Mavzuning dolzarbligi. Koreys tilida hurmat kategoriyasi boshqa millat tillariga qaraganda anchayin kuchli anchayin e’tiborni talab etadi. Ushbu mavzuimiz orqali koreys xalqining hurmat kategoriyasiga kuchli e’tibor berishi va bu orqali milliy o’zligini namoyon etishini ko’rib o’tish bizning pirovard maqsadimizdir. Zero, koreys va o’zbek tillari bir til oilasiga mansub hamda madaniy ko’rsatkichlar jihatdan ham bir-biriga yaqin xalq hisoblanadi. Shu jihatdan olib qaraganda, koreys tilida mavjud va murakkab jarayon hisoblanmish hurmat kategoriyasining o’zbek tilida mavjud yoki mavjud emasligi, uning o’rni, tarjima hodisasi, shuningdek, muloqot obyekti ekanligini tahlil qilib o’rganish mavzuimizning dolzarbligini taqozo etadi.
__________________________
3 Koreya Respublikasi // Sonlar va faktlar. - Seul. 2001. B. 15-16.
Shu o’rinda shuni ta’kidlab o’tish lozimki, asrlar mobaynida Koreyada azaldan qadrlanib kelgan “언어예절”- “ Til madaniyati” o’sha millatning milliy ruhini, e’tiqodini, muomala madaniyatini ochib berishga xizmat qilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |