95
3) Hikoyadagi ijobiy qahramonlarni ayting?
4) Olgan xulosangizni so‘zlab bering?
Yangi mavzu bayoni.
- Yangi mavzuni e‘lon qilaman.
Gulzorda.
Ko‘m – ko‘k bahmal tog‘lardan oshib,
O‘quvchilar o‘ynab - kulingiz!
O‘lkamizda go‘zal yoz chog‘
Sizni kutar lola – gulingiz.
Bel baravar barra o‘tlarni
Kurt – kurt yeydi qo‘y – qo‘zichoqlar.
-Biz ham shodmiz
siz kabi, - deya
Qirda kishnar toy – qulunchoqlar.
Bir zum o‘tmay moviy osmonda,
Turnalar keng yozar arg‘umchoq.
Qaytib kelgan laylak, qaldirg‘och,
Inlariga qo‘nib vaqti chog‘.
SHunday ko‘rkam faslni ko‘rib,
Kimning zavqi toshmaydi deysiz?..
Qanday fayzli tog‘, dala bizda
Bolajonlar, o‘ynab – kulingiz.
Sherni o‘qituvchi ifodali o‘qib beradi, so‘ng o‘quvchilarga ikki qatordan o‘qitadi.
Sherdan olgan xulosalari bilan o‘rtoqlashadi. Yoz faslida
qanday ish qilishlari
haqida o‘quvchilar fikrini so‘raydi. Ularga o‘z tavsiyalarini beradi.
Yangi mavzu
yuzasidan lug‘at ishi o‘tkaziladi. Bolajolar, ushbu sherda yoz va o‘t so‘zlarini
to‘ing? Ular qanday so‘roqqa javob bo‘layotgaligini aniqlang.
Yoz (nima? ot) – yoz (nima qil? fe‘l).
O‘t (nima? ot.masalan, o‘t- o‘lan) – o‘t (nima qil? fe‘l, masalan, ariqdan o‘t)
96
SHundan keyin o‘quvchilarga sherda berilgan qo‘y – qo‘zichoq, toy – qulunchoq
so‘zlaridagi qo‘y va toy so‘zlarini ham huddi yoz va o‘t kabi qanday ma‘nolari
borligini aniqlash taklif etiladi?
Qo‘y (nima? ot. Masalan, qo‘y – qo‘zichoq) – qo‘y (nima qildi? Fe‘l. masalan –
choynakni xontaxtaga qo‘ydi.)
Toy (nima? ot. Masalan, toy-qulunchoqlar o‘tlaydi.) – toy (nima qildi? Fe‘l
masalan, u oyog‘i toydi)
Do'stlaringiz bilan baham: