Til – muloqot vositasi nutqiy mavzuning maqsadi


Download 209.34 Kb.
Pdf ko'rish
bet9/10
Sana25.02.2023
Hajmi209.34 Kb.
#1227835
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
1. Til - muloqot vositasi OʻK

Uyga vazifa. 
Tahlil. Ogʻzaki nutq. 
Siz ona tilini nimalarga oʻxshatgan boʻlar edingiz? Oʻzingizning 
oʻxshatmangizni muallif oʻxshatmasi bilan taqqoslang. Ona tilimiz haqidagi 
oʻzingizga yoqqan sheʼrni yozing va yoddan aytishga tayyorlaning.
 
Oʻquvchilar dars davomida olgan bilimlari asosida ona tilini nimalarga
qiyoslash mumkinligini hamda oʻz qiyoslarini sheʼrdagi oʻxshatmalar bilan 
taqqoslashlari lozim. Soʻngra oʻquvchilarga gazeta, jurnal, kitoblardan oʻzlariga 
yoqqan sheʼrni topib, yodlashlari aytiladi. 


4-soat 
Dars jarayoni 
 
Kirish. 
1. Televideniye, radio va koʻcha-koʻyda ona tilimizga nisbatan qanday 
holatlar sizni tashvishlantiradi? Nima uchun?
2. Bugungi kundagi ona tilimiz bilan bogʻliq qaysi ijobiy va salbiy jihatlar 
haqida kelajak avlodga xabar yetkazishni istar edingiz? 
Asosiy qism. 
Ogʻzaki nutq.
 
Berilgan rasmlar asosida tilga boʻlgan munosabatni muhokama qiling. 
Oʻquvchilar ushbu rasmlarni kuzatib, undagi vaziyatlarni izohlar ekanlar olib 
borilayotgan suhbat kirish suhbatining bevosita uzviy davomi boʻlishiga erishish 
lozim. Har bir rasmdagi holat muhokama qilinishi, ushbu holat yuzasidan shaxsiy 
qarashlarini izohlab berishlariga eʼtibor qaratiladi. 
Yozma nutq. 
Tilning ajdodlarimizdan bizga meros ekanligi, uni saqlab qolish yoʻllari haqida 
kelajak avlod uchun maktub qoralamasini tayyorlang. 
Mazkur topshiriq oʻquvchilarning til, yozma nutq avlodlar oʻrtasidagi aloqa 
vositasi ekanligini tushuncha hosil qilishlariga hamda ularning yozma matn yaratish 
koʻnikmasini shakllantirishga qaratilgan. 
Bunda oʻquvchilarga aynan berilgan koʻrsatmalar hamda maktub yozishda 
qoʻllanadigan til birliklari, undalmalar, ulardan foydalanishga oid qoidalar eslatiladi.
Oʻz fikrlarini izchillik bilan, gaplarni grammatik va mazmun jihatdan 
bogʻlashga oid tavsiyalar berib boriladi. Matn yozishga qiynalayotgan oʻquvchilar 
bilan ogʻzaki suhbat qurib, uni yoʻnaltirish uchun ayrim savollar beriladi.

Download 209.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling