Tillar fakulteti gumanitar fanlar kafedrasi yosh psixologiyasi fanidan


SESSIYA ORALIQ NAZORAT TOPSHIRIQLARI


Download 40.85 Kb.
bet2/3
Sana09.04.2023
Hajmi40.85 Kb.
#1346792
1   2   3
Bog'liq
Ёш псих фанидан Cессия оралиқ назорат топшириқлари

SESSIYA ORALIQ NAZORAT TOPSHIRIQLARI


O‘quv fani: “Yosh psixologiyasi”.
Fanning asosiy maqsadi: - birinchidan, talabalarni zamonaviy fan yutuqlariga asoslangan psixologik bilimlar bilan qurollantirish, inson psixik jarayonlarining ontogenezdagi psixologik xususiyatlarini va shaxsning ta’lim-tarbiya sharoitida psixik taraqqiyotining har bir davriga xos xususiyatlarini o‘rganuvchi sohadir. Pedagogik psixologiya ta’lim, tarbiya va taraqqiyotning o‘zaro bog‘liqligi, ta’limning tuzilishi, o‘quvchilarning o‘qish va bilish faoliyatining psixologik jihatlarini, o‘quvchi shaxsini barkamol inson sifatida shakllantirish, pedagogik qobiliyatlar kabi muhim muammolarni tadqiq etishdan iborat.
Fanning vazifasi: - birinchidan, talabalarda psixologik-pedagogik vaziyatlarni samarali rejalashtira olishga, aqliy va shaxsiy taraqqiyot bilimlarini samarali egallashga, turli yosh davrlarida psixik taraqqiyot qonunlarini to‘g‘ri anglab, psixologik tadqiqotlar olib borishga, o‘quvchilarga individual yondasha bilishga, bola psixikasi taraqqiyotida turli noxush holatlarning oldini ola bilishga, psixologik og’ishishlarni korreksiya qilishga, psixologik nazokatni to‘g‘ri shakllantirsh, pedagogik qobiliyatlarini rivojlantirish kabi muammolarini ijobiy hal etishga qaratilgan.
Yosh psixologiyasi” fani bo‘yicha talabalarning bilim, ko‘nikma va malakalariga qo‘yidagi talablar qo‘yiladi. Talaba: - bolalar bilan ishlashni rejalashtirish, adabiyotlardan foydalanish, mujassamlashgan, noan’anaviy va integratsiyalashgan faoliyat olib borishi, fanni amaliyot bilan bog’lashi, bolalarga markaz faoliyatlarida va tashqarida yakkama-yakka yondosha olishi, ta’lim jarayonida mutaxassislik bo`yicha mahorat, tashkiliy metodik malaka, bolalarni jonajon yurtimizni sevish, asrab avaylash ruhida tarbiyalash jarayonida bilimlarni amalda tadbiq qila bilish qobiliyatini rivojlantirishi lozim.
Shuningdek, pedagogik faoliyatni samaradorligini oshirish uchun o’z ustida ishlash ko’nikma va malakalariga ega bo’lishi, bolaning bilish motivatsiyasini oshirish uchun o’quv-tarbiya mashg’ulotlarini loyihalash, bolalar bilan ishlashda differentsial yondashish, maktabgacha va maktab yoshidagi bolalar bilan ishlashning muloqot mexanizmlarini egallash, ta’lim samaradorligini oshirish uchun pedagogik ijtimoiy pertseptsiyani rivojlantirish kompetentsiyalariga ega bo’lishi kerak.






Download 40.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2023
ma'muriyatiga murojaat qiling