Tili tarixi


Download 1.73 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/62
Sana08.01.2022
Hajmi1.73 Mb.
#238327
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   62
Bog'liq
Maruzalar matni til tarixi

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
ISBN 978-9943-5612-0-5 
 
 



ANNOTATSIYA 
 
Mazkur  o’quv  qo’llanma  Oliy  va  o’rta  maxsus  ta’lim 
vazirligining buyrug`i bilan tasdiqlangan “O`zbek tili tarixi” fanining 
o’quv  dasturi”  mavzulariga  mos  ravishda  tayyorlangan.  Ayonki, 
o’zbek  filologiyasi  bakalavriat  ta’lim  yo’nalishi  talabalariga 
umumkasbiy  fan  sifatida  o’qitiladigan  “O`zbek  tili  tarixi”  kursi 
“Qadimgi  turkiy  til”,  “Eski  o’zbek  tili  va  yozuvi”,  “O’zbek  tilining 
tarixiy  grammatikasi”  va  “O’zbek  adabiy  til  tarixi”  fanlaridan  tarkib 
topgan.  Ushbu  qo’llanmada  yuqorida  sanab  o’tilgan  fanlar  bo’yicha 
o’qitilgan mavzular ilmiy-nazariy jihatdan umumlashtirilgan.  
Shuningdek  qo’llanma  “O’zbekiston  davlat  standarti”ning 
zaruriy talablariga muvofiq yaratilgan bo’lib, unda qoraxoniylar davri 
adabiy tili va  manbalari, chig`atoy adabiy tili va manbalari, “Devonu 
lug`otit  turk”  asarining  qiyosiy  turkiyshunoslikdagi  o’rni,  Xorazm 
yodnomalarining til taraqqiyotidagi roli, Alisher Navoiyning adabiy til 
rivojidagi o’rni kabi masalalar zamonaviy tamoyillar bo’yicha yoritib 
berilgan. 
Ushbu  o’quv  qo’llanmada  eski  turkiy  til  va  eski  o’zbek  adabiy 
tilining  yodgorliklari  tavsiflangan,  shu  tillarda  bitilgan  yozma 
manbalar, chunonchi, «Qutadg`u bilig» (Yusuf Xos Hojib), «Hibatul-
haqoyiq»  (Ahmad  Yugnakiy),  «O’g`uznoma»,  «Gulistoni  bit-turkiy» 
(Sayfi  Saroyi),  «Muhabbatnoma»  (Xorazmiy),  “Qisasi  Rabg`uziy” 
(Nosiruddin  Rabg`uziy)  kabi  badiiy  asarlar;  Atoiy,  Sakkokiy,  Lutfiy 
kabi  shoirlarning  devonlari;  Alisher  Navoiyning  nasriy  va  nazmiy 
asarlari  tili  va  uslubi,  ularda  leksik  va  grammatik  me’yorlarning 
belgilanishi,  adibning  dunyo  va  o’zbek  tilshunosligi  taraqqiyotidagi 
o’rni  kabi  masalalar;  “Devonu  lug`otit  turk”,  “Attuhfatuz  zakiyatu 
fillug`atit turkiya” kabi lug`atlar tahlil qilingan; o’zbek tili tarixiga oid 
muhim va ahamiyatli yozma yodgorliklarning tili hamda uslubi faktik 
materiallar  asosida  ishonarli  ochib  berilgan;  nazarda  tutilgan  davr 
o’zbek  adabiy  tilining  leksik,  qisman,  fonetik  hamda  grammatik 
taraqqiyotiga doir ma’lumotlar umumlashtirilgan.  
Qo’llanmada yana eski turkiy til davrida yaratilgan yodgorliklar, 
xususan,  XI-XIV  asrlar  O’rta  Osiyo  va  Oltin  O’rda  adabiy  muhiti 
yodgorliklarining  eski  o’zbek  adabiy  tiliga  munosabati  masalalari 
qiyosiy  aspektda  izohlangan.  O’zbek  adabiy  tilining  shakllanishi  va 



rivojlanishiga  muhim  ulush  qo’shgan  shoir  hamda  yozuvchilarning 
badiiy asarlariga xos lingvistik jihatlar atroflicha yoritilgan. 
Shuningdek unda hozirgi o’zbek tili va shevalarining eski turkiy 
til hamda eski o’zbek adabiy tili, xususan, ularning lug`aviy tarkibiga 
munosabati,  o’zbek  adabiy  tilining  shakllanish  va  rivojlanish 
bosqichlari,  o’zbek  tilining  qardosh  turkiy  tillar  orasida  tutgan  o’rni, 
uning  boshqa  oila  tillari  bilan  aloqasi  kabi  masalalar  ochib  berilgan. 
o’zbek  adabiy  tili  tarixiga  doir  mavzular  yangi  ilmiy  fikrlar  bilan 
boyitilgan,  ayniqsa,  asarlar  lug`aviy-badiiy  nuqtai  nazardan  batafsil 
tahlil etilgan.  
 
 

Download 1.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   62




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling