrtasida muloqot 
boʻlishi mumkinmi? Javobingizni izohlang. 
Bu savoldan asosiy maqsad oʻquvchilarga monologik nutq haqida badiiy 
asar misolida tushuncha hosil qilishdan iborat. Dastlab oʻquvchilardan shu kungacha 
qanday asar oʻqiganligi, bu jarayonda nimalarni his qilganligi haqida soʻraladi. Biror 
badiiy asar bilan tanishgach, uning muallifi bilan suhbatlashish istagi paydo 
boʻlganligi haqida soʻzlab berish imkoniyati beriladi. Oʻquvchilar bunda ushbu 
suhbatning taxminiy mazmuni nima haqida boʻlishi mumkinligini aytib berishlari 
lozim.
Monologik nutq – kishilarning oʻz-oʻziga yoki oʻzgalarga qaratilgan, javob 
talab qilmaydigan nutqi.

Download 209.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling