javob berish, matnga sarlavha tanlash bilan bogʻliq nutqiy koʻnikmalar
mustahkamlanadi.
Oʻquvchilarga berilgan matn bilan tanishib, oʻqib chiqishlari aytiladi.
Muhokama.
1. Bilim olishda til imkoniyatidan qanday foydalanamiz?
Suhbat davomida oʻquvchilar imkon qadar matnga berilgan maʼlumotlarga
tayanib javob berayotganligiga eʼtiborni qaratish lozim. Avval matn asosida, soʻng
qoʻshimcha tarzda oʻz fikrlarini aytishlari nazorat qilinadi.
2. Birinchi matnda tilning ikki maʼrifiy ahamiyati haqida soʻz boradi. Ular
qaysilar?
Bu matnda eksplitsit(yashirin) ifodalangan maʼlumotni topishga qaratilgan.
Oʻquvchilar matnda berilgan maʼlumotlarni
tushungan holda,
tilining birinchi
maʼrifiy ahamiyati – jamiyat aʼzolaridagi muloqot jarayoni, yaʼni insonlar bir-
birlari bilan fikr almashishlari natijasida bilim ommalashib, rivojlanib borishini;
ikkinchi maʼrifiy ahamiyati – egallangan bilimlarni meros qoldirish, kelajak
avlodga
yetkazish
imkoniyatining
mavjudligini
aytib
berishlari
lozim.
Oʻquvchilardan bu fikrlarni soʻzma-soʻz aytishlari talab etilmaydi. Asosiy eʼtibor
matndagi maʼlumotlarni tushuna olishlariga qaratiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: