Anaksimen (bizning eramizgacha bo‘lgan 560-502y).
U «Riktorika» asari bilan stilistika fanining asosini yaratdi.
Prodik (bizning eramizgacha bo‘lgan V asr).
Prodik sinonimika masalalarini ishlab chiqdi. U ma’no jihatdan har bir
ma’nodosh so‘zning o‘ziga xos xususiyatlari-ni, ma’no ottenkalarini, qirralarini
farqlashga o‘rgatdi.
Protagor (bizning eramizgacha bo‘lgan 480-410 y).
Protagor otlarning rodlarini (jinsini), fe’l zamon-larini va gaplarning turlarini farqladi.
SHuningdek, ayni davr faylasuflari ot va fe’llarni farqlab, gapning ot bilan fe’lning
bog‘lanishidan hosil bo‘lishini ta’kidladilar.
Platon (bizning eramizgacha bo‘lgan 427-347 y). o‘z davrining dastlabki yirik
faylasufi Platon etimologika fanining asoschisi sifatida e’tirof qilinadi. U mantiqli
nutqda ikki turdagi so‘zlarni: otlarni va fe’llarni farqladi. Gapda ega vazifasida kelgan
so‘zni ot deb, kesim vazifasida kelgan so‘zni fe’l deb, atadi. Fe’lning ot haqida nima
tasdiqlanishini anglatadigan so‘z ekanligini qayd etdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |