Tilshunoslik asoslari


Download 2.59 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/31
Sana05.10.2023
Hajmi2.59 Mb.
#1692790
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31
Bog'liq
Tilshunoslik asoslari (O\'lmas Sharipova, Ibrohim Yo\'ldoshev)

(ter+ im ) ~ affiksatsiya usuli, kito b seva r (kitob+ sevai) -  
kompozitsiya usuli va boshqalar. So'z bilan bog'liq bu hodisa, 
ya’ni so'z yasalishi va unga aloqador hodisalar tilshunoslikning 
so'z yasalishi bo'lim ida o'rganiladi.
So'z nutqda turli-tuman gram m atik m a’nolami ifodalash 
uchun shu m a’nolarga xos formalarda qo'llanadi. Boshqacha 
aytganda, so'zlar forma yasalishi sistem alariga ham ega: 
k ito b + la r+ im, talaba + la r+ im iz -f ga, o ‘q i +ya p + ti + lar k ab i. 
So'zning forma yasalish sistemasi va u bilan bog'liq hodisalar 
tilshunoslikning morfologiya bahsida o'rganiladi.
So'zlar so'z birikmalarí va gaplarning tuzilishida asos bo'lib 
xizmat 
qiladi. 
Bunday 
holatlar 
gram m atikaning 
sintaksis 
bo'lim ida o'rganiladi.
Demak, so'z o ‘ta murakkab xususiyatlarga ega bo'lgan til 
birligidir. 

o'zining 
muhim 
belgi-xususiyatlari 
bilan 
tilshunoslikning maxsus bo'limlarining o 'rgan ish o b ’ekti bo'ladi.
Leksikologiya tilshunoslikning bir qism i bo'lib, u tilning 
lug'at tarkibini o'rganadi. So'z iu g 'at tarkibining eng aniq va 
eng muhim qismidir. Tovushlar, har b ir tilning xususiyatiga 
ko'ra muayyan tarzda birikib, so'z hosil qiladi. M a'lum bir tilda 
so'zlovchi jamiyat a ’zolari shu tilning s o 'z boyligi va gram m atik 
qoidalaridan foydalanib, o'zaro aloqa qiladilar. Leksikologiya 
tilning eng aniq birligi bo'lgan so'zni o'rg an ishi bilan birga
birgina m a’noni anglatadigan, ya’ni m a’no jihatidan bitta so‘zga 
to 'g 'ri keladigan so'z birikmalarini, 
frazeologik birliklarni, 
idiomalarni ham o'rganadi. Tilda m avjud bo'lgan so'zlam ing 
hammasi lu g'at tarkibi yoki leksika d eb yuritiladi.
Lug'at tarkibi har bir tilning boyligini ak s ettiradi. Til so'zga 
qanchalik boy bo'lsa, fikr va m aqsadni shunchalik yaxshi va 
to'liq bayon etish, eng nozik his-tuyg‘ularni ifodalash mumkin. 
Til kishilaming turli faoliyati bilan bevosita bog'langaniigi 
uchun ham tilning lug'at tarkibi uzluksiz o'zgarib turadi. 
Jamiyatning taraqqiy qilishi, sanoat, qishloq xo'jaligi, savdo- 
sotiq, fan va texnikaning rivojlanishi bilan tilning lug'at tarkibi
www.ziyouz.com kutubxonasi


ham yangi so 'zlar bilan boyib boradi. Chunki kishilarning 
muhim aloqa vositasi bo'lgan til yangi so'zlar bilan boyib 
turmasada, 
jam iyat 
taraqqiyotidagi 
o'zgarishlami, 
yangi 
hodisalarni 
aks 
ettirish 
vazifasini 
bajara 
olmay 
qoladi. 
Jamiyatning taraqqiyoti bilan chambarchas bog'liq bo'lgan til 
ijtimoiy tuzum ning o'zgarishini ishlab chiqarishning taraqqiy 
topishini, fan, texnika va madaniyatning rivojianishmi o'zida aks 
ettiradi, buning natijasida ko'plab yangi so'zJar paydo bo'ladi. 
Shu bilan birga, eskirib qolgan b a’zi so'zlar iste’moldan chiqib 
ketadi. Bu hodisani hozirgi zamon o'zbek till taraqqiyotida ham 
ko'rishimiz m um kin. O 'zbek tili keyingi 40-45 yil davomida fan
texnika va m adaniyat sohalariga bog'liq bo'lgan so'zlar bilan 
juda boyib ketdi. Masalan: raketa, atom, yadro, fizika, kosmos, 
traktor, kultivator, strategiya, struktura, futbol, rektor, stanok, 
meterologiya, m eridian kabi juda ko‘p so'zlar o'zbek tili lu g 'at 
tarkibidan m ustahkam o'rin oldi. Shu bilan birga mingboshi
amin, yuzboshi kabi so'zlar iste’moldan chiqib ketdi.
H ar b ir tilning lu g 'a t tarkibi har doim uzluksiz o‘zgarib 
turadi. Lug'at tarkibi asosan tildagi so'z yasash imkoniyatlaridan 
foydalanib yangi so 'zlar yaratish yo'li bilan, boshqa tillardan shu 
tilning 
shevalaridan 
yangi 
so'zlar 
yasashning 
ahamiyati 
nihoyatda katta. Chunonchi, har bir tildagi so'z negizi va turli 
so'z yasovchi qo'shim chalar yordamida yangi-yangi ma’nolarni 
ifodalovchi so 'zlar yasash tilning lu g 'at tarkibini boyitishda 
alohida o'rinni egallaydi. Masalan, o'zbek tilida qadimdan bor 
bo'lgan - ch i affiksi [tem irchi, taqachi, oluvchi) yordamida hozir 
ham o'quvchi, uchuvchi, yozuvchi, traktorchi, kutubxonachi 
kabi 
ko'plab 
so 'zlar 
yasalmoqda. 
Shuningdek, 
-

Download 2.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling