Sayohat
Savol 6/8
O'ng tomonda joylashgan " Mitti" axallusi ostidagi matnni o'qing. Javob uchun tegishli javobni savolga belgilang.
Kommentariya muallifi tashkilotlar tomonidan uyushtirilgan sayohatlarning asosiy afzalligi nimadan iborat deb hisoblaydi?
Bitta to‘g‘ri javobni belgilang.
Sayohat uchun to‘lovni amalga oshirish va boshqa hech narsa haqida qayg‘urmaslik mumkin.
Qulay sharoitda dam olish imkoniyati mavjud.
Sayohat yo‘nalishini o‘zingiz tanlashingiz mumkin.
Hech qanday tajribaga ega bo‘lmagan inson ham sayohatga otlanishi mumkin.
|
Mitti
Men uchun juda qiziq. Menga ayting-chi: agar men maktabda ham, universitetda ham hech qayerga sayohatga bormagan bo‘lsam, menga o‘xshash insonlar nima qilishi mumkin? Shunday sayohatga ishqiboz guruhlar meni qayergadir olib ketishiga esa men hech qachon ishonmayman... Va men bir qancha mablag‘ evaziga muayyan tashkilot tomonidan uyushtirilgan sayohatga bordim. To‘g‘ri, men qayerga va qanday borishni tanlay olmadim. Shuningdek, o‘zimdagi sayohat bilan bog‘liq shaxsiy ko‘nikmalarim va bilimlarimdan foydalana olmas edim. Chunki aslida ham ular menda yo‘q. Lekin sayohatdan so‘ng menda bu jarayonni o‘rganish istagi paydo bo‘ldi. Va men yana va yana sayohatga chiqdim, shu jarayonda bu ko‘nikmalarni egalladim. Shu kungacha ham o‘rganib kelmoqdaman, chunki bolalikda buni o‘rganmagan edim-da... Agar shunday tashkilotlar bo‘lmaganida edi men hozir qayerda bo‘lardim? Ha-ha, men sizlarga, ya’ni shunday epchil, irodali, butun dunyo go‘zalligini ko‘ra oladigan, o‘z otasi va kattalardan yoshlikda olgan bilimlaridan foydalana olayotgan odamlarga divanda hasad qilib yotgan bo‘lar edim.
P.S. Shunchaki aytmoqchi bo‘lganim, bunday tashkillashtirilgan sayohatlar ham turli xil bo‘ladi, instruktorlar ham.
|
Do'stlaringiz bilan baham: |