Tilning ijtimoiy ahamiyati Reja: Tilning ijtimoiy mohiyati Til va Tafakkur munosabati


Download 40 Kb.
bet1/3
Sana02.04.2023
Hajmi40 Kb.
#1321004
  1   2   3
Bog'liq
Tilning ijtimoiy ahamiyati Reja Tilning ijtimoiy mohiyati Til v


Tilning ijtimoiy ahamiyati
Reja:


1.Tilning ijtimoiy mohiyati
2. Til va Tafakkur munosabati
3.Til va Xalq tarixi
4.Tilning falsafiy masalalari.


Tilning ijtimoiy mohiyati.

Til - bu ijtimoiy hodisa u kishilik jamiyatining eng muhim aloqa vositasi bo‘lib jamiyatga xizmat qiladi. Shunig uchun ham tilninig kishilik jamiyatidagi roli beqiyos ma’lum davrga kelib yozuv yaratilganidan keyin usha aloqa vositasi bo‘lgan tillar yozuvida aksini topgan. Tarixiy taraqqiyot jarayonida vujudga kelgan yirik davlatlar yemirilishi bilan ularning aloqa vositasi bo‘lgan tillar, chunonchi qadimiy fors tili finiklar tili, lotin tili, va boshqa eski tillar


9-10 asrlargacha istemolda bo‘lib keyin o‘lik tillarga aylangan.
Kishilik jamiyatining tarixiy taraqqiyoti davomida jamiyatning eng muhim aloqa vositasi bo‘lagan til va uning muhim xususiyatlari xaqida turli tushunchalar fikrlar va nazariyalar vujudga keldi. Bazi olimlar tilni hayvon o‘simlik kabi jonli narsalarga o‘xshatib taabiatdagi tirik organizm deb tushungan, va shunday deb davo qilishgan.19-asr o‘rtalarida tabiiy fanlarning rivojlanishi Charliz Darvin ta’limotining vujudga kelishi bilan bu nazariya tilshunos olimlarning diqqatini o‘ziga jalb qiladi. Tilni tirik organizm deb tushunish ancha kuchayadi. Chunonchi nemis tilshunoslari M.Myuller va A.Shleyherlar shu nazariya “Naturalizm” tarofdorlari edilar. Ularning yozishicha tilning paydo bo‘lishi rivojlanishi va o‘lishi tabiat qonulariga bo‘ysungan xolda ro‘y beradi. Yani kishi tug‘ilganda til ham tug‘iladi, o‘lganda til ham o‘ladi. Tilshunoslikka bunday oqimning vujudga kelishi hodisa mohiyatining serqirraligiga yetarlicha etibor qaratmaslik oqibati ham sabab bo‘lgan. Tilshunoslikning keyingi taraqqiyoti A.Shleyher nazariyasining noto‘g‘riligini isbotladi.


Til va Tafakkur munosabati.

Kishilar til orqali bir- birlari bilan munosabatda bo‘ladilar bir birlariga fikr istaklarini yetkazadilar. Demak til tafakkur bilan chambarchast bog‘liq bo‘lib tilsiz fikrni ifodalash sira mumkin bo‘lmaganidek tafakkursiz til ifodasini shakllantira olmaydi.


Tafakkur bilan tilning aniqroq qilib aytganda fikr bilan so‘zning o‘zaro jarayoni juda nurakkab jarayondir. Har qanday fikr so‘zlarda o‘z ifodasini topmaguncha yani so‘zlardan tarkib topgan ifoda qolipiga ifoda shakliga tushmaguncha yuzaga chiqmaydi. Fikrning voqeligi uning mavjudligi tilda nomoyon bo‘ladi. Demak fikr tilda voqealanishadi tilda mavjud bo‘ladi. Tilsiz so‘zsiz tarkibiy qismlarga ajralgan aniq va tayyor xoldagi xech qanday fikr bo‘lmaydi. Fikr tilda yani so‘zlarda so‘zlar orqaligina shakllanadi tilda o‘z ifodasini topadi. Shunday qilib so‘z fikrni mujassamlashtiradi moddiy shaklga solib yuzaga chiqaradi. Fikr yanada aniqroq qilib aytganda fikrning mohiyati va mazmuni esa o‘z navbatida so‘zlarda va so‘zlar vositasi bilan tarkibiy qismlarga ajraladi. Ongimizda paydo bo‘ladigan fikrning mohiyatini mazmunini tashkil etadigan xar qanday idrok yoki tasavvur xam faqat so‘zlar vositasi bilangina voqe bo‘ladi.



Download 40 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling