Tilshunoslik fanidan ma’ruzalar matni


Download 1.42 Mb.
bet47/77
Sana06.02.2023
Hajmi1.42 Mb.
#1171385
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   77
Bog'liq
Ma\'ruza matni Tilshunoslik 4-kurs

Qozon maktabi
Moskva maktabi bilan bir qatorda XIX asr oxirlarida Qozon universitetida ham alohida lingvistik maktab maydonga keldi. Unga mashhur rus va polyak tilshunosi Ivan (Yan) Aleksandrovich (Ignansi) Boduen de Kurtene (Netsislav) (1845-1929) rahbarlik qildi.
1870-yilda Leypsigda “XIV asrgacha bo‘lgan qadimgi polyak tili haqida” nomli mashhur asari bosmadan chiqadi. 1874-yilda esa doktorlik dissertatsiyasini (“Rezyan shevalarining fonetikasini o‘rganish tajribasi”) himoya qiladi, shu yili Qo‘zon universitetida avval dotsent, keyin professorlik vazifasida ishlay boshlaydi. Rossiyada birinchi marta eksperimental fonetika laboratoriyasini tashkil qilindi. Boduenning asarlari juda ko‘p bo‘lib, ularning talay qismi matbuotda e’lon qilingan. Shuning uchun ularning xammasini to‘plash xam qiyin.
Boduen de Kurtene tabiiy fanlarga qiziqar edi. U hammadan burun Darvinning evolyutsiya nazariyasiga alohida ahamiyat bergan. Bu uning asarlaridagi darvinizmga moyillikdan ham ko‘rinadi. Shuning uchun ham u tilshunoslikni tabiiy fanlarga kiritadi.
Shu bilan birga, Boduen tilga ijtimoiy jihatdan kerakligini ham ko‘rsatgan. Masalan, u yozadi: “Til butun holda ham, o‘zining qismlari holida ham kishilar orasida o‘zaro aloqaga hizmat qilsagina, ahamiyatga ega bo‘ladi”.
I.A. Buduen de Kurtenening ta’limotida quyidagilar juda muhimdir:

1. Ma’lum tarkibiy qismlar va kategoriyalar kompleksi bo’lgan tildan uzluksiz takrorlanib turadigan protsess tilini farqlash kerak. Ma’lumki, buni Ferdinand de Sossyur til va nutq deb nomlaydi.



2. Тil qurilishida Boduen uch darajani: 1) So’z va gaplarning fonetik tuzilishi. 2) So’zlarning morfologik tuzilishi. 3) Gaplarning morfologik tuzilishini ajratdi. Shu asosda u tilshunoslikka morfema haqidagi ta’limotni kiritdi.



3. Boduengacha grammatikaning ilmiyligi uning tarixiyligida deb tushuntirilar edi. Boduen esa tilda tarixiylikni dinamikani aniqlash zarur bo’lganidek, statikani aniqlash ham zarur deb hisobladi. Boduen tovush va harf tushunchalarini ajratdi. Grammatik paradigmaning yozuv sistemasiga bog’liqligini ko’rsatdi.



4. Nihoyat, I.A. Buduen de Kurtenening lingvistikaning borgan sari aniq fanlarga yaqinlashayotganini, lingvistikada matematikadagi miqdoriy deduktiv (umumiylikdan xususiylikka boruvchi) metoddan foydalanish mumkinligini oldinga surdi.

Boduen Qozonda ishlagan davrlarida uning maktabiga, I.V. Krushevskiy, V.A. Bogoroditskiy, S.K. Bulich va boshqalar kirgan bo‘lsa, Peterburgda ishlagan vaqtlarida L.V. Sherba, B.A. Larin, A.P. Barannikov, V.V. Radlov kabi mashhur tilshunoslar uning yo shogirdlari, yoki izdoshlari sifatida atrofida to‘plangan edilar. Varshavada ishlagan paytlarida esa V.Doroshevskiy kabi olimlarni yetishtirdi.


Boduen de Kurtenening shogirdlaridan N.V. Krushevskiy o‘zining “Til haqidagi fan ocherki” nomli doktorlik dissertatsiyasida umumiy tilshunoslik masalalari, tilning taraqqiyot qonunlari kabi umumiy problemalar bilan bir qatorda, so‘zning morfologik strukturasi va so‘z yasalishi, so‘zning qayta bo‘linishi va soddalanishi kabi konkret masalalar bilan ham shug‘ullanadi.
N.V. Krushevskiy yosh grammatikachilarning ilmiy-tadqiqot metodini “arxeologik” metod deb tanqid qildi. U fonetikaning eng muhim vazifasi bobo tilning tovush sistemasini qayta tiklash emas, balki ma’lum tilning tovushlari xarakterini, ularning o‘zgarish qonuniyatlarini, yo‘qolishi va yangi tovushlarning paydo bo‘lishi sharoitlarini o‘rganishdir, deb hisobladi.
Boduenning talanti va har taraflama bilimli shogirdi V.A. Bogoroditskiy Qozon maktabiga xos bo‘lgan umumiy nazariy yo‘nalishni saqlagan holda, uni yana ham rivojlantirdi, ayrim masalalarni aniqladi. V.A. Bogoroditskiyning asosiy asarlari shular: “Rus tilida urg‘usiz unlilar”, “Rus tili grammatikasidan umumiy kurs”, “Tilshunoslik va rus tili bo‘yicha ocherklar”, “Eksperimental ma’lumotlarga ko‘ra rus tilining fonetikasi”, “Umumiy tilshunoslik bo‘yicha leksiyalar”, “Oriy-Yevropa tillarining qiyosiy grammatikasi” va boshqalar. Uning turkiy tillarga bag‘ishlangan asarlari ham diqqatga sazovordir. Bular: “Tatar va turkiy tilshunoslik bo‘yicha etyudlar”, “Boshqa turkiy tillar bilan bog‘liq ravishda tatar tilshunosligiga kirish”, “Tatar tilshunosligining ilmiy vazifalari haqida” va boshqalar.
V.A. Bogoroditskiy eksperimental fonetikaga asos soluvchilardan biri bo‘lib, u Qozon universiteti qoshida Rossiyada birinchi marta fonetik laboratoriya tashkil qildi.
Shunday qilib, Qozon tilshunoslik maktabi rus va jahon tilshunosligiga, shu hisobdan turkologiyaga ham katta hissa qo‘shdi. Bu maktabning I.A. Bonduen de Kurtene va boshqa vakillari ilgari surgan lingvistik g‘oyalar akad. L.V. Sherba, akad. V.V. Vinogradov kabi boshqa rus tilshunoslari asarlarida davom ettirildi va rivojlantirildi. Boshqa mamlakatlarning tilshunoslari xam Qozon tilshunosligi yutuqlaridan keng foydalandilar.

Download 1.42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling