Tilning fonemalar tizimi. Fonetik –fonologik sathning o‘ziga xosligi


Download 26.3 Kb.
bet1/2
Sana06.05.2023
Hajmi26.3 Kb.
#1434585
  1   2
Bog'liq
Fonetika


TILNING FONEMALAR TIZIMI. FONETIK –FONOLOGIK SATHNING O‘ZIGA XOSLIGI.

Fonema.(yun . phoneme-tovush) So’z va morfemalarni shakllantiradigan hamda ularning ma’nolarini farqlash uchun xizmat qiluvchi, boshqa mayda bo’laklarga bo’linmaydigan eng kichik tovush birligi . Masalan , til - tol , kel - kul , so’zlari unli fonemalar yordamida farqlanadi ; tog’ - dog’ , bor – zor , bod – bot , yo’q – cho’q , kabi so’zlarning ma’nolari ular tarkibidagi undosh fonemalar yordamida farqlanadi .


Fonemaga tegishli barcha artikulyatsion – akustik belgilar uning fonetik tasnifi deyiladi . Masalan , p fonemasining fonetik tasnifi uning lab – lab , portlovchi , jarangsizlik belgilarini o’z ichiga oladi .

Allofon ( allos – boshqa , phone – ovoz, tovush ) bir nechta og’zaki tovushlar to’plamini yoki muayyan tilda bitta fonemani talaffuz qilish uchun ishlatiladigan belgilar . Masalan , ispan tilida [ d ] (dolor [do’lor ] kabi ).
Fonetika (yunoncha . phonetikos - tovushga ,tovush chiqarishga oid) tilshunoslikning nutq tovushlarining hosil bo’lish usullarini va akustik xususiyatlarini; bo’g’in, nutqning pauza bilan ajraluvchi qismlarini o’rganuvchi bo’limi. Shu bilan birga, ayrim tilshunoslar fonetika doirasiga tovush birliklarining yozuvdagi ifodalari ( grafika ) va ma’noli birliklarning yozilish qoidalari (imlo)ni ham qo’shib, uning o’rganish obyektini yanada kengaytiradilar (rus olimi L . V . Shcherba ). O’zbek tilshunosligida fonetika doirasida , asosan , nutq tovushlari [ ularning artikulyatsion , akustik , perseptiv ( pxofonetik ) va funksional tomonlari va ohang (bo’g’in , sintagma , urg’u va boshqalar) o’rganiladi.
Fonetik hodisalar. Nutq jarayonida yuz beradigan kombinator va pozitsion o’zgarishlar.
Fonetik tamoyil . So’z, asos va qo’shimchalarni eshtilishiga muvofiq yozish . Masalan , burun , shahar so’zlariga egalik qo’shimchalari qo’shilganda , ikkinchi bo’g’inga unlilarni tushib qolishi : burnim , shahrim , shahrimiz, kabi yozilishi .

Fonologiya . Tilshunoslikning nutq tovushlarini so’z va morfemalarning tovush qobig’ini farqlovchi vosita sifatida o’rganuvchi sohasi .



Umumiy fonetika turli tipdagi tillarning nutq tovushlarining xilma – xilligini o’rganuvchi bo’lim. U turli sistemalar tillarida inson nutq apparatining tovush hosil qilish imkoniyatlarini, nutq organlari yordamida tovushlarni hosil qilish usullari va ulardan nutqda foydalanish imkoniyatlarini o’rganish kabi masalalar bilan shug’ullanadi . U alohida va qarindosh tillarning fonetik sistemasini batafsil va chuqur o’rganish hamda natijalarni umumlashtirish asosida hosil qilinadi. Demak , tillarning fonetik xususiyatlari qanchalik chuqur va izchil o’rganilsa, umumiy fonetika uchun manba shunchalik boy bo’ladi .

Xususiy fonetika muayyan bir tilning fonetik bazasini, fonetik qonuniyatlarini umumiy fonetika qonuniyatlariga bo’ysunadi va uning qonuniyatlari asosida faoliyat olib boradi . Xususiy fonetika muayyan bir tilning amaliy fonetikasi hisoblanadi .U turli farazlar, gipotezalar ,postulatlardan xoli bo’ladi . Muayyan tilning artikulyatsion bazasi , uning artikulyatsion imkoniyati , akustik refrezentatsion usuli asosida ish ko’radi . Mazkur tilning fonetik ifoda bazasi bilan bog’liq barcha jarayonlar xususiy fonetikada o’rganiladi .

Tarixiy fonetika ma’lum bir tilning tovush sistemasini tarixiy rivojlanishda o’rganadi , ya’ni til taraqqiyotining turli davrlarida tovush sistemasidagi tarixiy o’zgarishlarni , ularning o’zgarish sabablarini tekshiradi . Jonli so’zlashuv nutqi , qarindosh tillar tadqiqi natijasida olingan natijalar , til taraqqiyotining turli davrlariga mansub yozma yodgorliklar tarixiy fonetika uchun manba bo’ladi .

Qiyosiy fonetika qarindosh tillarning tovush sistemasi munosabatlarini o’rganadi . Masalan , turkey tillarning qiyosiy fonetikasi , slavyan tillarining qiyosiy fonetikasi kabi. Bunda bir qancha qarindosh tillarning yoki bir qancha dialekt va shevalarning materiallari - unli va undoshlar, fonetik o’zgarishlar va shu kabilar bir – biriga qiyoslash asosida o’rganiladi . Masalan , singarmonizm qonuni hozirgi o’zbek adabiy tilida buzilgan , lekin boshqa turkiy tillarda, shuningdek , ayrim o’zbek dialektlarida to’la saqlangan . Bu materialni qiyosiy o’rganish asosida avval o’zbek adabiy tilida ham singarmonizm hodisasining to’la ravishda bo’lganligi to’g’risidagi xulosaga kelish mumkin .
Qiyosiy fonetika bir tomondan , bir oilaga mansub ikki tilning qiyosiy fonetikasini (masalan , rus va nemis tillari qiyosiy fonetikasi), ikkinchi tomondan , ikki oilaga mansub ikki tilning qiyosiy fonetikasini ( masalan, o’zbek va rus tillari qiyosiy fonetikasi) o’rganishi mumkin.


Download 26.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling