Fonema - tilning eng kichik minimal birligi, biroq til sistemasida eng maksimal vazifani bajaradi. U ta‘sir qilish, sezgi uyg‘otish quvvatiga ega. Fonema morfema va so‘zlarni farqlaydi, faqat ifoda tomoniga ega. Fonema inson nutq a‘zolari yordamida hosil qilinadigan tovush tiplarining nutqqacha bo‘lgan, reallashmagan, umumlashgan andozalari bo‘lib, invariant hisoblanadi. Uning nutqda so‘z tarkibidagi ko‘rinishi, qurshov tovushlar ta‘sirida paydo bo‘lgan qiyofasi esa variantdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |