Tilshunoslik fanidan ma’ruzalar matni
Til sathi birliklari va ular orasidagi paradigmatik, sintagmatik va izomorflik munosabati
Download 1.42 Mb.
|
Ma\'ruza matni Tilshunoslik 4-kurs
Til sathi birliklari va ular orasidagi paradigmatik, sintagmatik va izomorflik munosabati
Til birliklarini 2 guruhga ajratish mumkin: - tilning asosiy birliklari – fonema va morfema; - tilning konstruktiv birliklari – so‘z (leksema) va gap. Bunda fonema til birligining ifoda tomoni va u til birliklarini ma’no jihatidan farqlashga xizmat qiladi. Leksema lug‘aviy ma’no ifodalovchi morfema, morfema esa grammatik ma’no ifodalovchi va so‘z shakllarini hosil qiluvchi birlikdir. Har qanday til birligi nutq jarayonida bir nechta variantlar: fonema fonlar (allofon, tovush), leksema (alloleks, leksema varianti), morfema morf (allomorf, morfema varianti), so‘z (so‘z shakli), gap (jumla, allofrazema) orqali namoyon bo‘ladi. Bunda: mustaqil pozitsiyadagi tovush invariant, tobe pozitsiyadagisi uning varianti; morfema – invariant, uning nutqdagi variantlari esa allomorf yoki morfema variantlari hisoblanadi Ko‘rinadiki, til va nutq o‘zaro farqli hodisalar, ayni paytda biri-birisiz mavjud bo‘la ololmaydi. Nutq tilsiz yuzaga chiqa olmaydi, til esa nutqni amalga oshirish uchun yashaydi. Til va nutqning o‘rtasidagi ushbu ziddiyat mohiyat va hodisa dialektikasidan kelib chiqadi va tilning barcha sathlarini qamrab oladi. Til birliklar haqida ma’lumot: 1. Fonema – tilning eng kichik minimal birligi, biroq til sistemasida eng maksimal vazifani bajaradi. U ta’sir qilish, sezgi uyg‘otish quvvatiga ega. Fonema morfema va so‘zlarni farqlaydi, faqat ifoda tomoniga ega. Fonema inson nutq a’zolari yordamida hosil qilinadigan tovush tiplarining nutqgacha bo‘lgan, reallashmagan, umumlashgan andozalari bo‘lib, invariant hisoblanadi. Uning nutqda so‘z tarkibidagi ko‘rinishi, qurshov tovushlar ta’sirida paydo bo‘lgan qiyofasi esa variantdir. 2. Morfema – tilning eng kichik ma’no birligi, shakl va mazmun jihatiga ega 2 tomonlama birlik. So‘z shakli tarkibida ishtirok etayotgan morfema varianti – morf deyiladi. Morfning faqat o‘zi uchun qulay vaziyatlarda yuzaga chiqadigan, tanlab ishlatiladigan shakli allomorf deyiladi. Morfema so‘z kabi mustaqillikka ega emas, u nutqda leksema, so‘z shakli tarkibida funksional qism sifatida qo‘llanadi. 3. Leksema – morfema kabi 2 tomonning: tovush va ma’no, ifoda va mazmunning uyg‘unligidan tashkil topadi. Leksemaning tovush, ifoda tomoni nomemalar, ma’no-mazmun tomoniga denotatlar – predmetlar kiradi. Leksemaning eng muhim xususiyati uning jamiyat a’zolari uchun tayyorligidir. Leksema til sistemasining lug‘at boyligi, u so‘z birikmasi va gap uchun material hisoblanadi. Download 1.42 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling