Tilshunoslik nazariyasi shakllanishining ilk davri
Download 293.09 Kb. Pdf ko'rish
|
6. Arab tilshunosligi. Ma’lumki, VII asrda arablar Muhammad payg‘ambarning safdoshi xalifa Abubakr etakchiligida islom bayrog‘i ostida Arabiston yarim orolini, YAqin va O‘rta SHarq mamlakatlarini, shimoliy Afrika, Ispaniya, O‘rta Osiyo va Kavkaz orti mamlakatlarini bosib olib, 632 yili yirik Arab xalifaligiga asos soldilar. Bu xalifalik 1258 yilga qadar, ya’ni mo‘g‘ullar tomonidan bitirilganga qadar hukmronlik qildi.
Ana shunday katta hududda islom dini keng quloch yoydi. Arab tili din tili, fan tiliga aylandi. Xalifalik hududida yashagan barcha din va fan ahli, qaysi xalqqa mansub bo‘lishidan qat’iy nazar, o‘z asarlarini arab tilida yozdilar. Xalifalik davrigacha arab tilshunoslik nazariyasiga doir materiallar juda ozchilikni tashkil qiladi. Arab grammatikasi tarixida halifa Ali davrida yashab ijod etgan Abu al- Asuad ad-Dualining o‘rni kattadir. U islom dinining asosiy kitobi «Qur’on» asosida grammatika muammolari bilan shug‘ullanadi. Bunda Abu-ad-Duali tilning quyidagi muammolariga e’tibor qaratdi: 1) so‘z turkumlarini ot, fe’l va yuklamaga ajratish; 2) orfografiyaning ba’zi masalalari; 3) fleksiya masalalari. Abu al-Asuad ad-Dualining nazariy qarashlarini uning shogirdlari Abu Amir Iso Ibn Umar as-Sakafiy, Xalil ibn Ahmad al-Farhodiy, Sibaveyhi davom ettirdilar. Arab
xalifaligida tilshunoslik nazariyasining taraqqiyotida tilshunoslik maktablarining o‘rni kattadir. SHunday maktablardan biri 636 yilda Basra, ikkinchisi 638 yil Kufa shahrida shakllangan. Bu ikkala maktab vakillari o‘rtasida arab grammatikasiga bag‘ishlab bahs olib borildi. Basraliklar puristik an’analarga amal qilib klassik til me’yorlarini saqlash, «Qur’on» tili va she’riyat me’yorlarini saqlashga intilganlar. Me’yordan chetlashish tilni buzishga olib keladi, deb hisoblaganlar. Kufaliklar arab adabiy tili me’yoriga erkin yondoshish kerakligini, so‘zlashuv tilini adabiy tilga asos qilib olish lozimligini tavsiya etishgan. Basra tilshunoslarini, ko‘pincha, analogist (o‘xshashlik, muvofiqlik) lar deb ataydilar. Ikkala maktab vakillarining bahsi quyidagi masalalar atrofida davom etdi: so‘z yasalishi uchun asosni aniqlash va shakllar derivatsiyasi. Basraliklar so‘z yasalish asosi sifatida harakat nomi – masdarni, kufaliklar o‘tgan zamon fe’l shakli – faaltuni tavsiya etadilar. Abbosiylar xalifaligi davridan, 762 yildan boshlab, xalifalik poytaxti deb Bog‘dod e’lon qilindi. Natijada arab tilshunosligining yangi markazi shakllandi. Bog‘dod tilshunoslik markazi ikkala maktab vakillarini kelishishga chaqirib, tilshunoslikni eklektik (tanlayman) yo‘nalishda davom ettirdi. Arab tilshunosligining bizgacha etib kelgan buyuk grammatik asari Sibaveyhining «Al-kitobi»dir. Bu asarda Sibaveyhi arab tilining grammatik tizimidagi muammolarni atroflicha yoritgan. Ular sintaksis, morfologiya, so‘z yasalishi, fonetikaga tegishlidir. «Kitob» o‘quv qo‘llanma sifatida amaliy ahamiyatga ega. Sibaveyhi «Al-kitob» asarida eski arab she’riyatidan olingan mingdan ortiq she’riy parchalar asosida arab tili grammatikasi va fonetikasi haqida fikr yuritadi. Sibaveyhi kitobidagi grammatikaga doir fikrlar o‘zining tugallanganligi va sistemaliligi bilan kishini hayratga soladi. Bu narsa Sibaveyhini o‘z ustozi Xalil al- Farhodiyning «Ayna kitobi»dan bahramand bo‘lganligini ko‘rsatadi. Sibaveyhining «Kitob»i keyingi davr arab tilshunoslari uchun amaliy qo‘llanma bo‘lib qoldi. Bu asarda arab tili fonetikasi va grammatikasiga doir fikrlargina emas, balki arab tilining so‘z boyligini to‘plash va tasnif qilish haqida ham qimmatli fikrlar berdi. Sibaveyhi tovush bilan harfni, ya’ni nutqiy tovushning grafik simvoli bilan nutqiy tovushni farqlaganlar. Tovushlarni xarakterlash fiziologik nuqtai nazar asosiy bo‘lsa ham, akustik nuqtai nazarga amal qilganlar. U undoshlarnigina emas, balki arab tilidagi unlilarni ham farqlay olgan. Hatto u o‘sha vaqtda arab tilidagi ichki fleksiyani ham ishlab chiqqan. Sibaveyhi arab tilidagi tovushlarni tasniflashda, ularning paydo bo‘lishidagi 16 o‘rinni belgilay olgan. U ba’zi tovushlarning to‘liq artikulyasiyasini berishga harakat qilgan.
Sibaveyhining «Al-kitob»i keyingi avlod tilshunoslari ilmiy ishlariga namuna bo‘lib xizmat qildi. Arab tilshunosligining asosiy muammolari ikki asosiy bo‘limdan iborat: 1. Umumnazariy muammolar. Bunga tilning kelib chiqishi, tilning vazifasi, ma’no anglatish va belgi o‘rtasidagi munosabat, dialekt va adabiy til o‘rtasidagi o‘zaro munosabat, boshqa tillardan so‘z olish muammolari kiradi. 2. Arab tili qurilishi muammosi. Bunga sintaksis, morfologiya, so‘z yasalishi, etimologiya, fonetika, leksikologiya, leksikografiya kiradi. Arab grammatikalari o‘z tuzilishiga ko‘ra uch qismdan iborat: 1) sintaksis, 2) morfologiya, 3) fonetika. Ana shu tartib asosida tuzilgan grammatika Sibaveyhiga tegishlidir. Undan so‘ng Al-Anbariy o‘zining «No‘zhat», Al-Madini o‘zining «At-tashrif» asarlarini yaratdi. Arab grammatik nazariyasi taraqqiyotida xorazmlik Mahmud Zamahshariyning ham hissasi kattadir. Ilmu fan xazinasiga bebaho durdonalar qo‘shgan Mahmud ibn Umar az-Zamahshariy (1075-1144) Xorazm viloyatining Zamahshar qishlog‘ida dunyoga keldi va voyaga etdi. Zamahshariyning fan olamidagi ulkan xizmati hisobga olinib, unga SHarq olimlari tomonidan «Ustoz-ul-arab va-l-ajam» (arab va g‘ayri arablar ustozi), «Faxr-i Xorazm», «Jorulloh» kabi unvonlar berilgan. U arab tilida nazm va nasrda yozilgan badiiy asarlardan tashqari tilshunoslik, adabiyotshunoslik, falsafa, tarix kabi fanlarga oid ellikdan ortiq asar yozgan. Zamahshariy arab
tilshunosligi an’analarini davom ettirgan etuk tilshunoslardandir. U arab leksikografiyasining tematik prinsipidan mohirlik bilan foydalanib, tematik guruh ichida so‘zlarni alfavit tartibida joylashtirishni joriy qildi. Zamahshariy yirik tilshunos sifatida arab tilshunosligining rivojiga katta hissa qo‘shdi. U o‘zining «Asos-ul-balog‘a» («CHechanlik poydevori») deb atalgan lug‘ati bilan arab lug‘atchiligini bir necha pog‘ona yuqori ko‘tardi. U lug‘atda so‘zlarning birinchi harfini va undan keyingi harflarini nazarga olgan holda alifbo tartibida berdi. Bu usul sal o‘zgargan shaklda hozirgi zamon leksikografiyasida ham qo‘llanilmoqda. So‘zlarni izohlashda ham Zamahshariyning yutug‘i katta. U so‘zlarning asl ma’nolarini berib, shu ma’noni tasdiqlovchi misollar keltiradi. Olim so‘zning qaysi iborada qanday ma’noda qo‘llanilishiga e’tibor beradi, so‘z ko‘chma ma’nolarining paydo bo‘lish sabablarini ko‘rsatib o‘tadi. Zamahshariyning «Al-foik-fi-g‘arib-il-hadis» («Hadisdagi notanish so‘zlarni o‘zlashtiruvchi») asari ham lug‘at bo‘lib, hadis va adabiy asarlarda uchraydigan, ma’nosini anglash qiyin bo‘lgan so‘zlarni izohlashga bag‘ishlangan. Bunda ham so‘zlar alifbo tartibida berilib, uning ma’nosi izohlanadi va ma’noni ochuvchi she’riy yoki nasriy misollar keltiriladi. Zamahshariy «Al-jibol va-l-amkina va - miyoh» («Tog‘, manzil va suvlar») degan ajoyib toponimik asar ham yaratgan. Bu kitobda geografik atamalar alifbo tartibida berilib, avval shu atama qaysi er, tog‘ yoki suvning nomi ekanligi aytiladi, so‘ngra shu nomning qo‘yilish sababi va u bilan bog‘liq rivoyat va she’rlar keltiriladi. Zamahshariyning «Muqaddimat-ul-adab» («Nafis so‘zlarga mukqadima») asarida arab tili leksikasi va grammatikasiga oid fikrlari o‘z ifodasini topgan. Lekin bu asar arab tili tarixini o‘rganishdagina emas, balki turkiy, forsiy, mo‘g‘ul xalqlari tillari tarixini o‘rganishda ham muhim ahamiyat kasb etadi. «Muqaddimat-ul- adab» asari besh qismdan iborat bo‘lib, birinchisida ism turkumiga kiruvchi so‘zlar, ikkinchisida fe’llar, uchinchisida ko‘makchilar, to‘rtinchisida ismlarning turlanishi, beshinchisida fe’l tuslanishi berilgan. Arabcha so‘zlarning ostida forscha, ba’zilarida turkiy, hatto mo‘g‘ulcha tarjimalari ham berilgan. Bu asar xorazmiy tiliga ham tarjima qilingan. Xullas, M. Zamahshariy lug‘atining turkiycha qismida XII-XIII asrlar Markaziy Osiyo turkiy adabiy tilining leksikasi o‘z aksini topgan. Zamahshariy arab maqollarini yig‘ib o‘rganish borasida ham katta ilmiy tadqiqot ishlari olib borib, «Al-mustasno- fi-amsol-al-arab» («Arab maqollarini nihoyasiga etkazuvchi») asarida uch yarim mingga yaqin arab maqolalari alifbo tartibida berilgan. Zamahshariy ulug‘ olim bo‘lish bilan birga, iste’dodli yozuvchi va shoir ham edi. Olimning arab tili, adabiyoti va uslubi sohasidagi bilimlari uning badiiy asarlarida aks etgan. Zamahshariyning «Navobig‘ ul-kalim» («Hikmatli so‘zlar»), «Maqomat o‘z- Zamahshariy» («Zamahshariy maqollari»), «Atvoq o‘z-zahab fi-l-mavo’iz va-l xutab» («O‘git va nasihatlarning oltin munchoqlari») kabi asarlari badiiy nasrning yuksak namunalari hisoblanadi. Uning «Navobig‘ ul-kalim» asari aforizmlardan iborat. Undagi hikmatli iboralar g‘oyaviy va badiiy jihatdan yuksak. Masalan, Zamahshariy molu mulkka mukkasidan ketganlarga nisbatan: «Ey molu mulk talabgori, sening ko‘krak emuving muddati cho‘zilib ketdi, bas, etarli, qachon, ko‘krakdan ajralasan. Tag‘in bu foyda seni jahannamga solmasin». M.Zamahshariyning arabcha devoni ham bo‘lib, unga lirik va falsafiy she’rlari kiritilgan. Arab tilshunoslari til leksikasini ishlashda ham ancha ish qilganlar. Arablar juda ko‘p leksik material to‘plaganlar va ularni turli lug‘atlarda jamlaganlar. Halil al-Farhodiy (718-791) birinchi arab lug‘ati «Kitob al-ayna»ni yaratgan. Basra maktabining vakili Ibn Durayd etimologik lug‘at yaratib, uni «Al-jamhar» deb atadi. Kelib chiqishi grek bo‘lgan Abu Abayda (770-837) noyob so‘z va iboralarning lug‘atini tuzdi. Kelib chiqishi hind bo‘lgan bog‘dodlik Sag‘oniy (1181-1252) «To‘lqinlarning quyilishi» nomli 20 tomlik lug‘at yaratgan. Movarounnahrlik olim Mahmud Koshg‘ariy «Devonu lug‘otit turk» (XI asr) nomli lug‘at yozgan. Misrlik Ibn Mansur (1232-1311) «Arab tili» deb atalgan lug‘at yaratgan.U tuzilgan lug‘atlar asosida tilning lug‘at boyligini ko‘rsatmoqchi bo‘ldi. Masalan, qilich so‘zining 500, sher so‘zining 500, tuya so‘zining 1000 sinonimi borligini ko‘rsatadi.
Olimlar o‘z ona tillarida lug‘atlar yaratish uchun ko‘p kuch sarfladilar. Masalan, Fero‘zobodiy 60 tomlik lug‘at yaratgan. Uni «Qomus» deb atadi. Lekin bu lug‘atlarning dialektal va tarixiy kelajagi yo‘q edi. Grammatika sohasida ham arab tilshunoslari ancha yaxshi ishlaganlar. Ammo bu o‘rinda Aristotel tasnifidan foydalanganlar. Aristotel kabi so‘zlarni ot, fe’l va bog‘lovchilarga bo‘lganlar. Arablar semit tillariga xos bo‘lgan uch undoshli o‘zak tushunchasidan uzoqlashdilar. Bundan ular o‘zakdagi unlilar fleksiyasini va affikslar ahamiyatini hisobga oldilar. Ular til analogiyasi haqida ham original fikrlar aytdilar. Xuddi ana shu morfologik qarashlar XIX asrdagi Evropa olimlarining grammatik nazariyalari taraqqiyotiga ta’sir qildi.
Arab tilshunosligida sintaksis sohasida sezilarli ish qilinmagan desa bo‘ladi. Arab tilshunoslarining klassik va hind tilshunoslaridan farqli tomoni shundaki, ular o‘z tillaridan boshqa tillarni, jumladan, fors, turk, mo‘g‘ul tillarini ham o‘rganganlar. Lekin bunda qiyosiy va tarixiy tamoyilga amal qilmaganlar.
Arab filologlari klassik til shakllarini so‘zlashuv tili bilan qiyoslab, amaliy jihatdan ular o‘rtasidagi farqni seza bildilar, lekin uni tarixiy izohlash darajasiga etib bormadilar. 3-ilova (1.4)
Download 293.09 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling