Tilshunoslik fanidan ma’ruzalar matni
Download 1.42 Mb.
|
Ma\'ruza matni Tilshunoslik 4-kurs
3. Rus tilshunosligi
Jahon tilshunosligi taraqqiyotida rus tilshunosligi muhim oʻrinlardan birini egallaydi. Rus tilshunoslari juda koʻplab dunyo tillarini puxta oʻrganganligi, lisoniy hodisalarni chuqur tahlil qilganliklari, tilshunoslikning ilmiy-nazariy muammolariga alohida jiddiy e’tibor berganliklari, yangi ta’limotlar, nazariyalar «ishlab chiqqanliklari», yangi farazlarni oʻrtaga tashlaganliklari bilan ajralib turadi. Aniqrogʻi, rus tilshunoslari tomonidan rus, slavyan, hind, eron, fin-ugor, turkiy, moʻgʻul, xitoy va boshqa qator tillar oʻrganildi, ular yuzasidan salmoqli, mukammal asarlar yaratildi. XVI asrning oxirlarida (1596) Lavrentiy Zizaniyning slavyan grammatikasiga oid asari nashr qilindi. 1619-yilda Meletiy Smotritskiyning slavyan-rus grammatikasi nashr qilindi. XVIII asrning oxirida (1787) Rossiya fanlar akademiyasi Simon Pallasning oʻz davri uchun buyuk hisoblangan «Barcha tillar va shevalarning qiyosiy lugʻati» nomli tadqiqotini chop ettirdi. Bu asarning yaratilishiga Yevropa, Osiyo va Afrika qit’alarining 272 ta tili asos boʻlib xizmat qildi. Rossiyada XIX asrning birinchi yarmida mo‘g‘ul tili bilan Yakov Shmidt, fin-ugor tillari bilan M.A. Kastren, xitoy tili bilan Bichurin, hind tili bilan G.V. Lebedev kabi olimlar shug‘ullandilar. XIX asrning oxiri va XX asrning boshlarida esa rus sharqshunoslik maktabining tashkilotchilari va buyuk vakillari V.R. Rozen, V.V. Bartold, qadimgi Sharq mamlakatlari va misr tillari bo‘yicha eng yirik mutaxassis B.A. Turayev, semit tillari bo‘yicha P.K. Kokovsov, turkiy tillar bo‘yicha N.I. Ilminskiy, N.I. Ashmarin, V.V. Radlov, P. Melioranskiy, mo‘g‘ul tili bo‘yicha O.M. Kovalevskiy, B.Ya. Vladimirsov, arab tili bo‘yicha V.F. Girgas, I.Yu. Krachkovskiy, F.E. Korsh, hind tili bo‘yicha K.A. Kossovich, I.P. Minayev, eron tillari bo‘yicha V.F. Miller, K.G. Zaleman, V.A. Jukovskiy, xitoy tili bo‘yicha V.P. Vasilyev, P. Kafarov, V.M. Alekseyev, suriya tili bo‘yicha M. Nikolskiy va boshqa taniqli olimlar ish olib bordilar. Rus tilshunosligi fani jahon tilshunosligi yutuqlari qatoriga rus akademik Otto Byotling va nemis Rudolf Rotlar tomonidan yaratilgan 7 tomdan iborat sanskrit lug‘atini tuzganligi bilan juda katta ulush qo‘shdi. 1870-yilda Peterburg universitetida tilshunoslik bo‘yicha birinchi bo‘lib, I.A. Boduen de Kurtene, 1885-yilda Xarkov universitetida I.V. Netushil, 1895-yilda Qozon universitetida V.A. Bogoroditskiylar ma’ruzalar o‘qidilar. Rossiyaning eng buyuk tilshunoslari bo‘lgan M.V. Lomonosov, A.A. Potebnya, Boduen de Kurtenelar tilshunoslik sohasida Yevropa olimlaridan ancha ilgarilab ketgandilar. Download 1.42 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling