Tilshunoslik fanidan ma’ruzalar matni
Alisher Navoiy – chog‘ishtirma (kontrastiv) lingvistikaning asoschisi
Download 1.42 Mb.
|
Ma\'ruza matni Tilshunoslik 4-kurs
Alisher Navoiy – chog‘ishtirma (kontrastiv) lingvistikaning asoschisi. Alisher Navoiy o‘z ona tilida badiiy ijod qilish, ona tilining butun go‘zalligi, tarovatini amalda ko‘rsatish bilangina cheklanib qolmadi. Ona tilini o‘sha davrda badiiy adabiyot uchun an’ana bo‘lib qolgan fors tiliga qiyoslab, bu tildan hech qolishmasligini, hatto ba’zi o‘rinlarda ustunroq turishini ilmiy jihatdan ham isbotlab bermoqni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ydi. Ana shu maqsadda 1499-yilda ikki til muhokamasi – ikki tilning chog‘ishtirma grammatikasiga bag‘ishlangan maxsus asarini - «Muhokamat ul-lug‘atayn» asarini yaratdi.
Alisher Navoiyning bu asarining maydonga kelishi bilan dunyo tilshunosligida yangi sahifa ochildi. Tilshunoslikning hozirgi kunda chog‘ishtirma (kontrastiv) lingvistika deb yuritiluvchi yangi yo‘nalishiga asos solindi. Chog‘ishtirma tilshunoslikning o‘ziga xos xususiyati shundaki, ikki tizimga mansub bo‘lgan tillar tilning barcha sathlari bo‘yicha bir-biriga solishtiriladi. Ularning o‘ziga xos xususiyatlari ochib beriladi. Afsuski, tilshunoslik tarixida chog‘ishtirma tilshunoslikning paydo bulishi G‘arb tilshunoslarining nomi bilan bog‘lanadi va bu tilshunoslik yo‘nalishining boshlanishi XIX asrdan deb belgilanadi. Bu fikrlar G‘arb olimlarining Alisher Navoiy asarlaridan bexabarligidan paydo bulgan. Agar boxabar bo‘lganlarida edi, Alisher Navoiyning lingvistik merosidan hayratga tushgan va, so‘zsiz, uni chog‘ishtirma tilshunoslikning otasi deb hisoblagan bo‘lardilar. Chunki «Muhokamat ul-lug‘atayn» asarida chog‘ishtirma tilshunoslikning barcha belgilari mavjuddir. Birinchidan, solishtirish uchun turli tizimdagi tillar olinadi. Turkiy tillarga mansub bulgan turk (o‘zbek) tili bilan hind-ovrupo tillarining eroniy tarmog‘iga oid sart (fors-tojik) tili o‘zaro muqoyasa qilinadi. O‘rni bilan somiy tillariga mansub bulgan arab tiliga ham solishtiriladi. Ikkinchidan, solishtirish uchun keltirilgan daliliy misollar tasodifiy bo‘lmasdan, tilning butun tizimini qamrab oladi. Fonetik tuzilishdan tortib sintaktik tuzilishgacha har ikki tizimga mansub bo‘lgan tillar solishtiriladi. Ularning o‘ziga xos tomonlari haqida qimmatli xulosalar beradi. Ikki tilning muhokamasiga bag‘ishlangan bu asar Alisher Navoiyning turk (o‘zbek) jonli so‘zlashuv tilini ham naqadar chuqur o‘zlashtirgan, har bir qavmning til xususiyatlari uning e’tiborida bo‘lgan, ayni paytda, fors va arab tillarining ham zukko bilimdoni sanalgan keng qamrovli tilshunos ekanligini to‘la namoyish etadi. Xullas, Alisher Navoiy tilshunoslikning bir qator sohalari – fonetika, morfemika, so‘z yasalishi, morfologiya, sintaksis kabi masalalari yuzasidan qimmatli fikrlarini bayon qiladi. Til va tafakkur, tilning va tillarning paydo bo‘lishi, tilda umumiylik va xususiylik kabi bir qancha tilshunoslikning umumnazariy masalalari yuzasidan o‘z qarashlarini bayon qilgan kontrastiv (chog‘ishtirma) tilshunoslikka asos solgan buyuk tilshunos allomadir. GLOSSARY
Download 1.42 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling