Tilshunoslik nazariyasi
Mavzuni mustahkamlash uchun savol va topshiriq
Download 204.69 Kb.
|
Gulnoza Ernazarova USLUBIY QO\'LLANMA TN
Mavzuni mustahkamlash uchun savol va topshiriq:
So’zning nominativ funktsiyasini qanday tushunasiz? Tushuncha nima? So’z nima? Tushuncha bilan so’z o’rtasidagi bog’liqlik va farqlar nimalardan iborat? So’zning ichki tomoni nima? So’zning tashqi tomoni deganda nimani tushunasiz? U qaysi fanda o’rganiladi? So’zning leksik ma`nosi nima? Leksik ma`no tilshunoslikning qaysi sohasida o’rganiladi? Leksik ma`noga ega bo’lmagan so’zlar bormi? Misollar keltiring. So’zlarning situativ ma`nosi deganda nimani tushunasiz? So’zning grammatik ma`nosi deganda nimani tushunasiz? Grammatik ma`no tushunchasi qaysi sohada o’rganiladi? Leksika nima? Leksikologiya nimani o’rganadi? Semantika nima? Semasiologiya nimani o’rgatadi? Etimologiya nima? So’zning dastlabki o’zagi ma`nosini qanday aniqlash mumkin? Noto’g’ri etimologiya va xalq etimologiyasi deb nimaga aytiladi? So’zlarning qaysi xususiyatlariga qarab faol va nofaol leksikaga ajratadilar? Til leksikasi tarixan qanday manbalar negizida tarkib topadi va rivojlanadi? Iste`moldan chiqqan so’zlar qanday tiplarga bo’linadi? Istorizm bilan arxaizmning farqi nimada? Ulardan qanday foydalanadilar? Til lug’at tarkibining semantik yo’l bilan boyish manbalarini izohlang. Qanday so’zlar neologizmlar deyiladi? Lug’at tarkibining morfologik yo’l bilan boyishini qanday tushunasiz? Qanday so’zlar tilning faol leksikasini tashkil etadi? Boshqa tillardan so’z o’zlashtirish asosida lug’at tarkibining qanday qatlami yuzaga keladi? Lug’aviy kal’ka deb nimani tushunasiz? Varvarizm nima? Evfemizm nima? evfemizmlarning paydo bo’lish sabablarini izohlang? So’zlarni tabulashtirishning sababi nimada? Professional leksika va termin nima? Terminologiya nimani o’rganadi? Dialektizmlar nima? Jargon va argotik leksika deb nimaga aytiladi? So’z semantik tuzilishining o’zgarishini izohlang. Ekpressiv-stilistik leksika nima? Turg’un so’z birikmalari erkin birikmalaridan nimasi bilan farqlanadi? Nima uchun frazeologizmlarni so’zlarning ekvivalenti deb ataymiz? Frazeologizmlarni qaysi belgilariga asosan tasnif qiladilar? Frazeologik qo’shilmalar deb nimaga aytiladi? Iboralarning qanday tipi frazeologik butunlik deyiladi? Frazelogik chatishma deb nimaga aytiladi? Ular frazeologik butunlikdan qanday belgisi bilan farqlanadi? Turg’un so’z birikmalarini idiomalar qatoriga qo’shish mumkinmi? Idiomatizm deb nimaga aytiladi? Frazeologizmlarning paydo bo’lish manbalari. Turg’un so’z birikmalarini boshqa tilga so’zma-so’z tarjima qilish mumkinmi? Turg’un so’z birikmalarining o’ziga xos xususiyatlari nimadan iborat? Download 204.69 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling